21.12.2021 yildagi PQ-57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang ravishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2022-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun daromad soligʻi boʻyicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-martga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi boʻlgan shaxslarning olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda Soliq kodeksiga ushbu bandga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun daromad soligʻi boʻyicha belgilangan imtiyozlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda – Idoralararo kengash) tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlimini rivojlantirish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirib borish uchun muqobil shakldagi oʻquv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini bitiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslarning tavsiya etilgan kasblar boʻyicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot oʻtashini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning korxona va tashkilotlardagi ish joylarini jihozlash, moslashtirish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zaruriy mehnat sharoitlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ular ishga joylashgandan soʻng hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlagandan keyin qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini tatbiq etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori zimmasiga yuklansin.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagi yoʻnalishlar uchun subsidiya ajratib borish tizimini joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, subsidiyalar har bir nogironligi boʻlgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda mazkur bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlardan bittasi uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) bilan birgalikda ushbu jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2022-yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlarning yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, shu jumladan onlayn kurslarda taʼlim olishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat organlari, shu jumladan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda – davlat idoralari) oʻz mehnat faoliyatini olib borishining quyidagi mexanizmlari joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Adliya vazirligi (R. Davletov):
(7-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-martga qadar har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratgan holda mehnat faoliyatini olib borishini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-sentabrga qadar tajriba-sinov loyihasi natijalariga koʻra mazkur amaliyot barcha davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) hamda Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda tajriba-sinov loyihasini tahlil qilsin va uning natijalari asosida 2022-yil 1-aprelga qadar davlat idoralarida (shu jumladan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda) nogironligi boʻlgan shaxslarning faoliyat olib borishi uchun ish oʻrinlari va kasblarni moslashtirish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, ular faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlgan kasb va lavozimlar roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash, ularning biznes yuritishiga koʻmaklashishda mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5217-son qarorida 2022-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda – Platforma) ishga tushirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron maʼlumotlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻyicha tezkor murojaat qilish kabi masalalarni oʻz ichiga olishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformani takomillashtirish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirsin va uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nogironligi boʻlgan shaxslarni samarali qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov) tibbiy, psixologik maslahat olish boʻyicha onlayn murojaatlarni qabul qilish, muntazam ravishda tezkor maslahatlar berib borish hamda boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi hamda ularga imtiyozli xizmatlar koʻrsatish choralarini koʻrsin;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Maʼrufova) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlari hamda ehtiyojmand aholiga subsidiyalar va boshqa loyihalar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Adliya vazirligi (R. Davletov) Davlat xizmatlari markazlari, jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish (sanatoriylarda, pansionatlarda va boshqa muassasalarda davolanish uchun yoʻllanmalar olish) choralarini koʻrsin;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Madaniyat vazirligi (O. Mirzayev) nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, nogironligi boʻlgan yoshlarning musiqa va sanʼat maktablarida, kutubxonalarda, ijodiy ustaxonalar va xalq ustalari maktablarida “ustoz-shogird” tamoyili asosida oʻqishi, tashkillashtirilayotgan madaniy tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish boʻyicha xizmat koʻrsatish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasini integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻrgatadigan onlayn toʻgaraklarni tashkil etsin hamda oʻquv qoʻllanmalari va videomateriallarni, “Ishga marhamat” monomarkazlari va oʻquv markazlari manzillari, ulardagi oʻquv kurslari va muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev) hunarmandchilik faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna hamda mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish, uyushmaga aʼzolik badalini qoplash uchun subsidiya berish, “ustoz-shogird” tamoyili asosida nogironligi boʻlgan shaxslarga tavsiya etilgan kasb-hunarlarga oʻrgatish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻzini oʻzi band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga oʻqish uchun joriy etilgan subsidiyalardan foydalanishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganish va nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarini qoplash, ularning asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishiga yordamlashish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (K. Karimov) oliy va professional taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan hamda oʻqish istagidagi nogironligi boʻlgan yoshlar uchun taʼlim muassasalari tomonidan berilgan imtiyozlar va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirib borish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) nogironligi boʻlgan, shu jumladan koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning Platformadan qulay va bepul foydalanishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) 2022-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimlarining qarori bilan belgilangan ish oʻrinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasida real vaqt rejimida aks etib borishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2022-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) tasarrufida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha