20.04.2022 yildagi 203-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil 1-iyuldan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish, bu borada tanlov o‘tkazish va uning shartlariga rioya etish ishlari amalga oshiriladi.
7. Hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq to‘liq taqdim etilmagan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi YaMMTda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi yoxud “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida ro‘yxatda turmaganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.
3. 2 va 3-boblar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 23-banddagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi va 1-ilovaning “Tadbirlar” ustunidagi “jamoatchilik kengashiga” so‘zlari “tegishli davlat boshqaruvi organiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: