Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 01.05.1998 yildagi 614-I-son
Kuchga kirish sanasi
03.06.1998
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 08.11.2022 sanasi holatiga | Hujjat 08.05.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
“GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA | “GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: |
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 4-5, 128-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). | Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 4-5, 128-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1998-yil 1-may, | 1998-yil 1-may, |
614-I-son | 614-I-son |
oʻzbekiston respublikasining qonuni | oʻzbekiston respublikasining qonuni |
GAROV TOʻGʻRISIDA | GAROV TOʻGʻRISIDA |
(yangi tahriri) | (yangi tahriri) |
I. UMUMIY QOIDALAR | I. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Garov tushunchasi | 1-modda. Garov tushunchasi |
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi. | Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi. |
Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli boʻladi. | Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli boʻladi. |
Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim. | Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim. |
2-modda. Garov toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Garov toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Garov bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. | Garov bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. |
Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. | Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari | 3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari |
Garov shartnoma yoki qonun hujjatlariga koʻra vujudga keladi. | Garov shartnoma yoki qonun hujjatlariga koʻra vujudga keladi. |
Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonun hujjatida qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb eʼtirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonun hujjatida qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb eʼtirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
4-modda. Garov turlari | 4-modda. Garov turlari |
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin. | Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin. |
5-modda. Garov narsasi | 5-modda. Garov narsasi |
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno. | Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno. |
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin. | Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin. |
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi. | Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi. |
Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilikda belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin. | Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilikda belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin. |
6-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talablar | 6-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talablar |
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi. | Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi. |
Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin. | Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin. |
7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi | 7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi |
Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin. | Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin. |
Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin. | Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin. |
Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi. | Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi. |
8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi | 8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin. | Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin. |
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. | Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. |
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. | Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. |
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur. | Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur. |
Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Mol-mulk toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan birkitib qoʻyilgan korxona, shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning roziligi bilan umuman korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va boʻlinmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi. | Davlat mulkida boʻlgan mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruxsat etilgan xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir. | Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruxsat etilgan xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir. |
Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi toʻliq xoʻjalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi. | Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi bevosita boshqaruv ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi. |
Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir. | Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir. |
Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega boʻladilar. | Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega boʻladilar. |
9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi | 9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi |
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. | Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. |
Agar shartnomaga yoki qonunchilikka muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi. | Agar shartnomaga yoki qonunchilikka muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi. |
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi. | Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi. |
Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi. | Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi. |
10-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning mazmuni | 10-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning mazmuni |
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan yeri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar yoxud garov narsasini va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak. | Garov toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan yeri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar yoxud garov narsasini va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak. |
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin. | Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin. |
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. | Garov bilan taʼminlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. |
Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
11-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish | 11-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish |
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. | Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. |
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno. | Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno. |
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. | Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. |
Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. | Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. |
12-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish | 12-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish |
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab: | Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab: |
1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi; | 1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi; |
2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi; | 2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi; |
3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart. | 3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart. |
Shartnoma yoki qonunchilik bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollarida sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin. | Shartnoma yoki qonunchilik bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollarida sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin. |
Garovga qoʻyilgan mol-mulk sugʻurta qilinganda garov bilan taʼminlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada sugʻurta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta tovonining qolgan summasini oladi. | Garovga qoʻyilgan mol-mulk sugʻurta qilinganda garov bilan taʼminlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada sugʻurta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta tovonining qolgan summasini oladi. |
Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi. | Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi. |
13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash | 13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash |
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. | Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. |
Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi yo xoʻjalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli. | Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli. |
14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish xavfi | 14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish xavfi |
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi. | Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi. |
Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi. | Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi. |
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. | Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. |
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno. | Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno. |
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. | Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. |
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli. | Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli. |
15-modda. Navbatdagi garov | 15-modda. Navbatdagi garov |
Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan oʻzga shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni taʼminlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi. | Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan oʻzga shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni taʼminlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi. |
Navbatdagi garovga, agar u garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. | Navbatdagi garovga, agar u garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. |
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir. | Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir. |
Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi. | Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi. |
Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisida, shuningdek ushbu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning miqdori haqida xabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi. | Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisida, shuningdek ushbu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning miqdori haqida xabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi. |
16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi | 16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi |
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi (xoʻjalik asosida yuritish huquqi) garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno. | Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno. |
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi. | Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi. |
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar. | Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar. |
17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish | 17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish |
Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonunchilikka muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli. | Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonunchilikka muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli. |
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi. | Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi. |
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi. | Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi. |
18-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish | 18-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish |
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonunchilikka muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi. | Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonunchilikka muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi. |
