07.07.2022 yildagi PQ-309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, mazkur sohada taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani yoʻlga qoʻyish, kadrlarni oʻqitishning usul va shakllarini takomillashtirish orqali taʼlim sifatini hamda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energetika vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJning 1-ilovada koʻrsatilgan ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlari tomonidan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterini (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim klasteri) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Taʼlim klasterining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz sohasi uchun ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy talablar asosida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi va talabalarni bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq qilish orqali neft va gaz sohasi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda sohaning eksport salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz sanoati uchun tarmoq malaka ramkalari, kasb standartlari, xizmatchilar lavozimlari hamda ishchi kasblarining tarif-malaka maʼlumotnomalarini ishlab chiqish va joriy qilishda Energetika sohasida kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashi bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taʼlim klasteri faoliyatini boshqarish maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasterining ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri faoliyati rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning uzoq va oʻrta muddatli strategik dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha Taʼlim klasteri ishtirokchilari faoliyatini oʻrganish hamda ularning axborotini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasterining moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, shu jumladan uning aʼzolarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va jihozlari, oʻquv-laboratoriya uskunalari hamda oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muvofiqlashtiruvchi kengashga (M. Abdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri tarkibiga boshqa manfaatdor, shu jumladan xorijiy ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri doirasida ilmiy loyihalar va oʻquv dasturlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan laboratoriyalar, oʻquv poligonlari va boshqa tuzilmalarni tashkil qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash (M. Abdullayev) boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “yoʻl xaritasi” va maqsadli koʻrsatkichlarda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Prezident taʼlim muassasalari agentligi (X. Umarova), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), “Oʻzbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev) Taʼlim klasteri doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maktab oʻquvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor boʻlgan kasblarga yoʻnaltirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq va tabiiy fanlar boʻyicha variativ (ixtisoslashtirilgan) oʻquv rejasini ishlab chiqsin hamda ushbu rejani umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatiga joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri ishtirokchilari mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining texnologiya fani ustaxonalarini qayta jihozlasin va ushbu fan doirasida oʻquvchilarga ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor boʻlgan kasblar boʻyicha boshlangʻich bilim berish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarining oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqarish korxonalarining talablari asosida qayta koʻrib chiqsin hamda ulardagi fan va mavzularni amaliyotga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarining oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirsin hamda talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmalarini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari ulushini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari uchun xorijiy adabiyotlar xarid qilsin hamda ularning axborot-resurs markazi fondlarini muntazam ravishda yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari talabalarining malakaviy amaliyoti va professor-oʻqituvchilarining stajirovkasini ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchi hamda talabalariga ishlab chiqarish korxonalarining malakali va tajribali xodimlarini amaliyot rahbari etib biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili professional va oliy taʼlim tashkilotlarining kamida 700 nafar talabasi ishlab chiqarish korxonalariga malakaviy amaliyotga jalb qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) neft va gaz sohasida ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining yuqori malakali professor-oʻqituvchi va mutaxassislarini ishlab chiqarish korxonalari doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri ishtirokchilari mablagʻlari hisobidan har yili neft va gazni chuqur qayta ishlash orqali yangi mahsulotlar olish boʻyicha kamida 5 ta ilmiy tajriba oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kamida 30 nafar ilmiy-pedagog xodimini ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va amaliyot oʻtashga jalb qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini ishlab chiqarish korxonalaridagi muammolar asosida shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining xodimlariga ularning ilmiy va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishda bevosita koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional va oliy taʼlim tashkilotlarida neft va gaz sohasi boʻyicha tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “Oʻzbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik oʻzi faoliyat yuritib turgan korxonada kamida uch yil ishlab berish sharti bilan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtayotgan oʻquvchilar, talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar shaxsiy himoya vositalari, vaqtinchalik turarjoy, uch mahal issiq ovqat va ishlab chiqarish korxonalari hududida transport vositasi bilan bepul taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarining rahbar kadrlari va xodimlari uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida malaka oshirish kurslari, shu jumladan onlayn tarzda tashkil etiladi. Bunda, malaka oshirish kurslarini bitirgan mutaxassislar belgilangan tartibda kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Taʼlim klasteri faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri ishtirokchilarining ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan amalga oshiriladigan har yillik ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekneftgaz” AJning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Shoʻrtan qoʻrgʻonida joylashgan Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazi) mulkiy majmua sifatida “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi “UNG training” MCHJga (keyingi oʻrinlarda — “UNG training” MCHJ) mulk huquqi asosida bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar oʻquv markazini “Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻliq rekonstruksiya qilish va jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv markazi binosida Taʼlim klasteri tarkibiga kiradigan oliy va professional taʼlim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun alohida xonalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev) 2022-yil 1-oktabrga qadar “UNG training” MCHJda zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash maqsadida uning faoliyatiga kamida 5 nafar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev) va “Oʻzbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev) 2023-yildan boshlab har yili “UNG training” MCHJda Taʼlim klasteri tarkibiga kiradigan ishlab chiqarish korxonalarining kamida 1 000 nafar xodimi malakasini oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarga ruxsat etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri ishtirokchilari oʻrtasida birgalikda (hamkorlikda) ilmiy loyihalarni amalga oshirishga oid toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim klasteri tarkibiga kiradigan ishlab chiqarish korxonalarining homiylik xayriyalari hisobidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv laboratoriyalarini taʼmirlash va jihozlash, ularni xomashyo (reagentlar, reaktivlar, butlovchi qismlar, dasturiy taʼminot mahsulotlari va boshqalar) bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Muvofiqlashtiruvchi kengash (M. Abdullayev) har yili 1-oktabrga qadar neft va gaz sohasida ishlab chiqilishi lozim boʻlgan kasbiy standartlar boʻyicha takliflarni tegishli yilga moʻljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish reja-grafigiga kiritish uchun Energetika sohasida kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi M.R. Abdullayev hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning maslahatchisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-309-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori asosida Taʼlim klasteri tarkibiga boshqa manfaatdor, shu jumladan xorijiy ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Oʻzbekneftgaz” AJning Personalni boshqarish departamenti Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

