Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qaroriga
1-ILOVA
Chora-tadbir nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun masʼullar | Nazorat uchun masʼullar | |
I. Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari | |||||
1. | “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (N. Zikrillayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
2. | Ichki sayohatlar uchun xarajatlarning bir qismini qaytarishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish hamda uni tizimli ravishda takomillashtirib borish. Bunda, mazkur platformani ishlab chiqish boʻyicha tanlov oʻtkaziladi va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sayohat xarajatlarini qaytarish uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil avgust | Davlat budjeti mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (N. Zikrillayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
3. | Oʻquvchi, talaba va yoshlar (7 — 30 yosh) oʻrtasida “Yoshlar turizmi oyligi” va “Yoshlar turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish. Bunda: taʼtil vaqtida respublikaning diqqatga sazovor joylariga mavsumiy imtiyozli sayohat paketlarini tashkil etishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; oliy taʼlim muassasalari talabalari xarajatlarining bir qismini oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, maktab oʻquvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlar tashriflari xarajatlarining bir qismini (yoki transport xarajatini toʻliq) mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplash; nogironligi boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz boʻylab sayohat qilishlari uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish; yoshlarning madaniy meros obyektlari va muzeylarga tashrifi davomida mahorat darslarini tashkil qilish va oʻtkazish, tariximizni jonli koʻrsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi. Amalga oshirish shakli: kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2022-yildan boshlab doimiy ravishda | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
4. | “Yoshlar turizmi oyligi” doirasida “Yoshlar turizmi” qurultoyini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilash. Qurultoyni tashkil etish va oʻtkazish uchun vazirlik va idoralarning vazifalarini belgilash. Amalga oshirish shakli: Tartib loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov, Qoʻchqorov) |
5. | 12 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida “Yosh sayyoh” faxriy yorligʻini taʼsis etish. Bunda: oʻquvchilar uchun ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekoturizmga ruxsat etilgan hududlariga qisqa muddatli sayohatlarni belgilangan tartibda amalga oshirish; sayohatlar davomida oʻquvchilar tomonidan topshirilishi lozim boʻlgan normativlarni (kamida 4-marta piyoda yurish safarlariga chiqish, hudud boʻylab yoʻnalishni topish, dam olish uchun joyni tanlash, olov yoqish, chodir oʻrnatish va boshqalar) ishlab chiqish; normativlarni topshirgan oʻquvchilarni faxriy yorliq bilan taqdirlash nazarda tutiladi. Amalga oshirish shakli: Tartib loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | — | Ishlab chiqish uchun — Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov) Amalga oshirish uchun — Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
6. | “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yigʻinlari hududlarida yashaydigan 200 nafar yoshlarni Turizm va madaniy meros vazirligi tizimidagi texnikumlarda davlat granti asosida oʻqitish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab 2025-yil noyabrga qadar | Respublika budjeti mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Turizm Moliya vazirligi (T. Ishmetov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
7. | Oʻquvchi, talaba va yoshlarni mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, qadimiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolar bilan tanishtirish maqsadida “Vatanimning tarixini oʻrganaman” va “Moziyga sayohat” loyihalarini amalga oshirish. Har bir oʻquvchi, talaba va yoshlar tashrif buyurishi tavsiya etiladigan turizm namoyishi obyektlari roʻyxatini tasdiqlash. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil iyul | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
8. | Oʻzbekistonning turizm xaritasini chop etish va respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini xarita bilan taʼminlash. Amalga oshirish shakli: turizm xaritasini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | Respublika budjeti mablagʻlari | Chop etish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (N. Zikrillayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov), Amalga oshirish uchun — Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
9. | Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori (keyingi oʻrinlarda — Turizm transport koridori) boʻylab turizm yoʻl boʻyi infratuzilmasi joylashtiriladigan yer uchastkalarining elektron xaritasini ishlab chiqish. Bunda, oldindan xabar qilish tartibiga amal qilgan holda “Oʻzaeronavigatsiya” markaziga toʻlanadigan tegishli toʻlovlardan ozod etish. Amalga oshirish shakli: yer uchastkalarining elektron xaritasini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Ishlab chiqish uchun — Kadastr agentligi (A. Allaberganov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
10. | Turizm transport koridori boʻylab zamonaviy “Karvonsaroy”lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan obyektlarning namunaviy loyihalari va plyaj zonalarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil iyul | Ijrochilar mablagʻlari | Ishlab chiqish uchun — Turizm | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
11. | Turizm namoyishi obyektlariga olib boradigan yoʻllarni qurish va taʼmirlash uchun ularni maqsadli davlat dasturlariga kiritib borish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil 1-iyundan boshlab doimiy ravishda | — | Roʻyxatni shakllantirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov), Madaniy meros agentligi (Sh. Nurulloyev) Maqsadli davlat dasturlariga kiritish uchun — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Abduxakimov) |
12. | Ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida shakllantirilgan roʻyxatga asosan qoyalarga chiqish nuqtalarini aniqlash va tegishli belgilar oʻrnatgan holda kemping uchun joylarni belgilash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil sentabr | — | Roʻyxatni shakllantirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
13. | Xorijiy turistlarga sayohatning barcha bosqichlarini tashkillashtirishga koʻmaklashuvchi veb-saytlar, mobil ilovalarni yaratish. Bunda, tanlov eʼlon qilib, eng yaxshi veb-sayt va mobil ilovalar uchun grant ajratish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil avgust | Re?publika budjeti mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (N. Zikrillayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
14. | Toshkent shahrida may oyining birinchi dekadasida “Toshkent gullar festivali” Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil may-iyun | Respublika | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
15. | Respublika hududlarida oʻtkaziladigan festivallarning media-rejasini tasdiqlash va ushbu festivallarni xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot qilish. Targʻibot ishlarini amalga oshirish uchun 5 milliard soʻm ajratish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil may | Respublika budjeti mablagʻlari | Ishlab chiqish uchun — Turizm Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
16. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, jumladan qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalarda oʻrnatilgan tartibda turistlar harakatlanishi uchun yoʻlaklarni belgilash, ushbu yoʻlaklarda koʻrsatkichlar va boshqa navigatsiya belgilarini oʻrnatish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil oktabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
17. | Madaniy meros obyektlari va ularning atrofidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqish. Bunda, madaniy meros obyektlari hududlariga besh tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalari kiritilmasligini nazarda tutish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | — | Ishlab chiqish va kiritish uchun — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov), Madaniy meros agentligi (Sh. Nurulloyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
18. | Tashkilot va idoralarga biriktirilgan madaniy meros obyektlari, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. Amalga oshirish shakli: axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlash. | 2022-yil noyabr | — | Ishlab chiqish va kiritish uchun — Madaniy meros agentligi (Sh. Nurulloyev), Din ish?ari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), “Vaqf” xayriya jamgʻarmasi (Ya. Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
19. | Chexiyaning Karlovi Vari, Marian Lazni, Slovakiyaning Piyeshtyan, Ozarbayjonning Naftalan kabi sanatoriy-kurort shaharlari tajribasi asosida respublikadagi sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, tabiiy hudud va resurslardan oqilona foydalanish hamda qoʻshimcha turizm xizmatlarini tashkil etishni nazar tutish. Amalga oshirish shakli: tahliliy maʼlumot tayyorlash. | 2022-yil iyun | — | Ishlab chiqish va kiritish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov, B. Shaxriyorov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafiqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
