11.05.2022 yildagi PQ-240-son

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Davlat xaridlari jarayonida tender, tanlov va boshqalarni o‘tkazishda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy omilllarning mavjudligini aniqlashni raqamlashtirish. Jumladan, xarid jarayonlarida hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, “komplaens-nazorat” o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

2.

Budjet tashkilotlarida qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida qurilish va montaj ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlash va baholash mexanizmlarini joriy etish.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkonini yaratish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

3.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar balansidagi tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni tashkilot balansidan chiqarishning ochiq va shaffof elektron mexanizmini ishlab chiqish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

4.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun (kasbiy) ijodiy imtihonlarni hamda oliy ta’lim muassasalarini bitirishda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

5.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda ularning qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash.

Bunda:

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozlar berishni to‘liq raqamlashtirish va elektron platforma orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

vazirlik va idoralar

6.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy (yotoqxona) bilan ta’minlash va talabalarni joylashtirishning elektron tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar va elektron tizim

2022-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

7.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (shu jumladan xorijiy OTMlardan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hamda xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

8.

Korxona va tashkilotlar ishchi va xizmatchilariga davlat tasarrufidagi sanatoriy va boshqa dam olish maskanlariga yo‘llanma berish jarayonining ochiqligini ta’minlash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

9.

Budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxona va tashkilotlarda sug‘urtalash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni raqamlashtirish va raqobat muhitini shakllantirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

10.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar uchun davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

11.

Qonunchilikda belgilangan mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qo‘yish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etish hamda fuqarolarga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini onlayn tekshirish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

vazirlik va idoralar

12.

Mavjud avtobekatlarni xatlovdan o‘tkazib, ular joylashgan yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, shuningdek, avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlarini yaratish va ulardan foydalanishning aniq talablarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentyabr

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(Sh. Shoraxmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Tashqi reklama obyektlarini joylashtirish bilan bog‘liq barcha munosabatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirish hamda onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(Sh. Shoraxmetov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev)

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish samaradorligini oshirish

1.

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar tanlovini e’lon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida xorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritish uchun to‘sqinlik qilayotgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil iyul

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik holatlarini, ularning faoliyatini cheklashga yoki to‘xtatishga sabab bo‘lgan asossiz va noqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ni o‘rganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali davlat boshqaruvi sohasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni o‘r?anish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida respublikada 2021­-2022-yillarda sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatchilikni tahlil qilish asosida ularga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil dekabr

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hujjatlarni o‘rganish hamda zaruratga ko‘ra ularning normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil sentyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ijtimoiy so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid respublika miqyosida amalga oshirilgan ishlarning natijalari va ta’sirini baholash.

Axborot-tahliliy ma’lumot

2022-yil oktyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Ijtimoiy fikr” markazi

(N. Raximova)

9.

Korr�psiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga o‘quv-tanishuv safarlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini shakllantirish

10.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash va davlat idoralariga tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

11.

“E-Antikorrupsiya” loyihasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun “E-Anticor. uz” elektron platformasini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

12.

Davlat tashkilotlarining faoliyati ustidan nazorat olib borishda jamoatchilik ishtirokini kengayshtirish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil iyun

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash

(T. Narbayeva),

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

13.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotining tajribasini ommalashtirish, ushbu sohada dolzarb muammolarni muhokama qilish bo‘yicha konferensiya va anjumanlar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-trening va seminarlarni tashkil qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

15.

Davlat tashkilotlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borish.

Amaliy-uslubiy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)