11.04.2022 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligining volontyorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) vazifalari va funksiyalarini bajarishda volontyorlik faoliyatini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2022-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi (keyingi o‘rinda — volontyorlar platformasi) ishga tushirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlarning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalardagi ishtiroki, shuningdek, davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashgan davrini qayd etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlarni hisobga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar va faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha volontyorlik yordamini jalb qilishga qiziqish bildirayotgan davlat organlari ro‘yxati hamda ularning tadbirlari, loyihalari va aksiyalarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining volontyorlar bilan ishlashiga oid metodik tavsiyalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyatini chet elda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) volontyorlar platformasini to‘liq ishga tushirsin hamda uning doimiy texnik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari rahbarlari volontyorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxatini hamda ichki yo‘riqnomasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga ularning faoliyatini samarali va tejamli shaklda amalga oshirishga ko‘maklashuvchi volontyorlik guruhlari tuziladi hamda ularga volontyorlar ushbu davlat organlarida tashkil etiladigan komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarida tuziladigan volontyorlik guruhlarining faol a’zolari davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatiga volontyorlik tashkilotlarining tashabbuskor vakillari jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosarlariga (maslahatchilariga) volontyorlar bilan ishlash vakolati yuklatilsin va uning doirasida ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyati bilan bog‘liq volontyorlik dasturlarini tayyorlash va tasdiqlash uchun davlat organi rahbariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi tomonidan volontyorlar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali samarali va tejamli shaklda amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilasinki, davlat organlarining ularning vazifalari va funksiyalarini bajarishda volontyorlikni joriy etish bilan bog‘liq faoliyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan baholanib, baholash natijalariga asosan ularning har choraklik reyting ko‘rsatkichlari volontyorlar platformasida e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat organlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida davlat organining vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, ularni volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxatini hamda ichki yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yili davlat organlarining vazifalar va funksiyalarini samarali amalga oshirishga ko‘maklashgan faol volontyorlarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoshlar ishlar agentligiga davlat organlariga volontyorlar bilan samarali ishni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoshlar ishlar agentligi (A. Sa’dullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda reja-jadvalga asosan davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosarlariga (maslahatchilariga) hamda boshqa xodimlariga volontyorlar bilan samarali ishni tashkil etish bo‘yicha seminar va onlayn-kurslar o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun volontyorlik guruhlari va volontyorlik tashkilotlariga har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda volontyorlar bilan ishlashda yuqori natijalarga (huquqiy, moliyaviy, tashkiliy va boshqalar) erishgan xorijiy mamlakatlarning amaliyotini o‘rganib, takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 169-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Volontyorlarni davlat organlari faoliyatiga jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi fuqarolarning davlat organi faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqati belgilangan tartibda cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi xodimi — o‘zi ishlayotgan davlat organi faoliyatida (korporativ volontyorlik bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy jazoni o‘tayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar ushbu ta’lim muassasalaridagi ta’limdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat organi rahbari tomonidan amalga oshirishga volontyorlar jalb etiladigan davlat organining vazifalari va funksiyalari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlarining quyidagi tarkibiy tuzilmalariga volontyorlarning jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxfiy ma’lumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan, bajarilishi alohida bilim va ko‘nikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat organlari doimiy ravishda o‘zining rasmiy veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z faoliyatiga volontyorlarning jalb etilishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E’londa volontyorlar jalb etiladigan davlat organining faoliyat yo‘nalishi hamda talabgorlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatiladi.

7. Volontyorlarni saralab olish bo‘yicha tanlov davlat organida tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya davlat organining toq sondagi mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Unga yoshlar bilan ishlash vakolati yuklatilgan davlat organlari rahbarining o‘rinbosari yoki maslahatchisi (keyingi o‘rinlarda — rahbar o‘rinbosari (maslahatchisi)) raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov suhbat asosida o‘tkaziladi. Komissiya tashabbusiga yoki talabgorning iltimosiga asosan suhbat jarayoni audio yoki videoyozuv vositalari orqali qayd etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat yakuni bo‘yicha davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan talabgorlar davlat organi huzuridagi volontyorlar guruhiga (keyingi o‘rinlarda — volontyorlar guruhi) qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat organlari faoliyatiga jalb etilgan volontyorlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat organi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra davlat organi huzurida tanlov natijalariga asosan tanlab olingan volontyorlardan iborat volontyorlar guruhi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlar davlat organi kadrlar xizmati tomonidan O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) orqali hisobga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Volontyorlarni elektron platforma orqali hisobga qo‘yishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi huzuridagi volontyorlar guruhida faoliyatini boshlagan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Volontyorning volontyorlar guruhida faoliyat yuritgan davri doimiy ravishda elektron platformada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda volontyor tomonidan elektron platforma orqali volontyorlar guruhida faoliyat yuritgan davri to‘g‘risida har qanday paytda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Volontyorlar ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat organi rahbari buyrug‘i bilan har yili volontyorlik dasturi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Volontyorlik dasturida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi tomonidan o‘tkaziladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish orqali kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Volontyorlik dasturida qonunchilikda belgilangan boshqa chora-tadbirlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Volontyorlar ishini tashkil etish rahbar o‘rinbosari (maslahatchisi) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda u volontyorlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, ular o‘rtasida ishni taqsimlaydi, har bir volontyorning ish hajmini belgilaydi, ishning ular tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, boshqa davlat organlari huzuridagi volontyorlar guruhlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Volontyorlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Volontyorlik guruhi a’zosi bo‘lgan volontyor davlat organi faoliyatiga ko‘maklashish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organida o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishini erkin tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar volontyor hamda davlat organi o‘rtasida tuzilgan volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat organidagi volontyorlik faoliyatini har qanday vaqtda erkin ravishda to‘xtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organiga o‘z loyiha va dasturlarini taklif qilish, ularni amalga oshirishda yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar o‘rinbosaridan (maslahatchisidan), davlat organidan amalga oshiriladigan volontyorlik faoliyati to‘g‘risida ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan volontyorlik aksiyalari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organidan volontyorlik faoliyati davomida yuzaga kelgan yo‘l haqi, yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa xarajatlarning qoplanishini hamda zarurat tug‘ilganda maxsus kiyim-bosh, yakka tartibda himoyalanish vositalari, asbob-uskunalar bilan ta’minlashni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organidan tavsiyanoma tusidagi xatlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli, zararli hamda noqulay omillar bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb qilinganda davlat organi mablag‘lari hisobidan hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qildirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Volontyorlik guruhi a’zosi bo‘lgan volontyor davlat organi faoliyatiga ko‘maklashish doirasida quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyati doirasida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni aniq, vijdonan va o‘z vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar o‘rinbosarini (maslahatchisini) o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan volontyorlik faoliyati doirasidagi tadbirlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan sabablar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyati doirasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan davlat organi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa volontyorlarning shaxsga doir ma’lumotlarini ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyati doirasida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmaslik, o‘z faoliyati bilan uchinchi shaxslarga va atrof muhitga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik tadbirlarining boshqa ishtirokchilariga, shu jumladan, hamkorlik olib boriladigan muassasalar (tashkilotlar) xodimlariga hamda boshqa volontyorlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik tadbirlarini o‘tkazish jarayonida rahbar o‘rinbosarining (maslahatchisining) ko‘rsatmalariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati to‘g‘risida rahbar o‘rinbosariga (maslahatchisiga) hisobot taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyati doirasida davlat organida o‘rnatilgan xavfsizlik, texnika, sanitariya-gigiyena va ichki tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat organining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat organi o‘z faoliyatiga jalb etilgan volontyorlar bilan munosabatda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlarni jalb qilgan holda volontyorlik aksiyalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik guruhi a’zolari orasidan volontyorlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik guruhi a’zolarini o‘qitish uchun ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni jalb etish, maxsus seminarlar, ishchi uchrashuvlar va volontyorlarning uchrashuvlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda volontyorlarni rag‘batlantirish, shu jumladan, eng ko‘p o‘zini ko‘rsatgan volontyorlarga tavsiya tusidagi xatlar taqdim etish hamda ularni rag‘batlantirish va (yoki) mukofotlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibda taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat organi o‘z faoliyatiga jalb etilgan volontyorlar bilan munosabatda quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlarni ularning xohish-istagidan tashqari volontyorlik shartnomasida ko‘rsatilmagan vazifalarni bajarishga majburlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining faoliyatiga jalb qilingan volontyor, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan ko‘proq band bo‘lsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorga rejalashtirilayotgan hamda amalga oshirilayotgan volontyorlik dasturlari va volontyorlik aksiyalari, ular ishtirokchilarining soni, aksiyalar o‘tkaziladigan joy hamda vaqt, ularni o‘tkazishga doir talablar to‘g‘risida axborot taqdim etish, shu jumladan, o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida volontyorlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, volontyorlarga ularning davlat organi faoliyatiga ko‘maklashishi davomida yuzaga kelgan yo‘l haqi, yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash hamda zarurat tug‘ilganda maxsus kiyim-bosh, yakka tartibda himoyalanish vositalari, asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli, zararli hamda noqulay omillar bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb qilinganda o‘z mablag‘lari hisobidan volontyorlarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Volontyorlik shartnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar davlat organi faoliyatiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan ko‘proq volontyorlik faoliyati bilan band bo‘lsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Volontyorlik shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri volontyorlik faoliyatining tashkilotchisida, ikkinchisi esa volontyorda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Volontyorlik shartnomasida “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan shartlar ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida volontyorning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan holatlar taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelsa, shartnoma qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra shartnomani bundan buyon bajarish mumkin bo‘lmay qoladigan holatlar yuzaga kelsa, shartnoma taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Volontyorlik shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish, agar volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, volontyor tomonidan yoki jalb etilgan tashkilot tomonidan bu haqida yetti kun oldin dastlabki tarzda xabardor qilish sharti bilan va sabablarni ko‘rsatish majburiyatlarisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yakka tartibdagi mehnat shartnomasini yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoxud shu kabi har qanday boshqa shartnomani tuzishdan bosh tortish maqsadida volontyorlik shartnomasini tuzish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Volontyorlar guruhi a’zoligidan chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Volontyor o‘zi istagan har qanday paytda volontyorlar guruhi a’zoligidan chiqishi va u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Volontyor bu haqida rahbar o‘rinbosarini (maslahatchisini) ikki kun oldin ogohlantirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Volontyorning volontyorlar guruhi a’zoligidan chiqishi davlat organining kadrlar xizmati tomonidan elektron platformada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda volontyorning volontyorlar guruhida a’zoligi davridagi faoliyati rahbar o‘rinbosari (maslahatchisi) tomonidan 10 ballik tizimda baholanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Quyidagi hollarda volontyorlik shartnomasi davlat organi tomonidan bekor qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyor volontyorlik shartnomasi shartlarini ikki yoki undan ortiq marta uzrli sabablarsiz buzganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyor sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyor vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
volontyorning volontyorlik shartnomasi shartlarini bajarishiga monelik qiladigan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Volontyor volontyorlik guruhidan chiqqan taqdirda, volontyorlik dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat organi ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov orqali volontyorlarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (davlat organi)

