1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish | ||||
1. | Iqtidorli yoshlarni milliy terma jamoalar tarkibiga kiritish maqsadida Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining qishki sport turlari klubi, shuningdek, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi oʻrtasida mutlaqo yangi shaklda oʻzaro hamkorlik tizimini joriy qilish. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
2. | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq, biatlon, togʻ changʻisi, kyorling, konkida uchish, changʻi poygasi, snoubord, figurali uchish, fristayl, xokkey, short-trek boʻyicha respublika chempionatlari va turnirlarini muntazam oʻtkazish, seleksiya ishlarini amalga oshirish va terma jamoa tarkibini shakllantirish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar, homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
3. | Qishki sport turlari boʻyicha uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini hududiy va xorijiy bazalarda tashkillashtirish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
4. | 2023-yil Kemerovo viloyatida (Rossiya) “Osiyo bolalari” II xalqaro qishki sport oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun boʻyicha terma jamoa tarkibini shakllantirish, uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish va ushbu musobaqada ishtirok etish. | 2023-yil davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
5. | 2024-yil Kanvondo shahrida (Koreya Respublikasi) IV oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun boʻyicha terma jamoa tarkibini shakllantirish, uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish va ushbu musobaqada ishtirok etish. | 2024-yil davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
6. | 2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpetssoshaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash. | 2026-yil yanvar — mart | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
7. | Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qishki sport turlari kafedrasining talabalari va bitiruvchilarini doimiy ravishda monitoring qilib borish, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridagi qishki sport turlari kafedralarida ularning malakasini oshirish, ularga kelgusida Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish boʻyicha mehnat faoliyati olib borish uchun imkoniyatlar yaratish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab reja asosida | Budjet va homiylik mablagʻlari | Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
8. | Harbiy xizmatchilar oʻrtasida togʻli hududlarda qishki sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirib borish, zarur hollarda, tegishli boʻlimlarni tashkil qilish. | Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil noyabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarning tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy va axborot texnologiyalarini joriy qilish | ||||
13. | Xalqaro oʻquv jarayoni tajribasidan foydalangan holda, qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sport-taʼlim muassasalari uchun takomillashtirilgan oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish. | Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
14. | Sport yutuqlarini rivojlantirishga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashrdan chiqarish hamda qishki olimpiya va paralimpiya terma jamoalarini tayyorlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv-mashgʻulot texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, nashr etilgan adabiyotlarni sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tarqatish. | Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
15. | Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar trenerlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish. | Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
16. | Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashda ishtirok etish va maslahat berish uchun malakali xorijiy trenerlar, sport mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish. | 2023 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
17. | Trener va sport mutaxassislarining xorijiy sport muassasalarida oʻtkaziladigan oʻquv kurslari, treninglar va seminarlarda muntazam ishtirokini taʼminlash, shuningdek, tajriba almashish maqsadida ularni xorijiy terma jamoalar va sport klublariga tanishuv safariga yuborish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
18. | Malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda, sport-taʼlim muassasalari va hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)lari trenerlari uchun joylarda oʻquv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish. | Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
19. | Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni keng targʻib qilish, bolalar va yoshlar oʻrtasida oliy sport yutuqlarini ommalashtirish, xalqaro va respublika sport musobaqalari, qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish ishlari toʻgʻrisida turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirish, maqolalar, ijtimoiy reklamalar tayyorlash boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil noyabr Amalga oshirish — 2023 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
IV. Mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan taʼminlash | ||||
20. | Terma jamoalar sportchilarini tibbiy va farmakologik jihatdan taʼminlash, ularning musobaqalarga tayyorgarlik va oʻquv-mashgʻulot jarayoniga ilgʻor innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash uchun ilmiy tahlil boʻyicha mutaxassislar (sport sohasidagi olimlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar) guruhlarini tashkil etish. | 2022-yil oktabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
21. | Sport tibbiyoti sohasidagi xorijiy tajriba va yutuqlar asosida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