M.R. Abdullayev

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Kengash raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

A.J. Xoliqov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi

4.

M.S. Kamaliddinov

Energetika vazirligi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi

5.

Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ bosh direktori

6.

F.R. Abdurasulov

“Uzbekistan GTL” MCHJ bosh direktori

7.

Sh.D. Jabborov

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori

8.

S.M. Turabdjanov

Toshkent davlat texnika universiteti rektori

9.

B.Sh. Usmonov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

10.

O.Sh. Bazarov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori

11.

E.E. Saydaxmedov

“OʻzLITIneftgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari

12.

A.A. Sarimsoqov

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori oʻrinbosari

13.

A.B. Ibragimov

Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari

14.

N.X. Yuldashev

“UNG training” MCHJ direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-son qaroriga
3-ILOVA

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash

1.

Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-sentabr

“Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari, grantlar

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari

2. “Oʻzbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan amalga oshiriladigan har yillik ajratmalarni Taʼlim klasterini rivojlantirish maqsadida yoʻnaltirish.

Har yili 31-dekabr

3. Taʼlim klasterini xalqaro miqyosda tanitish maqsadida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

2022-2023-yillarda

4. Taʼlim klasteri ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.

2022-2023-yillarda

2.

Ish beruvchi va kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Taʼlim klasteri tarkibidagi oliy va professional taʼlim tashkilotlarining oʻquv-metodik hujjatlarini takomillashtirish.

1. Oliy va professional taʼlim tashkilotlarining oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

3.

Oʻquv jarayoniga ishlab chiqarish korxonalarining malakali va tajribali xodimlarini jalb etish.

1. Ishlab chiqarish korxonalarining malakali va tajribali xodimlarini taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayoniga jalb etish uchun roʻyxat shakllantirish.

Har yili 1-avgust

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Mutaxassislarning tegishli fanlardan dars mashgʻulotlari oʻtishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2022-2023-yillarda

4.

Taʼlim klasteri tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlarining iqtidorli talabalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Taʼlim klasteri tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlarida neft, gaz va texnika yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalarini joriy etish.

2022-yil 1-oktabr

Ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Stipendiya gʻoliblari uchun ishlab chiqarish korxonalarining sex va boʻlimlarida stajirovka hamda amaliyot tashkil etish, oʻqishini tugatishi bilan ularni oʻrnatilgan tartibda ishga qabul qilish.

2022-2023-yillarda

II. Taʼlim tashkilotlari dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish

5.

Taʼlim jarayonini zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq taʼminlash.

1. Yetishmayotgan oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil 1-oktabr

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Roʻyxatga muvofiq zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlarni nashr etish, shuningdek, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish.

2023-yil 31-dekabr

3. Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazi fondini yangilab borish hamda mahalliy va xorijiy axborot-tahliliy nashrlarga obuna boʻlishini taʼminlash.

Har yili 1-sentabr

6.

Taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil qilish.

1. Taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tegishli professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy va amaliy stajirovkaga yuborishni tashkil qilish.

2022-2023-yillarda, reja-grafik (kelishuv) asosida

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

(Sarimsoqov),

Umumiy va noorganik kimyo instituti

(Sharipov)

2. Stajirovka davomida ularga ilmiy va amaliy ishlarda tashkilotdagi asbob-uskunalardan, konstruktiv hujjatlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

Stajirovka davomida

III. Neft va gaz sohasi uchun malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish

7.

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari xodimlarini oliy taʼlim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bakalavriat va magistraturada oʻqitish.

1. Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarining 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlari orasidan oliy taʼlim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bakalavriat va magistraturada oʻqish istagi boʻlgan nomzodlar roʻyxatini shakllantirish.

Har yili iyun-avgust oylarida

Ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari va taʼlim tashkilotlari

2. Nomzodlarni saralash va oliy taʼlim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bakalavriat va magistraturada maqsadli oʻqitish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tavsiyanoma taqdim etish.

Har yili iyun-avgust oylarida

3. Oliy taʼlim tashkilotlarida maqsadli oʻqitiladigan xodimlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini keyinchalik oʻzi faoliyat yuritib turgan tashkilotda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ushbu tashkilot hisobidan toʻlab borish.

Shartnoma asosida, belgilangan muddatlarda

8.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi “UNG training” MCHJ faoliyati doirasini kengaytirish va rivojlantirish.

1. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazini “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi “UNG training” MCHJ tarkibiga qoʻshish (zarur hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish).

2022-yil 1-sentabr

“Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev)

2. Markaz tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 20-sentabr

3. Markaz tarkibini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish.

2023-yil 1-yanvar

9.

“UNG training” MCHJning Gʻuzor tumani Shoʻrtan qoʻrgʻonida joylashgan binosini zamonaviy talablarga mos ravishda toʻliq rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini (talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turarjoy, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) mustahkamlash.

1. Markaz binosini rekonstruksiya qilish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turarjoy, sogʻlomlashtirish maskanlari va boshqa zarur binolarni barpo etish.

2023-yil 1-yanvar

“Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari

2. Markazni oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, trenajyorlar, simulyatorlar, mebel, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash.

2023-yil 1-fevral

3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda maxsus axborot-kutubxona tashkil etish hamda talabalarga zarur adabiyotlar va hujjatlardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yil 1-fevral

4. Markazni transport vositalari (2 ta, shu jumladan 1 ta biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasi) bilan taʼminlash.

2022-yil 1-dekabr

5. Markazni “Uzbekistan GTL” MCHJ, “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnologik qurilmalari maketlari bilan jihozlash.

2023-yil 1-fevral

10.

Neft va gaz sanoati tashkilotlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish.

1. “UNG training” MCHJda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar uchun davlat namunasidagi diplom va sertifikat namunalarini Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlash.

2022-yil 1-oktabr

Manfaatdor tashkilotlarning mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

manfaatdor tashkilotlar

2. Sohada mehnat qilayotgan xodimlarning Markazda malakasini oshirish hamda muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan davlat namunasidagi hujjat (sertifikat, diplom) taqdim etish.

2022-2023-yillarda

11.

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida ishlab chiqarish korxonalari rahbar kadrlari va xodimlarining malakasini oshirish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida malaka oshiradigan Taʼlim klasteridagi ishlab chiqarish korxonalarining rahbar kadrlari va xodimlarining roʻyxatini shakllantirish.

Har yili 1-dekabr

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari

Davlat boshqaruvi akademiyasi

(Bekmurodov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Xolxodjayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari

2. Roʻyxat asosida rahbar kadrlar va xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish.

Belgilangan muddatlarda

3. Istiqbolli yosh mutaxassislarni belgilangan tartibda kadrlar zaxirasiga kiritish.

2022-2023-yillarda

IV. Oʻquvchi va talabalarni bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish

12.

Kadrlar tayyorlashda uzviylikni taʼminlash boʻyicha Taʼlim klasteri tarkibidagi maktab-internatlar bilan hamkorlik olib borish.

1. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 68-son ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil qilish.

2022-yil oktabr oyidan boshlab har chorakda

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

Prezident taʼlim muassasalari agentligi

(Umarova),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari

2. Kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini joriy etish maqsadida ushbu maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish.

2023-yil 31-dekabr

13.

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari talabalarining texnologik, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish.

1. Malakaviy amaliyotga yuboriladigan talabalarning roʻyxatini shakllantirish.

Har yili 1-mart

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov), “Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Malakaviy amaliyot davrida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan malakali va tajribali xodimlarni amaliyot rahbari etib tayinlash.

Amaliyot davrida

3. Malakaviy amaliyot davrida talabalar va taʼlim tashkilotlarining masʼul xodimlarini shaxsiy himoya vositalari, vaqtinchalik turarjoy, 3 mahal issiq ovqat va transport bilan taʼminlash.

Amaliyot davrida

14.

Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilish hamda faol ishtirok etgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish hamda ularni tajribali professor-oʻqituvchilarga biriktirish.

Har yili 1-noyabr

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

(Sarimsoqov),

Umumiy va noorganik kimyo instituti

(Sharipov)

2. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish tartibini joriy etish.

2022-yil 1-dekabr

3. Mazkur tartib asosida faol talabalarni ragʻbatlantirib borish.

2022-2023-yillarda

V. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish

15.

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari uchun xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida stajirovkalar tashkil etish.

2022-2023-yillarda

16.

Oʻquv jarayoniga xalqaro standartlarga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarining ilgʻor pedagogik texnologiyalari, qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar va oʻqitish metodikalarini Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari faoliyatiga joriy etish.

2023-yil 1-sentabr

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov),

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov),

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

2. Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlarida xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

VI. Ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq qilish orqali neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda sohaning eksport salohiyatini oshirish

17.

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Taʼlim klasteri ishtirokchilari bilan hamkorlikda “Suyuq uglevodorodlarni olish uchun yangi turdagi katalizatorlarni yaratish”, “Suyuq uglevodorodlarni olishda oraliq mahsulotlarni qayta ishlash” va “Quyi molekulyar gazlarni termokimyoviy qayta ishlash” loyihalarini amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabr

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Toshkent davlat texnika universiteti

(Turabdjanov)

Taʼlim klasteri ishtirokchilari bilan hamkorlikda “Bosim ostida quyish bilan qayta ishlanadigan polietilen markalarning texnologik xossalarini rostlash”, “Polietilen ishlab chiqarish uchun suv tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda pirogaz tarkibidagi nordon gazlarni tozalashda hosil boʻladigan sariq moydan samarali foydalanish” loyihalarini amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabr

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(Usmonov)

Taʼlim klasteri ishtirokchilari bilan hamkorlikda “Ishlatishning soʻnggi davrida gaz kondensat konlarida uglevodorod olish imkoniyatini oshirishga taʼsir qiluvchi asosiy geologik-fizik va texnologik omillarni oʻrnatish”, “Sintez gaz asosida yuqori molekulali birikmalarni olish texnologiyasi”, “Polietilen olish texnologiyasini takomillashtirish” loyihalarini amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabr

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

(Bazarov)

1. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi boʻyicha texnik iqtisodiy asoslash ishlarini amalga oshirish.