Davlat organi rahbari amalga oshirishga volontyorlar jalb etiladigan davlat organining vazifalari va funksiyalari ro‘yxatini va volontyorlik dasturini tasdiqlaydi.

Har yili

2-bosqich

Davlat organi

O‘zining rasmiy veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z faoliyatiga volontyorlarning jalb etilishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berib boradi.

E’londa volontyorlar jalb etiladigan davlat organining faoliyat yo‘nalishi hamda talabgorlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatiladi.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Davlat organida tashkil etiladigan komissiya

Suhbat asosida volontyorlikka nomzodlarni saralab oladi

Tanlov yakunlariga ko‘ra

4-bosqich

Davlat organi

Davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan talabgorlar davlat organi huzurida tashkil etiladigan volontyorlar guruhiga qabul qilinadi hamda davlat organi kadrlar xizmati tomonidan O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi orqali hisobga qo‘yiladi.

Suhbat yakuni bo‘yicha

5-bosqich

Davlat organi yoki volontyor

Davlat organi yoki volontyorning xohishiga ko‘ra volontyorlik shartn�masini bir tomonlama bekor qiladi.

Har qanday vaqtda ikkinchi tarafni shartnomani bekor qilish haqida yetti kun oldin ogohlantirgan holda

6-bosqich

Davlat organi rahbarining volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari

Volontyorning volontyorlar guruhida a’zoligi davridagi faoliyatini 10 ballik tizimda baholaydi.

Volontyor volontyorlar guruhi a’zoligidan chiqqanidan so‘ng

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/169/0292-son)