22. | Sportchilar uchun meʼyorlashtirilgan ratsional ovqatlanish tizimini takomillashtirish, ushbu masala boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni, sportchining individual ovqatlanish rejimini, ularning sogʻligʻi va jismoniy qobiliyatiga ijobiy taʼsir etuvchi mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini hamda optimal ovqatlanish menyusini ishlab chiqish. | 2022-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi |
23. | Oʻquv-mashq yigʻinlari jarayonida qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilarining psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini doimiy nazorat qilish, ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini o�irish, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining tajribali sport shifokorlarini jalb qilish hamda markazning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish. | 2022-yil dekabr | Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablagʻlari va homiylik mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi |
24. | Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini qishki olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari va anjomlari bilan jihozlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022-yil noyabr | Budjet mablagʻlari, homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi |
25. | Yetakchi xorijiy sport tibbiyoti markazlarida sport federatsiya (assotsiatsiya)laridagi sport shifokorlari, psixolog va diyetologlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash. | 2022 — 2025-yillar davomida | Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablagʻlari, homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
26. | Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibidagi sportchilarni bir yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan va doimiy mobil ekspress-laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazish, xorijiy tajribadan kelib chiqib, ularni davolash boʻyicha har bir sport turi uchun alohida tekshirish va davolash reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hamda homiylik mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi |
27. | Sport tibbiyoti yoʻnalishidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, sport tibbiyoti masalalari va muammolari boʻyicha xalqaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
28. | Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi nomzod sportchilarning sogʻligʻi holatini milliy standartlarga muvofiq davriy jihatdan qayta baholagan va sport mashgʻulotlarida, shuningdek, musobaqalarda qatnashishga ruxsat bergan holda, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
29. | Oliy malakali sportchilar bilan ishlash huquqini akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro litsenziya beruvchi xorijiy sport markazlari bazasida malaka oshirgan sport shifokorlariga berish. | 2022 — 2024-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
30. | Har bir qishki olimpiya va paralimpiya sport turi boʻyicha alohida ishlab chiqilgan tibbiyot reglamenti asosida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalarda mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK |
31. | Sportchilarni farmakologik jihatdan taʼminlash tizimini takomillashtirish, sport farmakologiyasi, farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash hamda ishchanligini oshirish, bu borada darslik, qoʻllanma va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK |
32. | Mahalliy dorivor oʻsimliklarning farmakologik xususiyatini oʻrganish asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarish, sportchilarning holatini tiklashga yordam beruvchi mahalliy preparatlar roʻyxatini shakllantirish. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida | Homiylar va ijrochilar mablagʻlari | Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” AK |
V. Mamlakat terma jamoalarini antidoping jihatdan taʼminlash | ||||
33. | Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari hamda tibbiyot xodimlari orasida dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, halol sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targʻib qilish maqsadida hududlarda hamda onlayn shaklda seminar, vebinar, uchrashuv, davra suhbatlarini reja asosida doimiy ravishda oʻtkazib borish. | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy antidoping agentligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
34. | Milliy antidoping agentligi mutaxassislari hamda agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellyatsiya boʻyicha komissiyalar aʼzolarining antidoping sohasida yetakchi xorijiy muassasalarda oʻtkaziladigan oʻquv kurslari va seminar-treninglarda ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, xorijiy antidoping tashkilotlariga tanishuv safariga yuborish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy antidoping agentligi, Sport vazirligi |
35. | Ilgʻor mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, Milliy antidoping agentligi mutaxassislari va agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellyatsiya boʻyicha komissiyalar aʼzolari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun oʻquv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy antidoping agentligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
36. | Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilarini oʻquv-mashq yigʻinlari va musobaqalari jarayonida antidoping jihatdan doimiy nazorat qilish. | 2022 — 2025-yillar davomida | - | Milliy antidoping agentligi |
2-ILOVA
| T/r | Sport turi | Dasturlar soni | Litsenziyalar soni |
| I. Olimpiya sport turlari | |||
| 1. | Biatlon (Biathlon) | 2 | 1 |
| 2. | Xokkey (Ice Nockey) | 1 | - |
| 3. | Figurali uchish (Figure Skating) | 4 | 2 |
| 4. | Short-trek (Short Track) | 9 | - |
| 5. | Togʻ changʻisi (Alpine Skiing) | 5 | 2 |
| 6. | Snoubord (Snowboard) | 5 | 2 |
| 7. | Ski-alpinizm (Ski Mountaineering) | 3 | 1 |
| Jami | 29 | 8 | |
| II. Paralimpiya sport turlari | |||
| 1. | Paratogʻ changʻisi (Para Alpine Skiing) | 4 | 2 |