har chorakda qisqa muddatli kurslarni tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qisqa muddatli kurslarning oʻquv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarni inobatga olgan holda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) “Ishga marhamat” monomarkazlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari boʻyicha doimiy ravishda oʻquv kurslarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oʻquv kurs (guruh)larini tashkil etishda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bino-inshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, oʻquv qurollari va oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda xorijiy grant va kreditlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-iyuldan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish shartlarini nazarda tutuvchi ijtimoiy buyurtma mablagʻlarini ajratish tizimini joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib ushbu shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan hamda ular uchun ish oʻrinlarini moslashtirgan ish beruvchilar tomonidan mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb qilish hamda ular uchun ijtimoiy taʼminotga oid axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yildan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha amaldagi tartiblar asosida ajratiladigan grant miqdorini kamida 2 baravarga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-martga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma berish, shuningdek, tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2022-yil 1-mayga qadar davlat idoralarida nogironligi boʻlgan shaxslarning belgilangan kvotalarga muvofiq ishga qabul qilinishi holatini oʻrganib chiqib, oʻrganish natijalari boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nogironligi boʻlgan shaxslar orasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni ragʻbatlantirib borish maqsadida 2022-yildan boshlab quyidagi nominatsiyalar boʻyicha respublika tanlovlari tashkil etilsin va oʻtkazib borilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan — “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi tomonidan — “Eng yaxshi tadbirkor”;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi talaba”;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi sportchi”;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi kitobxon”.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tanlov natijalari har yili “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” arafasida eʼlon qilinadi hamda tanlov gʻoliblari tashkilotchilarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning taʼlim olishini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar (matn, nota yozuvi, illustratsion materiallar, Brayl yozuvidagi kitoblar va audiokitoblar) bazasini kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) 2022-yil yakuniga qadar barcha bolalar musiqa va sanʼat maktablariga koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari bepul tarzda yetkazib berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) 2022-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻquv materiallarining audiokitoblarini va audio tasmadagi yozuvlarni yozib olish, Brayl yozuvidagi kitoblarni tayyorlash hamda taʼlim muassasalariga yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularga yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar 2022-yilda tarmoq vazirliklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Savdo-sanoat palatasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarning koʻrgazma savdolarini muntazam ravishda tashkil qilish amaliyotini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, koʻrgazma savdolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarida doimiy faoliyat koʻrsatishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobov mazkur koʻrgazma savdolarini samarali va toʻlaqonli amaliyotga tatbiq etish boʻyicha shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini tubdan modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish boʻyicha oʻrganish va baholash ishlarini tashkil qilsin hamda oʻrganish jarayonida quyidagi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy, texnik va texnologik holatini tahlil qilish, ularni modernizatsiyalash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning aniq manbalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy korxona, ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy mahsulot, ijtimoiy kvota, ijtimoiy masʼuliyat tushunchalari hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy korxonalar klasterlarining faoliyatini, birinchi navbatda, nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan ijtimoiy mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar), zamonaviy tibbiy reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot” tovar belgisi ostida ishlab chiqarishni, kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirish, mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) turlari va istiqbolli bozorlarga eksportini koʻpaytirishning aniq choralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy korxonalar klasterlarining hududlarda hamda xorijiy davlatlarda savdo uylari va firma doʻkonlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy korxonalar klasterlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni birja savdolarida sotish, davlat ehtiyoji uchun xarid qilish va zaxiraga olishning mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzi ojizlar, kar-soqovlar va boshqa shaklda nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan bolalar sogʻligʻini reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan markazlar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va maʼrifat maskanlari kabi ijtimoiy infratuzilmalarning faoliyatini va moddiy-texnika bazasini, taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasining amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy menejment va marketingga asoslangan boshqaruv va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish masalalari boʻyicha bevosita joylarga chiqib oʻrgangan holda chuqur tahlillarga asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Moliya vazirligi (J. Abruyev), nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari bilan birgalikda hamda BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va YUNISEFning texnik koʻmagini jalb qilgan holda, 2022-yil 1-aprelga qadar oʻrganish natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini kompleks (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida) rivojlantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashni targʻib qiluvchi videoroliklar va ijtimoiy reklamalar ishlab chiqqan holda, ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.M. Muxitdinov hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyulga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-57-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 07/21/57/1185-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)