ILOVA
Amalga oshiriladigan tadbirlar | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar | |
I. Sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, sohada xususiy sektorni rivojlantirish | ||||
3. | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Beldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni o‘tkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yo‘lini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash. | 2021-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
5. | Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport (avtobus) vositasini ajratish hamda uni saqlashga limit ajratilishini ta’minlash. | 2020-yil | O‘zbekiston Respublikasi respublika budjet mablag‘lari | Moliya vazirligi, |
6. | O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarini qishki sport turlari bo‘yicha ehtiyojdan kelib chiqqan holda sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 2021 — 2023-yillar davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
7. | Tadbirkorlik subyektlari, idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun belgilangan tartibda bino ajratish. | Murojaatga muvofiq | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
8. | Investorlarni jalb qilgan holda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi 41-uyda joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” binosi bazasida qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil etish. | 2021-yil | Investorlar mablag‘lari | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, |
II. Qishki sport turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, davlat sport ta’lim muassasalarini xorijiy adabiyotlar bilan ta’minlash | ||||
9. | 2020-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilish. | 2020-yil | Universitetga budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
10. | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2020/2021 o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o‘rin ajratilishini ta’minlash. | 2020yil | Universitetga budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
11. | O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilish. | 2020-yil | Ijr?chilar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, |
12. | “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lganlarini xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olish, malaka oshirish, stajirovka o‘tashlarini tashkil etish. | 2020-yil | “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, |
13. | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qishki sport turlari bo‘yicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash. | 2021-yil | Innovatsion rivojlantirish | Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
III. Yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilishorqali sportchi va trenerlarkasbiy tajribasini orttirish | ||||
14. | Qishki sportturlarini rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida ilmiy-uslubiy texnologiyalarni takomillashtirish, terma jamoalarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish (Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, AQSH, Kanada davlatlari misolida). | 2020-yil | O‘zbekiston Respublikasi respublika budjet mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
15. | O‘quv-mashg‘ulot jarayonining o‘quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
16. | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qishki sport turlari bo‘yicha nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
17. | Qishki sport turlari bo‘yicha turli darajadagi xalqaro sport musobaqalarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash. | Musobaqa o‘tadigan davrlarda | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
18.. | Pekin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan IX qishki Osiyo o‘yinlariva XXIV qishki Olimpiya o‘yinlaridaO‘zbekiston sport delegatsiyasiningmuvaffaqiyatli ishtirokinita’minlash. | 2022-yil | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
IV. Qishki sport turlari bo‘yicha saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o‘smirlar va yoshlarni qishki sportturlari bilan muntazam shug‘ullanish, aholining sog‘lom turmush tarziga jalb etishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etish | ||||
19. | Mavjud sport infratuzilmasini inobatga olgan holda davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo‘yicha bo‘limlarni tashkil etish. | 2023-yil | Muassasalarning budjet | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) |
20. | Ko‘rgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa o‘smir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqishini orttirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
21. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo‘yicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar va o‘smirlar yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
22. | Qishki sport turlari bo‘yicha respublika miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash: 1-bosqich — tuman (shahar) miqyosida; 2-bosqich — hududlar miqyosida; 3-bosqich — respublika miqyosida (final). | 2020-yil | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
23. | Davlat sport ta’limi muassasalari sportchilari o‘rtasida qishki sport turlari bo‘yicha hududiy, respublika va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish. | 2020-yil | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
24. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat saboqlari hamda umumta’lim maktablarida davra suhbatlarini o‘tkazish. | 2021-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, |
25. | Qishki sport turlari bo‘yicha tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
26. | 2021-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimini hamda O‘zbekiston sport vakillarining ishtirokidagi namoyishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali yoritish huquqi olinishini tashkil etish. | Musobaqa o‘tadigan davrlarda | Tashkilotchilar, | Milliy Olimpiya qo‘mitasi, |
27. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkillashtiriladigan qishki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish. | 2020-yil | — | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
28. | Rivojlantirilayotgan qishki sport turlarini keng targ‘ib qilishmaqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va Internet nashrlari orqali turkum ko‘rsatuv | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari |
29. | Mamlakatda tashkil etiladigan qishki sport turlari bo‘yicha reytingli va nufuzli xalqaro musobaqalariishtirokchi sovrindorlarito‘g‘risidaturkum ko‘rsatuvlar tayyorlash va onlayn tarzda aholiga yetkazish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
30. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy roliklar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish, aholi yashaydigan joylarda targ‘ibot bannerlarini joylashtirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |