02.06.2022 yildagi 300-son
“Ta’lim to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son, “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
b) “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Davlat granti mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
7. Grant talabgorlari bo‘lgan abituriyentlar Universitetga qabul bo‘yicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan grant talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ham ilova qiladi, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno.
12. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq davlat granti taqdim etilgan stipendiatlar uchun butun o‘quv yillari mobaynida to‘liq davlat grantini taqdim etish tartibi saqlab qolinadi.

Bosqichlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Grant talabgori (xalqaro darajadagi tegishli dasturlar diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalari g‘oliblari, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida ajratilgan kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) bo‘lgan abituriyent tomonidan Universitetga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan davlat granti talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ilova qilish.

Universitetga qabul qilish bo‘yicha belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Grant talabgorlari ro‘yxatini har o‘quv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrug‘iga asosan tasdiqlash.

Har o‘quv semestri boshlanishining birinchi 5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Universitet va stipendiatlar o‘rtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish.

Har o‘quv semestri boshlanishining birinchi 10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Universitetning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni moliyalashtirib berish.

Har bir o‘quv semestri boshlanishining birinchi 15 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarning o‘qishni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berishi.

O‘qishni tamomlagandan keyin besh yil davomida

4. Subsidiya mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.

Bosqichlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Prezident maktablari bitiruvchil�riga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risida ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma ilova qilingan arizani belgilangan tartibda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga topshirish.

O‘quv yilining 15-dekabriga qadar

2-bosqich

Talabaning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ko‘rib chiqilishi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi, oliy ta’lim tashkiloti va talabgor o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga belgilangan subsidiya summasi o‘tkazilishi

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan to‘liq to‘langanda hamda o‘quv yilining 15-dekabridan kech bo‘lmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasini Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan talabgorlarning shaxsiy bank kartasiga o‘tkazish.

10 ish kuni ichida

6-bosqich

Subsidiya beriladigan bitiruvchilarning o‘qishni tamomlagandan so‘ng Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha to‘liq bandlik rejimida ishlab berishi.

O‘qishni tamomlagandan keyin besh yil davomida