29.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3365
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori, 29.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3365
Kuchga kirish sanasi
01.09.2022
Hujjat hali kuchga kirgan emas
42. Vakolatli organ mas’ul organning javob xatini olgan kundan e’tiboran yoki mas’ul organ javob xati yubormagan taqdirda, mazkur Nizomning 41-bandida belgilangan muddat yakunlangan kundan e’tiboran 60 kalendar kun ichida mas’ul organga audit va inspeksiya natijalari bo‘yicha yakuniy hisobotni yuborishi lozim.
49. Mas’ul organning kafolat berish haqidagi murojaatida mazkur Nizomning 14 va 17-bandlariga muvofiq Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi ariza va audit savolnomasida so‘ralgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
52. Mas’ul organning kafolat berish haqidagi murojaatini mazkur Nizomning 51-bandiga muvofiq ko‘rib chiqish natijasida vakolatli organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
mazkur Nizomning 14 va 17-bandlariga muvofiq Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi ariza va audit savolnomasida so‘ralgan tegishli ma’lumotlar mas’ul organ tomonidan to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
xorijiy davlat rasmiy nazorat tizimi va nazorat ostidagi obyektlarni Epizootik vaziyatni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3198, 2019-yil 29-noyabr) belgilangan tartibda o‘rganish natijasida ular O‘zbekiston Respublikasi talablari yoki veterinariya sohasidagi nazorat hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emas deb topilganda.