O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 7-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 8-iyulda ma’qullangan
Senat tomonidan 2022-yil 8-iyulda ma’qullangan
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan soliq-bojxona tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganligi soliq-bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Bunda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari norezident jismoniy shaxslar uchun pasaytirilganligi, shuningdek ota-onalar farzandlarining ta’lim olishi uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va maktablarga oyiga to‘laydigan 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar uchun soliq solishdan ozod etilishi, shuningdek bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqat qonunlarga asosan berilishiga doir yagona tartib belgilanishi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasini, kapital bozorini, charm sanoati va tibbiyotni rivojlantirish, shuningdek xotin-qizlarning ishga joylashtirilishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilmoqda.
Ushbu Qonun soliq-bojxona tizimini takomillashtirish hamda biznes muhitini yaxshilash orqali aholining daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2021-yil, № 1, 6-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ushbu soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qo‘llanilmaydi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2893-modda birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
5. |
Mobil aloqa xizmatlari |
10 % |
|
”; |
2) 317-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) soliq to‘lovchining ushbu Kodeks 376-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari, bundan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘z xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar mustasno”;
3) 369-modda:
birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari”;
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘lar”;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning iste’dodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari”;
4) 378-moddaning 16-bandi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 382-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
3. |
Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar |
12 |
|
”; |
6) 389-moddaning ikkinchi qismidagi “bundan yirik soliq to‘lovchilar mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 412-modda birinchi qismining 1-bandi:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari qonunchilikda belgilanadi”;
8) 414-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
“3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar”;
9) 428-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari”;
10) 463-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
11) 464-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4) tadbirkorlik subyektlari uchun — tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda o‘z xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar summasiga”;
12) 483-modda quyidagi mazmundagi yigirmanchi — o‘ttiz oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz, agar belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalari bo‘ylab joylashgan, uy-joy uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari ushbu moddaning yigirmanchi qismida belgilangan xizmatlar turlarini ko‘rsatish uchun yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, 2024-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini uy-joyga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
ushbu hududlarda joylashgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida to‘laydi.
Tumanlar va shaharlar turizm zonalari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy bosh boshqarmalarining xulosalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning yigirma to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 90 foizdan ortiqni tashkil etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ushbu faoliyati bo‘yicha foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning o‘ttiz birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
chorva mollarni so‘yishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslar bilan jihozlangan soliq to‘lovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosini va junni yig‘ish hamda tayyorlash, ularni qayta ishlash (foydalanish) uchun keyinchalik sotish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 80 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosini va junni qayta ishlash, shuningdek butlovchi buyumlarni, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sun’iy charm, poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotini va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishdan olingan daromadining ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga.
Chorva mollarni so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega bo‘lgan, shuningdek terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:
bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa;
poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.
Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarning reyestriga kiritilgan hududlarda xodimlarining umumiy soni 10 nafardan kam bo‘lmagan hamda u erda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 289-moddaning to‘rtinchi qismidagi “va soliqlarning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 297-modda ikkinchi qismining 8-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlar bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyulga qadar qabul qilingan hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 12-bandining yigirmanchi — yigirma beshinchi xatboshilari 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 12-bandining o‘ttizinchi xatboshisi 2022-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasining va 3-moddasi 2-bandining qoidalari tijorat banklari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 2022-yil 1-maydan keyin yangitdan tuziladigan bitimlar (rasmiylashtirish shakli va usulidan qat’i nazar) asosida sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 1 va 7-bandlarining hamda 12-bandi oltinchi — sakkizinchi xatboshilarining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 4, 8, 9-bandlarining hamda 12-bandining ikkinchi, uchinchi, to‘qqizinchi — o‘n yettinchi, yigirma oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 5-bandining qoidalari 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-iyul,
O‘RQ-785-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)