17.06.2022 yildagi 338-son
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. 3-bandining beshinchi xatboshidagi “28” raqami “29” raqami bilan almashtirilsin;

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan qo‘riqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishning texnik vositalari turlari;

b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
kamida uch nafar xodimning F.I.O, JShShIR, pasportining seriyasi va raqami, yashash manzili;

ma’lumoti, mutaxassisligi;

yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji va malaka tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; yonginga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari;

v) oxirgi uch yilda qo‘riqlash signalizatsiyalarini va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigim:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

20 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;

b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv bo‘yicha (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch nafar xodim mavjudligi;

v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar mavjud emasligi

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.

2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, s�zlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

”.