2023-yil 1-iyun

“OʻzLITIneftgaz” AJ

(Nazarov)

2. Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2023-yil 1-dekabr

Taʼlim klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari bilan quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish:

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan polietilen, polipropilen mahsulotlar sifat koʻrsatkichlarini tadqiq etish va ularni qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirish texnologiyalarini takomillashtirish;

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJdagi mavjud laboratoriyada xalqaro standartlar talablari doirasida mahsulotlar sifat koʻrsatkichlarini aniqlashda va ushbu laboratoriyani yangi avlod qurilmalari bilan jihozlashda ishtirok etish;

“Uzbekistan GTL” MCHJda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan polimer tarkibli mahsulotlar uchun meʼyoriy hujjatlarni shakllantirish va mahsulot sifat koʻrsatkichlarini baholashda ishtirok etish;

“Quvur rusumlaridagi polietilenning termobarqarorligini oshirish uchun maxsus polimer qoʻshimchalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

2023-yil 1-noyabr

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

(Sarimsoqov)

1. Zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda “Uzbekistan GTL” MCHJning sunʼiy yoqilgʻi ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish.

2. “Uzbekistan GTL” MCHJda qoʻllanilayotgan chet el katalizatorlari, adsorbentlari, absorbentlari va boshqa sorbentlarni mahalliy xomashyo, chiqindilar asosida tahlil qilinib, ilmiy izlanishlar olib borish, import oʻrnini bosuvchi arzon sorbentlarni yaratish texnologiyasi loyihalarini ishlab chiqish.

3. Kimyo, neft va gaz korxonalarida ishlatilayotgan issiqlik almashinuvchi uskunalarning ishlash muddatini uzaytirish usullarini yaratish va uni qoʻllash loyihalarini amalga oshirish.

4. “Respublikamiz kimyo va neft-gaz korxonalarining sanoat chiqindi suvlarini fundamental tadqiq qilish, qattiq dispers zarralardan, zaharli moddalardan tozalash va tuzsizlantirish usullarini ishlab chiqish”, “Mahalliy xomashyo asosida nordon gazlardan oltingugurt olishda ishlatiladigan katalizatorlar olish ilmiy asoslarini yaratish va uni sanoatga joriy qilish”, “Vodorod sulfiddan odorant olish texnologiyasini yaratish” loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-noyabr

Umumiy va noorganik kimyo instituti

(Sharipov)

18.

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining hamda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirib borish.

1. Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlari professor-oʻqituvchilari hamda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2022-2023-yillarda

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari

2. Yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni ishlab chiqarish korxonalari doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.

2022-yil oktabr oyidan boshlab

3. Xorijiy hamkorlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminar va vebinarlarda professor-oʻqituvchi va ilmiy tadqiqotchilarning muntazam ravishda ishtirokini taʼminlash.

2022-yil avgust oyidan boshlab, belgilangan muddatlarda

4. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarda yosh olimlarning ishtirok etishini taʼminlash.

2022-2023-yillarda

19.

Neft va gaz sohasi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

1. Taʼlim klasteri ishtirokchilari hamkorligida neft va gazni chuqur qayta ishlash orqali yangi mahsulotlar olish boʻyicha ilmiy tajribalar oʻtkazish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab

Taʼlim klasteri ishtirokchilarining mablagʻlari, grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari

2. Energiya tejamkor texnologiyalar boʻyicha tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlanmalarni yaratish.

2022-2023-yillarda

3. Zamonaviy texnologiyalar asosida neft va gaz qazib olishni koʻpaytirish va chuqur qayta ishlashning yangi usullarini yaratish boʻyicha ilmiy tajribalar oʻtkazish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab

VII. Neft va gaz sanoati uchun tarmoq malaka ramkalari, kasb standartlari, xizmatchilar lavozimlari hamda ishchi kasblarining tarif-malaka maʼlumotnomalarini ishlab chiqish va joriy qilish

20.