| Jami | 4 | 2 | |
| III. Istiqbolli olimpiya sport turlari | |||
| 1. | Kyorling (Curling) | 3 | - |
| 2. | Fristayl (Freestyle Skiing) | 5 | - |
| 3. | Changʻida yugurish (Cross-Country Skiing) | 2 | - |
| Jami | 10 | - | |
| IV. Istiqbolli paralimpiya sport turlari | |||
| 1. | Paraxokkey (Para Ice Nockey) | 1 | - |
| Jami | 1 | - | |
| Hammasi | 44 | 10 | |
3-ILOVA
| T/r | Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari | Sport turi | Terma jamoa | |||||
| Jami | Shundan: | |||||||
| Sportchilar | Shu jumladan: | Trenerlar | Boshqa mutaxassislar | |||||
| Erkaklar | Ayollar | |||||||
| I. Olimpiya sport turlari | ||||||||
| 1. | Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi | Togʻ changʻisi | 112 | 100 | 68 | 32 | 8 | 4 |
| Snoubord | 28 | 22 | 16 | 6 | 2 | 4 | ||
| 2. | Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi | Xokkey | 35 | 32 | 32 | - | 2 | 1 |
| 3. | Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi | Figurali uchish | 36 | 24 | 4 | 20 | 6 | 6 |
| Short-trek | 4 | 2 | 2 | - | 2 | 1 | ||
| 4. | Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi | Biatlon | 17 | 14 | 12 | 2 | 2 | 1 |
| Ski-alpinizm | 28 | 24 | 21 | 3 | 3 | 1 | ||
| Jami | 216 | 180 | 122 | 58 | 20 | 16 | ||
| II. Paralimpiya sport turlari | ||||||||
| 1. | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi | Paratogʻ changʻisi | 24 | 20 | 12 | 8 | 3 | 1 |
| Hammasi | 240 | 200 | 134 | 66 | 23 | 17 | ||
4-ILOVA
|
T/r |
Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
Biriktirilgan sport bazalar | |
|
Asosiy sport bazalari |
Hududiy sport bazalari | ||
|
1. |
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi |
1. Toshkent shahridagi “Xumo Arena” muz saroyi. 2. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh koʻchasi, 41-uy manzilida joylashgan zamonaviy muz saroyi. 3. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi “Ice City” koʻngil ochar muz saroyi. 4. Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti. |
1. Andijon shahridagi “Ise Rink” muz saroyi. 2. Termiz shahridagi “Iceberg” koʻngilochar majmuasi. 3. Fargʻona shahridagi “Central Festival” koʻngil ochar markazi. 4. Samarqand shahridagi “Ice Arena” muz saroyi. 5. Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi “Riveira” koʻngil ochar markazi. 6. Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi “Furqat” bogʻi hududidagi qishki sport turlariga moʻljallangan obyekt. |
|
2. |
Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi |
1.Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Chimyon” kompleksi. 2. Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti. 3. Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi “Zomin” turistik kompleksi. | |
|
3. |
Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi |
1. Toshkent shahridagi “Xumo Arena” muz saroyi. 2. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh koʻchasi, 41-uy manzilida joylashgan zamonaviy muz saroyi. 3. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi “Ice City” koʻngil ochar muz saroyi. | |
|
4. |
Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi |
1. Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Chimyon” togʻi hududi va Mudofaa vazirligi togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashq markazi. 2. Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oygaing platosidagi mavsumiy koʻchma baza. |
Mudofaa vazirligi togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashq markazi “Toshqoʻrgʻon” bazasi. |
5-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Bosh vazir, komissiya raisi |
2. | A.A. Abduvaxitov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, komissiya raisining oʻrinbosari |
3. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari |
4. | A.J. Ramatov | — | Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari |
5. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri |
6. | N.T. Yoʻldoshev | — | Bosh prokuror |
7. | T.A. Ishmetov | — | moliya vaziri |
8. | I.R. Maxkamov | — | transport vaziri |
9. | B.O. Saidov | — | xalq taʼlimi vaziri |
10. | A.X. Toshkulov | — | oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
11. | B.A. Musayev | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
12. | B.N. Kurbanov | — | mudofaa vaziri |
13. | V.I. Norov | — | tashqi ishlar vaziri v.b. |
14. | A.Yu. Mavlonov | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
15. | Sh.D. Kudbiyev | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
16. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
17. | A.K. Inakov | — | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori |
18. | A.D. Xadjayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
19. | A.K. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
20. | Sh.Sh.Maxmudov | — | sport vaziri oʻrinbosari |
21. | U.S. Salixbayeva | — | “Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi |
22. | R.S. Irmatov | — | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
23. | M.M. Tashxodjayev | — | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi |
24. | K.M. Rafikov | — | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi |
25. | O.A. Qosimov | — | Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi |
26. | I.K. Shodiyev | — | Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi |
27. | B.Sh. Fazilov | — | Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi raisi |
28. | A.X. Toʻxtayev | — | Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi raisi |
29. | Z.Yu. Yallakayev | — | Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi raisi |
30. | B.M. Maxsitov | — | Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi |
31. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
32. | Lavozimi boʻyicha | — | qishki sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)larga masʼul etib biriktirilgan vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari |
33. | Z.Z. Tadjibayev | — | Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |
6-ILOVA