07.09.2021 yildagi PF-6306-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni va 2021-yil 13-iyuldagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5184-son qaroriga asosan eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 million AQSh dollari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandninug ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
a) 1-banddagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning nomidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni 5-bandining uchinchi xatboshisi “1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda” so‘zlaridan keyin “(yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan eksport qiluvchi korxonalarga 5 million AQSh dollarigacha ekvivalentda)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.