31.05.2022 yildagi KSQ-3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro M. Xasanovaning shikoyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 197 va 206-moddalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiyaviy sud) rais M. Abdusalomov, sudyalar A. Gʻafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Mirboboyev, G. Pirjanov va Q. Uljayevdan iborat tarkibda, katta ekspert K. Xamidovaning kotibligida, taraf — fuqaro M. Xasanova va uning huquqlarini himoya qiluvchi “Grata” advokatlik firmasi advokati F. Akramov, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari Sh. Choʻlliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari oʻrinbosari B. Radjabov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati bosh maslahatchisi A. Yuldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni yetakchi inspektori T. Tursunboyev, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi boʻlimi boshligʻi O. Norboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bosh konsultanti Sh. Axatova, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi katta prokurori A. Qodirovning ishtirokida, fuqaro M. Xasanovaning Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Fuqarolik kodeksi) 197 va 206-moddalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Uy-joy kodeksi) 11 va 27-moddalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiya) 53 va 54-moddalariga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi shikoyati boʻyicha yuritilgan ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼruzachi sudya S. Koshayevaning maʼruzasini, taraf M. Xasanova, advokat F. Akramov va koʻrsatib oʻtilgan davlat idoralari vakillarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro M. Xasanova oʻzining 2022-yil 19-apreldagi Konstitutsiyaviy sudga yuborgan shikoyatida, shuningdek Konstitutsiyaviy sud majlisida Fuqarolik kodeksi 197 va 206-moddalari 1 hamda Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalari uning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan, Konstitutsiyaga muvofiq emas hamda sudda koʻrilishi tugallangan muayyan ishda qoʻllanilgan va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib boʻlingan deb hisoblab, ularning Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiqligini aniqlashni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-fevraldagi 225-son qarori bilan “B-B-STROY” MChJga Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oltintepa koʻchasida joylashgan 0,925 ga yer uchastkasini dastlabki zaxiraga olish va koʻp qavatli uy-joy (binolar)ni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ruxsat berilgan. Mazkur qarorning ilovasida boshqa uylar qatorida Oltintepa koʻchasidagi 249-uy ham buzilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“B-B-STROY” MChJ va fuqaro M. Xasanova daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining 2020-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvogar “B-B-STROY” MChJning javobgar M. Xasanovaga nisbatan uni va u bilan birga yashab kelayotgan barcha shaxslarni Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oltintepa koʻchasi, 249-uy, 5-kvartiradan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga koʻchirish haqidagi daʼvo talablarini hamda M. Xasanovaning javobgar “B-B-STROY” MChJga nisbatan qurilish ishlarini toʻxtatish haqidagi daʼvo talablarini qanoatlantirish Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi qoʻllanilib rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2021-yil 19-noyabrdagi ajrimiga koʻra, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining 2020-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qarorining daʼvogar “B-B-STROY” MChJning daʼvo talablarini rad etishga oid qismi Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi qoʻllanilib, bekor qilingan hamda yangi hal qiluv qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda fuqarolar M. Xasanova, B. Fayzullayev va O. Fayzullayevni buzilishi lozim boʻlgan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oltintepa koʻchasi, 249-uy, 5-kvartiradan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga koʻchirish, shuningdek, fuqaro M. Xasanovaning umumiy foydali maydoni 63,62 kv.m. ikki xonadan iborat boʻlgan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-1 massivi, 8-uy, 2-kvartiraga mulk huquqini belgilash hamda uning Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oltintepa koʻchasi, 249-uy, 5-kvartiraga boʻlgan mulk huquqini bekor qilish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro M. Xasanova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 25-yanvardagi ajrimiga koʻra Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining mazkur ajrimi Fuqarolik kodeksi 206-moddasi va Uy-joy kodeksi 27-moddasi asosida oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro M. Xasanova sud tomonidan qoʻllanilgan Fuqarolik kodeksining 206-moddasi va Uy-joy kodeksining 27-moddasi normalari hamda sud tomonidan qoʻllanilmagan, ammo qoʻllanilgan normalar qoidalarini takrorlaydigan Fuqarolik kodeksining 197-moddasi va Uy-joy kodeksining 11-moddasi normalarini Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiq emas, deb hisoblamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 82-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq “Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligi xususida shubha tugʻdirgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud koʻrib chiqishi uchun kiritilgan murojaatda ular toʻgʻrisida soʻz yuritilmagan boʻlsa-da, bir vaqtning oʻzida qaror chiqarishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaning 54-moddasiga muvofiq “Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat muallifi uning mulkidan mahrum etilishi (mulk huquqining bekor qilinishi) va mulkining olib qoʻyilishi masalalarini tartibga soladigan qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni soʻrab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganligi va Konstitutsiya 53-moddasining ikkinchi qismi mulkdorning oʻz mulkidan mahrum etilishi mumkinligini nazarda tutganligi sababli Konstitutsiyaviy sud tomonidan mazkur masalalarni tartibga soladigan qonun normalari tahlil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan OʻRQ-683-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandiga muvofiq Fuqarolik kodeksi boshqa moddalari bilan bir qatorda 83-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 166-moddasining uchinchi qismidagi, 198-moddasining birinchi qismidagi, 199-moddasining birinchi qismidagi va 206-moddasining birinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “qonunlar” degan soʻz tegishli kelishikdagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik kodeksi 83-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritish va ular bekor boʻlishining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi; 166-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardagina yoʻl quyiladi; 198-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni yoʻq qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi; 199-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi; 206-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonun hujjatlarida belgilangan hollar va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi..., deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan OʻRQ-683-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun 55-moddasining 2-bandiga muvofiq Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi tegishli kelishikdagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik kodeksining 197-moddasi quyidagicha ifodalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat muallifi Konstitutsiyaviy suddan Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalarining ham Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni soʻragan. Mazkur moddalardagi koʻrilayotgan ishga daxldor boʻlgan normalar quyidagicha ifodalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy kodeksining 11-moddasi beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq xususiy mulk boʻlgan uylar, kvartiralar olib qoʻyilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Kodeksning 27-moddasiga muvofiq yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buzilayotgan uylar oʻrniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan qonun normalari tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaning 53-moddasiga asosan “Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan OʻRQ-683-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan Fuqarolik kodeksining koʻrsatilgan moddalar tegishli qismlariga kiritilgan oʻzgartishlar natijasida ular Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismi qoidalariga muvofiq boʻlmay qolgan. Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar Fuqarolik kodeksi koʻrsatilgan moddalarining tegishli qismlari Konstitutsiyaga muvofiq boʻlgan. Chunki ularda mulk huquqining qonun asosida bekor qilinishi nazarda tutilgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar ham Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi” degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq boʻlmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning oʻz mulkidan mahrum etilishining huquqiy asosi turli qonunlarda turlicha belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik kodeksi koʻrsatilgan moddalarining tegishli qismlarida bunday huquqiy asos sifatida “qonun hujjatlari”, mazkur Kodeks 197-moddasida “qonunchilik”, Uy-joy kodeksining 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlarida hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismida “qonun” deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan OʻRQ-682-son “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarini Konstitutsiya, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari tashkil etadi. Mazkur Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “qonunchiligi” deganda qonunosti hujjatlari ham tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning oʻz mulkidan “qonun hujjatlari” yoki “qonunchilik” asosida mahrum qilinishi Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat muallifi Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni soʻragan Uy-joy kodeksi 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 27-moddasi, shuningdek, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismi qoidalarining tahlili ularning Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ekanligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlardan kelib chiqib, mulkdor mulk huquqining Oliy Majlis palatalari qarorlari yoki qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinishi mumkinligini oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan OʻRQ-683-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83, 166, 198, 199 va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasidagi mulk huquqi mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor boʻladi”, degan qismi Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismiga muvofiqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro M. Xasanova Konstitutsiyaviy suddan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarorini sudlar tomonidan qoʻllanilishi yuzasidan ham ayrim savollarga javob berishni soʻragan. Uning bunday savollariga javob berish Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Konstitutsiya 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun 4-moddasi ikkinchi qismi, 69, 72, 82 va 86-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan OʻRQ-683-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun 55-moddasining 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83, 166, 198, 199 va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasining mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor boʻladi”, degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaviy sudning qaroriga koʻra Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi oʻzining amal qilishini tugatadi. Mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan hujjatni qabul qilgan davlat organi oʻz hujjatini Konstitutsiyaviy sudning qarori asosida bir oydan kechiktirmay Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-joy kodeksi 11-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 27-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismi Konstitutsiyaga muvofiq deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror “Xalq soʻzi” gazetasi, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSQ-3-son