Energetika sohasida kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashi faoliyatini takomillashtirish.

1. Neft va gaz sohasida malakalarni baholash markazi faoliyatini tashkil qilish.

2022-yil 1-sentabr

“Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari

2. Markazga malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2022-yil 1-noyabr

3. Markazda norasmiy va informal oʻqitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatsiya) qilishning ochiq hamda shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 1-yanvar

21.

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining Energetika sohasida kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

1. Neft va gaz sohasida ishlab chiqilishi lozim boʻlgan kasbiy standartlar boʻyicha takliflarni Energetika sohasida kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-oktabr

-

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Abdullayev),

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev),

Taʼlim klasteri tarkibidagi taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari

2. Neft va gaz sohasidagi kasbiy standartlarni ishlab chiqish hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etish.

2023-yil 1-dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterini 2026-yilga qadar rivojlantirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

Masʼul ijrochilar

I. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

1.

Ishlab chiqarish korxonalariga amaliyotga jalb qilinadigan talabalar soni

nafar

700

800

900

1000

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

2.

Ishlab chiqarish korxonalariga tanlov asosida ishga qabul qilinadigan bitiruvchilar soni

nafar

80

85

90

95

Ishlab chiqarish korxonalari

3.

Ilmiy-tadqiqot ishlariga (tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanish) jalb qilinadigan ishlab chiqarish korxonalari xodimlari soni

nafar

5

7

9

10

Ishlab chiqarish korxonalari, Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

4.

Taʼlim klasteri doirasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasi va doktoranturasida taʼlim oladigan talabalar va xodimlar soni

nafar

3

5

6

8

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

5.

Nufuzli xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan ilmiy-pedagog xodimlar soni

nafar

10

12

20

25

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

6.

Ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka va amaliyot oʻtashga jalb qilinadigan ilmiy-pedagog xodimlar soni

nafar

40

50

60

70

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

7.

Taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonlariga ishlab chiqarish korxonalaridan jalb etiladigan malakali va tajribali mutaxassislar soni

nafar

15

20

25

30

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

8.

Malaka oshiradigan va qayta tayyorlanadigan ishlab chiqarish korxonalari xodimlari soni

nafar

1 000

1 200

1 400

1 500

Ishlab chiqarish korxonalari, “UNG training” MCHJ

9.

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida malaka oshiradigan ishlab chiqarish korxonalari rahbar kadrlari va xodimlari soni

nafar

40

50

60

70

Ishlab chiqarish korxonalari

II. Ilm-fanni rivojlantirish

10.

Yetakchi xorijiy oliy va ilmiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda joriy etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlari soni

birlik

1

3

3

5

Oliy taʼlim tashkilotlari

11.

Yetakchi xorijiy oliy va ilmiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda joriy etiladigan ilmiy loyihalar soni

birlik

3

5

7

10

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

12.

Taʼlim klasteri ishtirokchilari hamkorligida ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalar soni

birlik

40

50

60

70

Oliy taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

13.

Taʼlim klasteri ishtirokchilari hamkorligida nashr etiladigan ilmiy-oʻquv adabiyotlar soni

birlik

5

8

10

12

Oliy va professional taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

14.

Taʼlim klasteri ishtirokchilari hamkorligida tashkil etiladigan ilmiy konferensiyalar soni

birlik

2

3

5

5

Oliy va professional taʼlim tashkilotlari, Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

15.

Tijoratlashtiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari soni

birlik

3

5

7

10

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Oliy taʼlim tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

16.

Taʼlim klasteri ishtirokchilari hamkorligida neft va gazni chuqur qayta ishlash orqali yangi mahsulotlar olish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy tajribalar soni

birlik

5

7

9

10

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Oliy taʼlim tashkilotlari, Ishlab chiqarish korxonalari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/309/0606-son)