19-modda. Garovga oluvchining huquqlari | 19-modda. Garovga oluvchining huquqlari |
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli: | Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli: |
uchinchi shaxslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish; | uchinchi shaxslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish; |
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish; | garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish; |
garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish; | garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish; |
garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish; | garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish; |
davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish; | davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish; |
garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish; | garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish; |
qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish; | qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish; |
qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish; | qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish; |
garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish. | garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish. |
Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli: | Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli: |
oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish; | oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish; |
ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish; | ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish; |
garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish. | garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish. |
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli: | Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli: |
garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish; | garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish; |
ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish; | ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish; |
garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdirayotgan tajovuzlar toʻxtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, talab qilish; | garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdirayotgan tajovuzlar toʻxtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, talab qilish; |
garovga qoʻyuvchi garov narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, sugʻurta xarajatlarini undan undirib olgan holda sugʻurta qilish. | garovga qoʻyuvchi garov narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, sugʻurta xarajatlarini undan undirib olgan holda sugʻurta qilish. |
Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli. | Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli. |
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli: | Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli: |
garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish; | garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish; |
garovga qoʻyilgan huquq toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qoʻshilish; | garovga qoʻyilgan huquq toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qoʻshilish; |
ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish; | ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish; |
garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish. | garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish. |
Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining toʻrtinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi. | Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining beshinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi. |
20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari | 20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari |
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi: | Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi: |
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi; | ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi; |
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi; | garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi; |
oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart. | oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart. |
Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi: | Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi: |
asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi; | asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi; |
garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart. | garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart. |
Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli. | Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli. |
21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari | 21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari |
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: | Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: |
garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish; | garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish; |
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish; | garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish; |
ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish; | ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish; |
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish; | ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish; |
garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish; | garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish; |
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish. | ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish. |
Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: | Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: |
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish; | garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish; |
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan taʼminlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish. | garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan taʼminlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish. |
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: | Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli: |
garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish; | garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish; |
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish. | garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish. |
Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas. | Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas. |
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli. | Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli. |
Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi. | Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi. |
22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari | 22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari |
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi: | Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi: |
har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi; | har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi; |
garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart. | garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart. |
Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart. | Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart. |
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli. | Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli. |
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi: | Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi: |
garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi; | garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi; |
garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi; | garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi; |
garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi; | garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi; |
garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi; | garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi; |
oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. | oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. |
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi. | Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi. |
23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari | 23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari |
Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini taʼminlagan garov ham oʻtadi. | Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini taʼminlagan garov ham oʻtadi. |
24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish | 24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish |
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi. | Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi. |
25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari | 25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari |
Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir. | Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir. |
Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin. | Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin. |
26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi | 26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi |
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin. | Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin. |
Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli. | Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli. |
Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin. | Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin. |
Garov bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar garov bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa. | |
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi. | Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi. |
Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz xohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi. | Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz xohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi. |
27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi | 27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi |
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi. | Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi. |
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. | Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. |
Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin: | Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin: |
1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoki ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa; | 1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chogʻida zarur boʻlgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno; |
2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa; | 2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa; |
3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa. | 3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa. |
28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish | 28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish |
Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi. | Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi. |
Garovga qoʻyuvchining iltimosiga koʻra, sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish vaqti mobaynida koʻpaygan zararlarining oʻrnini qoplashdan va neustoykani toʻlashdan qarzdorni ozod etmaydi. | Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasa, garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat boʻyicha bajarishga yoʻnaltiriladi. |
Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasa, garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat boʻyicha bajarishga yoʻnaltiriladi. | Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin. |
Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin. | Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxi garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasida mol-mulk narxi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi va garovning dastlabki qiymati bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda baholash bilan bogʻliq barcha xarajatlar mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan taraf tomonidan qoplanadi”; |
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega. | Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega. |
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan taʼminlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. | Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan taʼminlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. |
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish chogʻida realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi. | Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish chogʻida realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi. |
29-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni garov bilan taʼminlangan majburiyatni suddan tashqari tartibda qoplash uchun qabul qilish | 29-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni suddan tashqari tartibda qoplash uchun garovga qoʻyilgan mol-mulkni qabul qilish |
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi. | Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi. |
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan oʻn foiz kamroq summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi oʻzida olib qolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori oʻrtasidagi ijobiy farqni (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻlashi shart. | Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan yigirma besh foiz kamroq summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi oʻzida olib qolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori oʻrtasidagi ijobiy farqni (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻlashi shart. |
Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi. | Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi. |
30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish | 30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish |
Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi. | Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi. |
Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi. | Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi. |
31-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish | 31-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish |
Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart. | Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart. |
Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. | Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. |
32-modda. Garovning bekor boʻlishi | 32-modda. Garovning bekor boʻlishi |
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi: | Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi: |
garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida; | garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida; |
garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan; | garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan; |
garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa; | garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa; |
garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda; | garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda; |
garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda; | garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda; |
agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda; | agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda; |
daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda; | daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda; |
garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda; | garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda; |
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. | qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. |
II. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNI GAROVGA OLUVCHIGA BERIB QOʻYILADIGAN GAROV (ZAKALAT) | II. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNI GAROVGA OLUVCHIGA BERIB QOʻYILADIGAN GAROV (ZAKALAT) |
33-modda. Zakalat tushunchasi | 33-modda. Zakalat tushunchasi |
Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb eʼtirof etiladi. | Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb eʼtirof etiladi. |
34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi | 34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi |
Garovga oluvchi, agar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi. | Garovga oluvchi, agar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi. |
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. | Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. |
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli. | Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli. |
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. | Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. |
35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi | 35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi |
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. | Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. |
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. | Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. |
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. | Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. |
Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart. | Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart. |
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas. | Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas. |
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi. | Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi. |
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldigʻi boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. | Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldigʻi boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. |
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi. | Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi. |
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. | Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. |
III. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULK GAROVGA QOʻYUVCHIDA QOLDIRILADIGAN GAROV. MUOMALADAGI TOVARLARNING GAROV NARSASI | III. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULK GAROVGA QOʻYUVCHIDA QOLDIRILADIGAN GAROV. MUOMALADAGI TOVARLARNING GAROV NARSASI |
36-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi | 36-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi |
Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin. | Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin. | Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin. | Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin. |
Garov narsasi garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov). | Garov narsasi garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov). |
Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi. | Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi. |
Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaxsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi. | Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaxsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi. |
42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi | 42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi |
Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin. | Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi. | Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi. |
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi. | Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi. |
Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga, xoʻjalik yuritishiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi. | Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi. |
IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOGʻOZLAR GAROVI | IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOGʻOZLAR GAROVI |
43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida | 43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida |
Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin. | Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq talablar, xususan hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas. | Kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq talablar, xususan hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas. |
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonunchilikda belgilangan meʼyor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi. | Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonunchilikda belgilangan meʼyor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi. |
Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin. | Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim. | Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim. |
44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari | 44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari |
Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart. | Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart. |
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart. | Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart. |
45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi | 45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi |
Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi. | Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi. |
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi. | Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi. |
Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi. | Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi. |
V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI | V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI |
46-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi | 46-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi |
Shartnoma tuzilganidan keyin qonunchilikda garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi. | Shartnoma tuzilganidan keyin qonunchilikda garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi. |
47-modda. Garovga oluvchining va garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish | 47-modda. Garovga oluvchining va garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish |
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi. | Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi. |
Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida yoxud jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi. | Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi. Garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda, garovga oluvchida oʻz talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi. |
48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi | 48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi |
Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikka nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikka nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim. |
Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing gʻayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli. | Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing gʻayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli. |
Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin. | Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin. |
VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV | VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV |
49-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan qonunchilik | 49-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan qonunchilik |
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi. | Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi. |
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonunchiligi qoʻllaniladi. | Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonunchiligi qoʻllaniladi. |
Koʻchmas mulk garovi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonunchiligi qoʻllaniladi. | Koʻchmas mulk garovi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonunchiligi qoʻllaniladi. |
Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonunchilikdan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonunchiligi ham eʼtiborga olinadi. | Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonunchilikdan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonunchiligi ham eʼtiborga olinadi. |
50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish | 50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish |
Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir. | Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir. |
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi. | Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonunchiligida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim. | Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonunchiligida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim. |
Garov bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264 — 289-moddalari bilan ham tartibga solinadi. | Garov bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264 — 289-moddalari bilan ham tartibga solinadi. |