14.07.2022 yildagi PQ-321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuqorichirchiq tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hududida Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Meva-sabzavotchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekistonda “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 14 mln AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilishi yuzasidan kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra Koreya Respublikasi Hukumatining mazkur grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) tarkibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotchilikning ilg‘or texnologiyalari bo‘yicha o‘quv markazi va namunaviy xo‘jalik tashkil etiladi hamda bu orqali dehqon va fermer xo‘jaliklari xodimlari uchun zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazida va respublikaning 5 ta hududida hududiy tajriba issiqxonalari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash bo‘yicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali mahalliy trenerlar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy issiqxonalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi va issiqxona qurilishida foydalaniladigan asosiy jihozlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 nafar mutaxassislar, shu jumladan sohadagi oliy ta’lim muassasalari magistrlari va ilmiy xodimlari malaka oshirish uchun Koreyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) Meva-sabzavotchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi o‘quv markazi, issiqxonalar, ko‘chatxonalar, namunaviy xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha ijro etuvchi hamda mas’ul organ sifatida belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar va materiallardan oqilona foydalanish va ularni saqlash uchun javobgar etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent agrar universiteti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalari, magistrlari, ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlarining mazkur loyihalar doirasida barpo etilayotgan muassasalar, tajriba maydonlarida amaliyot va stajirovkalar o‘tashi, ilmiy-tadqiqotlar olib borishi, yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy qilishi, tajribalar o‘tkazishiga sharoitlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi (Sh. G‘aniyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar uchun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 2261q-konturidagi 4,3 gektar yer uchastkasini sug‘oriladigan yerlar toifasidan aholi punktlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan boshqa yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Kadastr agentligi (F. Po‘latov) bir oy muddatda mazkur yer uchastkasini Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) bilan birga 2022-yil oxiriga qadar xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan kamida 100 gektar yangi yer uchastkalarining o‘zlashtirilishi va sug‘oriladigan yerlar toifasiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi, O‘zbekistonda “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazi hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazining faoliyat tartibi hamda tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona kodeksining 297-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq kodeksining 246-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ajratiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasida imoratlar va inshootlar qurilishi natijasidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida imzolangan Kelishuv hujjatlariga muvofiq amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining talabnomasiga asosan loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-321-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

“O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

1.

Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish.

1. Loyihani boshlash uchun Koreyalik mutaxassislarning O‘zbekistonga kelishi.

2022-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. O‘quv markazi binosini qurish uchun yer maydoni tanlash.

2022-yil sentabr

3. Qurilish ishlarini boshlash.

2022-yil noyabr

4. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va o‘rnatish.

2022-2023-yillar

5. O‘quv markazi binosini to‘liq foydalanishga topshirish.

2025-yil yakuniga qadar

2.

O‘quv-seminarlarni samarali tashkillashtirish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llash uchun namunaviy xo‘jaliklar tashkil etish.

1. Namunaviy xo‘jaliklar tashkil etiladigan maydonchalarni tanlash.

2022-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil fevral

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va o‘rnatish.

2023-yil sentabr

4. Namunaviy xo‘jaliklarni foydalanishga topshirish.

2023-yil dekabr

3.

Dehqon va fermer xo‘jaliklari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha davomli o‘quv-seminarlari tashkil etish.

1. Mahalliy mutaxassislarning ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2023 — 2026-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Dehqon va fermer xo‘jaliklari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil mart

4.

Qilingan ilmiy-tadqiqotlar va soha rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlash.

1. O‘zbek tilida turli xildagi o‘quv materiallar va qo‘llanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Vazirlik veb-sayti orqali Koreyalik mutaxassislar tomonidan soha vakillariga keng miqyosda tavsiyalar berib borilishini ta’minlash.

2022-2023-yillar

“O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

5.

Loyiha amalga oshiriladigan hududlarni aniqlash va yer maydonlarini ajratish.

1. Loyiha maqsadidan kelib chiqib, loyiha amalga oshiriladigan hududlar taklifini tayyorlash.

2022-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Taklif etilgan hududlarni donor tashkilot bilan kelishish.

2022-yil noyabr

3. Loyihani amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish.

2022-yil dekabr

7.

Tanlangan hududlarda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish.

1. Issiqxona tashkil etiladigan yer maydonini tanlash va yerga birlamchi ishlov berish.

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil iyul

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va o‘rnatish.

2023-yil sentabr

4. Zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.

2025-yil yakuniga qadar

5. Issiqxonalarni to‘liq foydalanishga topshirish.

2025-yil yakuniga qadar

8.

“Aqlli fermer xo‘jaligi”ni boshqarish bo‘yicha davomli o‘quv-seminarlarini tashkil etish.

1. O‘quv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Mahalliy mutaxassislarning Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2024 — 2026-yillar

3. O‘zbek tilida turli xildagi o‘quv materiallar va qo‘llanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

4. Vazirlik veb-sayti orqali Koreyalik mutaxassislar tomonidan soha vakillariga keng miqyosda tavsiyalar berib borilishini ta’minlash.

2022-2023-yillar

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

9.

Loyiha amalga oshiriladigan hududlarni aniqlash va yer maydonlarini ajratish.

1. Taklif etilgan hududlarni aniqlash va donor tashkilot bilan kelishish.

2022-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Loyihani amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish.

2022-yil noyabr

10.

In-vitro laboratoriyasi va ko‘chatxona tashkil etish.

1. Qurilishni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotni tanlash.

2022-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Laboratoriya va ko‘chatxona qurilishini amalga oshirish.

2023-yil sentabr

3. Zarur asbob-uskunalar va materiallarni olib kelish va o‘rnatish.

2023-yil dekabr

4. In-vitro laboratoriyasi va ko‘chatxonani to‘liq ishga tushirish.

2024-yil yanvar

11.

Zamonaviy issiqxona tashkil etish.

1. Issiqxona tashkil etiladigan yer maydonini tanlash va yerga birlamchi ishlov berish.

2023-yil fevral

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil mart

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va o‘rnatish.

2023-yil dekabr

4. Zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.

2024-yil aprel

5. Issiqxonalarni to‘liq foydalanishga topshirish.

2024-yil may

12.

Koreya ko‘chatchilik tajribasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish.

1. O‘quv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Har yili 10 ta mahalliy mutaxassislarning ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2022-2023-yillar

3. O‘zbek tilida turli xildagi o‘quv materiallar va qo‘llanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 07/22/321/0642-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)