20. | Boʻstonliq tumanining bosh rejasi va hududlarning master rejalari asosida Boʻstonliq tumani “Novobod”, “Gʻazalkent” va “Chimyon” MFYlar hududida jahon standartlariga mos 5 ta zamonaviy osma dor yoʻlini barpo etish. Bunda: 1 ta dor yoʻli Xoʻjakent massivida “Chinorkent” majmuasi hududida; | 2022 — 2030 yillarda | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov, B. Shaxriyorov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
21. | Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi oʻrtasida oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni taʼmirlash loyihalari uchun kredit mablagʻlari ajratilishi toʻgʻrisida muntazam hamda batafsil maʼlumot berib borish. Amalga oshirish shakli: media-reja ishlab chiqish. | 2022-yil apreldan boshlab | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
22. | Respublikadagi har bir hududning turizm salohiyatini toʻliq namoyish etuvchi turizm xaritalarini (Guidebook) ishlab chiqish, chop etish va bepul tarqatish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-2023-yillar | Respublika budjeti mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
23. | Aqchakoʻl, Ashshi koʻl, Zikri koʻl, Aydarkoʻl, Tuzkon koʻli va Toʻdakoʻl hududlarini shahar Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil 1-iyundan boshlab, har mavsumda | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Abduxakimov) |
24. | Safari (ekstremal) turizmini tashkil qilish uchun tashrif obyektlari roʻyxatini shakllantirish va tashrif obyektlari hududida sayyohlarning harakatlanish yoʻnalishlarini belgilash. Safari turizmi obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlarni turistik portallarga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida yoritish, safari turizmini tashkil qilishda tadbirkorlarni jalb qilish choralarini nazarda tutish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil iyundan boshlab | — | Roʻyxatni shakllantirish Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
25. | Turizm axborot markazlarini tashkil etish. Bunda, turizm axborot markazlarini: xalqaro aeroportlar, respublikaning chegara oʻtkazish punktlari, madaniy meros obyektlari atrofida tashkil etish; tashkil qilish istagida boʻlgan tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash; respublikaning turizm salohiyatini namoyish etuvchi targʻibot materiallari bilan taʼminlab borish choralarini koʻrish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi. | 2022-yil iyun | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
26. | Andijon viloyatining turizm salohiyatini yanada kuchaytirish. Bunda: Xonobod shahrida 2022-yil oktabr oyida “Hanabad — wellness resort” 1-chi Xalqaro ekoturizm forumini oʻtkazish; Xoʻjaobod tumanidagi Imom ota qishlogʻini “turizm qishlogʻi”ga aylantirish hamda bu yerda oilaviy mehmon uylarini koʻpaytirish, milliy mahsulotlar, suvenir doʻkonlari Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi. | 2022-yil oktabr | Mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
27. | “Andijon polkasi” raqsining 100 yillik yubileyini turli festivallar oʻtkazish orqali keng nishonlash va YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish yuzasidan YUNESKOga takliflar yuborish. Amalga oshirish shakli: takliflar kiritish. | 2022 y?? oktabr | — | Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya (G. Umerova) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
28. | Respublika hududlarida faoliyat olib borayotgan turoperator va turagentlar oʻrtasida B2B uchrashuvlarni tashkil qilish hamda turizm sohasining subyektlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni oʻz ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi. | 2022-yil may oyidan boshlab doimiy | Mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (G. Israilova), tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
29. | “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohat qilish tartibi va odobini nazarda tutuvchi, shu jumladan taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va talabalari uchun “Sayohat odobi” va “Ziyorat odobi” kabi tavsiyaviy qoʻllanmalar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: qoʻllanma ishlab chiqish. | 2022-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Turizm Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
30. | Ichki va ziyorat turizmini barqaror rivojlantirgan holda hududlararo sayohatlarni tashkil etish va sayohatchilarni yuborish yuzasidan ikki tomonlama memorandumlar imzolash hamda ularni amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: ikki tomonlama memorandumlar imzolash. | 2022-yil may, 2023-yildan boshlab, har yili yanvar | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
31. | Angren tumanidagi Lashkarak, Parkent tumanidagi Kumushkon, Shahrisabz tumanidagi Gʻelon, Suv-tushar, Kitob tumanidagi Jovuz, Varganza va Bashir, Chiroqchi tumanidagi Taragʻay va Langar, Nurota tumanidagi Sentob, Zomindagi Duoba, Fargʻona tumanidagi Satkak qishloqlarida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-2023-yillar | — | Amalga oshirish uchun — Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
32. | Madaniy meros obyektlari va muzeylar, turizm namoyishi obyektlari, shuningdek, sanatoriy va pansionatlar hamda joylashtirish vositalari tomonidan koʻrsatilayotgan turizm xizmatlari sifati monitoringi va boshqaruvini nazarda tutuvchi “Tourist hospitality” dasturini amalga oshirish. Bunda: madaniy meros obyektlari va muzeylar, turizm namoyishi obyektlari, sanatoriy va pansionatlar hamda joylashtirish vositalarining tashrif buyuruvchilarga xizmatlar koʻrsatuvchi rahbar va xodimlari malakasi oshiriladi; ushbu tadbirlar madaniy meros obyektlari va muzeylar, turizm namoyishi obyektlari, sanatoriy va pansionatlarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; malaka oshirish kurslari turizm sohasidagi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan shartnoma asosida har bir rahbar va xodimlar uchun 24 akademik soatdan kam boʻlmagan muddatga tashkil etiladi. Tadbirkorlik subyektlari, nodavlat sanatoriy va pansionatlar hamda xususiy muzeylarning “Tourist hospitality” dasturida ishtiroki ixtiyoriy hisoblanadi. Amalga oshirish shakli: reja-grafik tasdiqlash. | 2022-yil may | — | Reja-grafik ishlab chiqish uchun — Turizm Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafiqov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi (A. Inakov) Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
33. | Ichki turizmni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi “Kinokarvon” loyihasi hamda xorijiy kinokompaniyalarni Oʻzbekiston hududida suratga olish ishlari uchun jalb etishga qaratilgan “rebate” tizimi joriy etilganini inobatga olgan holda, “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta ishlash. Amalga oshirish shakli: Qonuni loyihasi. | 2022-yil noyabr | — | Ishlab chiqish uchun — Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
34. | Xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida: 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda koʻrsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun eʼlon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilish; 2022-yil yakuniga qadar mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga 48 tadan 60 taga hamda tutashuvchi qatnovlar sonini 4 tadan 6 taga koʻpaytirish; mahalliy hududlararo aviaqatnovlarga moʻljallangan yangi “Silkavia” aviakompaniyasini tashkil etish; aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyotni toʻliq ekonom-klassga oʻtkazish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil davomida | — | Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan Airways” AJ (U. Xusanov), “Uzbekistan Airports” AJ (R. Djurayeva) | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov) |
35. | “Afrosiyob” tez yurar poyezdining Shahrisabz shahrigacha harakatini qayta tiklash. Bunda, chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilishni taʼminlash. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil may | — | Amalga oshirish uchun — ”Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov) |
36. | Har kuni 2 mingdan ziyod sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan ikki qavatli (dabl-deker) turistik avtobuslarning muntazam qatnovini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil sentabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov) |
37. | Buxoro va Samarqand, Buxoro va Xiva, Buxoro va Termiz shaharlari oʻrtasida zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnovlarini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil iyun | — | Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Buxoro, Samarqand, Surxondaryo | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov) |
38. | Qamchiq dovonida joylashgan Arashan koʻllar tizimidagi hamda Chimboy, Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlaridagi termal buloqlar hududida turizm sohasidagi obyektlarni tashkil qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil noyabr | — | Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
39. | Tabiiy muhofaza qilinadigan, togʻ va togʻoldi hududlarda tabiiy qurilish materiallaridan (yogʻoch, tosh, loy suvoq va boshqalar) foydalangan holda yengil konstruksiyali obyektlarni barpo etish tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: Tartib loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil noyabr | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Abduxakimov) |
40. | Turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman (shahar)lar va turizm namoyishi obyektlarining arxitektura-dizayn kodlarini ishlab chiqish. Bunda, hududdagi obyektlarning tashqi fasadlari va qurilish materiallarining oʻziga xosligi belgilanadi. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil noyabr | — | Amalga oshirish uchun — Turizm Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
II. Tungi vaqtda amal qiladigan mexanizmlarni joriy qilish chora-tadbirlari | |||||
41. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markaziy shaharlarida va Toshkent shahrining kamida 3 ta tumanida uzunligi 200 metr, eni 30 metrdan kam boʻlmagan koʻchalarda “Tungi mobil bozor” (keyingi oʻrinlarda — mobil bozor)lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda, mobil bozorlar joylashadigan koʻchalarda: har juma, shanba hamda bayram (ishlanmaydigan) kunlarida mobil bozorlar faoliyati davomida uning hududidagi koʻchalarda avtotransport vositalari harakatini cheklash; koʻchalarni piyodalar harakatlanishiga moslashtirish, mobil sanitariya-gigiyena shoxobchalari va chiqindi qutilarini oʻrnatish, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yordam xizmatlari bilan taʼminlash; koʻchalarda mobil savdo rastalari joylashuvi sxemasini yaratish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Ishlab chiqish uchun — Turizm Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Quldoshev), Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
42. | Hududlarda tashkil etiladigan “turizm koʻchalari”ni bogʻlovchi, tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil maydan boshlab | Mahalliy budjet mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Abduxakimov) |
43. | Tungi vaqtlarda faoliyat olib boruvchi madaniyat tashkilotlari va kinoteatrlar roʻyxatini shakllantirish. Turistlarga koʻrsatiladigan yangi xizmat turlari (teatr shoulari, havo sharida ekskursiya, majmua tarixi haqida qisqa metrajli filmlar namoyishi va boshqalar)ni tashkil etish choralarini koʻrish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2022-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniy meros agentligi (Sh. Nurulloyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Savdo-sanoat palatasi (I. Jasimov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
44. | Toshkent shahrida: kechayu kunduz ishlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo koʻchasini tashkil etish; restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro konsertlarini yoʻlga qoʻyish; ochiq osmonda shou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) tashkil etish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Amalga oshirish uchun — Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
45. | Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor va sinovdan oʻtgan tajribasini chuqur oʻrgangan holda, tungi vaqtda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan aholi osoyishtaligini (ruxsat berilgan shovqin darajasida) taʼminlash talablari Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat. | 2022-yil iyul | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
46. | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tungi vaqtda faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil sentabr | — | Amalga oshirish uchun — Axborot Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
47. | Tungi vaqtda ommaviy va madaniy-koʻngilochar, shu jumladan gastronomik turizm yoʻnalishidagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. Bunda: tadbirlarni ochiq maydonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari hududlarida madaniy-tomosha tashkilotlari, mahalliy va xorijiy sanʼatkorlarning chiqishlari shaklida tashkil etishni nazarda tutish; tadbirlarni toʻliq sanitariya-epidemiologiya talablari asosida tashkil etish; tadbirlarda milliy hunarmandchilik mahsulotlari va kitoblar savdosi, koʻcha rassomlari faoliyati hamda koʻchma ovqatlanish (food truck) shoxobchalari, mobil sanitariya-gigiyena shoxobchalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022-yil maydan boshlab doimiy ravishda | Ijrochilar mablagʻlari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov) |
48. | Zamonaviy turistik klassdagi avtobuslarni xarid qilgan tadbirkorlik subyektlari xarajatlarining bir qismini subsidiyalash tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat. | 2022-yil iyul | — | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov), manfaatdor vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Qoʻchqorov) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qaroriga
2-ILOVA
| “ | Sh.A. Nurulloyev | — | Madaniy meros agentligi direktori | ”. |