ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish | |||||
| 1. | Mamlakatimizda sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikni yanada rivojlantirish, ularning seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirishga doir dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish. | 1. 2022 — 2025-yillar uchun sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni aniqlash. 2. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududlari uchun sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli hamda sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan nav va duragaylarini yaratish hamda ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. 3. Taqdim etilgan ilmiy loyihalar doirasida fundamental, amaliy hamda innovatsiya loyihalari tanlovini eʼlon qilish. 4. Tanlov natijalariga koʻra sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli hamda sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan nav va duragaylarini yaratish hamda ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish ishlarini amalga oshirish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. | Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida oʻtkazilishini taʼminlash. | 1. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish orqali ilmiy-tadqiqotlar mavzularini hamda ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish. | Doimiy | Xalqaro tashkilotlar grantlari, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. Soha boʻyicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda video-konferensiyalarni tashkil etish. | Doimiy | ||||
| 3. | Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan mahalliy sabzavot va poliz ekinlari navlarini ekspeditsiya yoʻli bilan yigʻish orqali milliy genofondni boyitish va ularni har tomonlama chuqur oʻrganish. | 1. Yoʻqolib borayotgan mahalliy sabzavot va poliz ekinlari navlarining tarqalish areallarini aniqlash va ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish yoʻli bilan yigʻish. | 2022-2023-yillar | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. Yigʻib kelingan mahalliy sabzavot va poliz ekinlari navlarini hozirgi va kelajak avlod uchun kafolatli saqlash maqsadida milliy genbankka qoʻyish. | 2022-2023-yillar | ||||
| 3. Milliy genbankka jalb etilgan namunalarni ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga seleksiya dasturlarida boshlangʻich manba sifatida foydalanish uchun tavsiya etish. | 2023-2024-yillar | ||||
| 4. Yigʻilgan navlarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida iqlim oʻzgarishlariga mos navlarni tanlash. | 2025-yil oktyabr | ||||
| 4. | Oʻsimliklar genetik resurslarini boyitish maqsadida sabzavot va poliz ekinlarining tashqi muhitni stress omillariga bardoshli, raqobatbardosh nav va duragaylarini oʻrganish hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish. | 1. Sabzavot va poliz ekinlari genofondiga baho berish orqali tashqi muhitning stress omillariga bardoshli, raqobatdosh nav va duragaylarini tanlash. | 2023-yil oktyabr | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. Sabzavot va poliz ekinlarining istiqbolli nav va duragaylarini birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish | 2024-yil sentyabr-oktyabr | ||||
| 3. Sabzavot va poliz ekinlarining istiqbolli nav va duragaylarini ishlab chiqarishga joriy etish. | 2025-yil dekabr | ||||
| II. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
| 5. | Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini, doktorantlarni, mustaqil izlanuvchilarni hamda magistr talabalarni sabzavotchilik, polizchilik hamda kartoshkachilik boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalariga jalb etish. | 1. Ilmiy ijodiy guruhlarni shakllantirish, ularni fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari tanlovlarida ishtirokini taʼminlash. | Belgilangan muddatlarda | Xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi |
| 2. Oliy taʼlim muassasalariga ilmiy tashkilotlarda mavjud zamonaviy laboratoriyalardan samarali foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. | Doimiy | ||||
| 6. | Sabzavotchilik, polizchilik hamda kartoshkachilik boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy markazlaridan olimlarni jalb etish orqali tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish va ushbu ilmiy markazlarda kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish. | 1. Soha yoʻnalishlari boʻyicha dunyoning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. Yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida kadrlar malakasini oshirish uchun har yili qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni tashkil etish. | Doimiy | ||||
| 3. Sabzavotchilik, polizchilik hamda kartoshkachilik boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy markazlaridan olimlarni jalb etgan holda oʻquv seminarlari va treninglar tashkil etish orqali agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish. | Doimiy | ||||
| III. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||||
| 7. | Sabzavotchilik, polizchilik hamda kartoshkachilik yoʻnalishidagi ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mahalliy hamda xorijiy grantlarni jalb etish. | 1. Sabzavotchilik, polizchilik hamda kartoshkachilik yoʻnalishidagi ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun mahalliy hamda xorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Har yili | - | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi |
| 2. Mahalliy hamda xorijiy grantlarni jalb qilish orqali ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | Doimiy | ||||
| 8. | Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga zarur sharoitlarni yaratib berish. | 1. Institutning Buxoro viloyati ilmiy-tajriba stansiyasiga Buxoro tumani “Yangi hayot” qishloq fuqarolar yigʻini hududidan maʼmuriy bino uchun 2 000 m2, xizmat koʻrsatish binolari (texnikalarni saqlash, urugʻlarni saqlash va qayta ishlash sexlari, omborxona) uchun 5 000 m2, zamonaviy issiqxona qurish uchun 5 000 m2, shuningdek, dala tajribalari va urugʻchilik ishlarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 1,2 gektar yer uchastkasi ajratish choralarini koʻrish. 2. Institutning Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ilmiy-tajriba stansiyalarida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining kasallik va viruslardan holi tuganak mevalarini koʻpaytirish uchun zamonaviy “in vitro” laboratoriyalarini va issiqxonalar tashkil etish. 3. Institutning Qashqadaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasiga mahalliy kartoshka navlarining yuqori reproduksiyali urugʻlarini yetishtirish uchun Kitob tumani “Bashir” qishloq fuqarolar yigʻini hududidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 32 gektar (dengiz sathidan 800-1 200 m balandlikda joylashgan) yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratish. | 2023-2024-yillar | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| IV. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning ilmiy-tajriba stansiyalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish | |||||
| 9. | Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik boʻyicha malakali kadrlar tayyorlashda yosh olimlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini amalga oshirish. | Ilmiy kadrlar qoʻnimsizligini oldini olish maqsadida ilmiy xodimlarni belgilangan tartibda turar joylari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2023-2025-yillar davomida | Tijorat banklari kreditlari, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari |