Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-may,
PQ-266-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PQ-266-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoat xabi hududida mashinasozlik va elektrotexnika sohalaridagi loyihalar, shuningdek, boshqa sohalardagi yuqori qoʻshilgan qiymatli loyihalar joylashtiriladi va ularning tashabbuskorlariga qurilgan bino va inshootlar ijara shaklida ajratib beriladi”.
2. 8-banddagi “besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin” soʻzlari “, istisno tariqasida, undirilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 07/22/266/0458-son)