25.04.2022 yildagi PF-115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash, eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar quyidagilardan iboratligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish, tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga ko‘maklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida to‘liq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2022-yil 1-maydan boshlab bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovarlarni qadoqlash, o‘rash (shu jumladan, qayta o‘rash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlash hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa, ularni qayta ishlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va (yoki) yuk operatsiyalaridagi yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, qayta ishlovchi subyekt tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan chiqish normalari bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayd etiladi hamda uning haqqoniyligi uchun qayta ishlovchi subyekt javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha, kontraktlar sonidan qat’i nazar, 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona organi tomonidan umumiy ruxsatnoma beriladi. Bunda, har bir qayta ishlash operatsiyasi (kontrakt) uchun chiqish normasi taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash tartibi qo‘llanilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona boji undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tovarlarni qayta ishlovchi vakolatli shaxslar har chorakda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimi orqali bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobotlarni Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan shaklga muvofiq taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa choralar, shu jumladan temir yo‘lda tashish tariflari, subsidiyalar va kompensatsiyalar “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlariga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning maqsadi tovarlarni ta’mirlash bo‘lsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan keyinchalik boshqa shaxsga (agar ushbu shaxs mazkur ruxsatnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa) o‘tkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining arizasiga asosan bojxona organi tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalariga, qayta ishlash manziliga, tomonlarning rekvizitlariga, qayta ishlash muddatiga qonunchilikka zid bo‘lmagan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibni muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 8 ta shtat birligidan iborat Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida mavjud tayyor infratuzilmadan samarali foydalanib, bojxona hududida qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni ushbu zonalarga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qayta ishlash orqali elektrotexnika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini “Urgut”, tayyor kiyim-kechaklarni “Chust”, maishiy elektrotexnika mahsulotlarini “Navoiy” va “Qo‘qon”, farmatsevtika mahsulotlarini “Bo‘stonliq”, maishiy va sanoat kimyo mahsulotlarini “Angren” va “Chirchiq” erkin iqtisodiy zonalarida joylashtirish inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda bojxona hududida qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatni kengaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan turdagi tovarlarni bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashda amalga oshirilishi cheklangan ayrim operatsiyalarning ro‘yxati va muayyan turdagi tovarlarga nisbatan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim turdagi tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarining standart chiqish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Bojxona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 429-son qaroriga muvofiq amaliyotga kiritilgan “olib kirish” hamda “olib chiqish” kabi tashqi savdo kontraktlarini ommalashtirishga qaratilgan, taqdimotlar, o‘qitishlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy ko‘maklashish choralarini ko‘rib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni mazkur rejimlarga rasmiylashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, zarur hollarda, bojxona va boshqa tartib-taomillarni yanada soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulayliklarni yetkazish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida, har olti oyda bir marta “tadbirkorlar haftaligi” loyihasini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan tovarlar eksporti uchun qonunchilikda belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududida qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ular ko‘rsatadigan qayta ishlash xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning asosiy talabi import hisobidan qoplanayotgan tayyor mahsulotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va materiallarning yangilab boriladigan ro‘yxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib borishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini, shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining afzalliklarini ochib berish uchun nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Yu. Mavlonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-115-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5587-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport” so‘zlaridan keyin “, shuningdek “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga, shu jumladan asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik bo‘lgan eksport qiluvchilarga” so‘zlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6306-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi (shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlari) hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport (shu jumladan qayta ishlash mahsulotlari reeksporti) bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSH dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi “Yevropa mamlakatlariga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishda” so‘zlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning birinchi xatboshisi “Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 6-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4949-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisi “mahalliy eksportchi” so‘zlaridan keyin “, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5087-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan korxonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)