13.06.2022 yildagi 328-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ularning moliyaviy barqarorligini va davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni 5-bandiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi va unga ko‘ra har yil yakunlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi hamda boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuzilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Adliya vazirligi NNTning grant loyihalari doirasida mablag‘lar olinishi kelishilganligi (xabarnoma berilganligi) yoki ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hududiy adliya organining ma’lumoti haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) ikki ish kunidan kechiktirmasdan xabarnoma yuboradi.
17. Milliy hamkor grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan kelishgan holda, “yo‘l xaritasi” ijrosi yakuni bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotni mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda Adliya vazirligiga, grant loyihasi tugagandan keyin o‘n ish kunidan kechiktirmasdan Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga axborot uchun kiritadi.

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Hududiy adliya organlari

NNTning xorijiy shaxslardan mablag‘lar olinishini kelishgan hamda chet ellik shaxslardan olinadigan mablag‘lar haqidagi xabarnoma bo‘yicha Adliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot kiritadi.

Mablag‘ summasi kelishilgan yoki xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida

2-bosqich

Adliya vazirligi

NNTning grant loyihalari doirasida mablag‘lar olinishini kelishganligi yoki hududiy adliya organining ma’lumoti haqida Tashqi ishlar vazirligiga xabarnoma yuboradi.

Pul mablag‘lari kelishilgan yoki hududiy adliya organining ma’lumoti kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan

3-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Xabarnomani ko‘rib chiqib, chet ellik shaxslar tomonidan moliyalashtirishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli xulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Tashqi ishlar vazirligining xulosasi asosida NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish uchun milliy hamkorni biriktirish choralarini ko‘radi.

1. Tashqi ishlar vazirligining tegishli xulosasi kelib tushgandan keyin ikki ish kuni ichida.

2. NNT bilan kelishilgan holda milliy hamkorni biriktirganligi haqida milliy hamkor sifatida biriktirilgan tashkilotni xabardor qiladi.

2. Milliy hamkor biriktirilgandan keyin ikki ish kuni ichida.

5-bosqich

Milliy hamkor NNT bilan birgalikda

Milliy hamkor grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan birgalikda hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda”yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqadi. Bunda:

qiymati BHMning 2000 baravarigacha bo‘lgan grant loyihasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi milliy hamkor va NNT tomonidan tasdiqlanib, ijroga qaratiladi;

qiymati BHMning 2000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi tasdiqlash uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.

Milliy hamkor uning muayyan grant loyihasiga biriktirilganligi haqida Adliya vazirligining xabarnomasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

6-bosqich

Adliya vazirligi

“Yo‘l xaritasi” loyihasini ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun yuboradi.

“Yo‘l xaritasi” loyihasi tasdiqlash uchun kiritilgandan boshlab ikki ish kuni ichida

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Qiymati BHMning 2000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ko‘rib chiqib, kelishib beradi.

Besh ish kuni ichida

8-bosqich

Milliy hamkor

Grant loyihasini amalga oshirish samaradorligi bo‘yicha Adliya vazirligiga ma’lumot kiritadi.

“Yo‘l xaritasi” ijrosi yakuni bo‘yicha o‘n ish kuni ichida

9-bosqich

Adliya vazirligi

Grant loyihasini amalga oshirish samaradorligi bo‘yicha kelib tushgan ma’lumotlarni ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga axborot uchun kiritadi.

Besh ish kuni ichida