Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
PF-94-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
v) 6-ilovaning 38-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovaning 12-boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ | ||
| 12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | ||
| 65. | Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti | Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litsey |
| ”. | ||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3557-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4410-son qaroriga 5-ilovaning 6-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarorida:
a) 1-ilovada:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimi “Oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Navoiy viloyati” boʻlimi “Oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 70-pozitsiyasi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlariga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4912-son qaroriga 1-ilovada:
a) “I. Irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish” boʻlimi 13 va 35-pozitsiyalarining “Masʼul ilmiy-texnik xodimlar” ustunidagi “NDKINF” qisqartmasi “NDKTUNKI” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) “II. Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish” boʻlimi 13-pozitsiyasining “Masʼul ilmiy-texnik xodimlar” ustunidagi “NDKINF” qisqartmasi “NDKTUNKI” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
v) “III. Melioratsiya obyektlarini tizimli taʼmirlash-tiklash” boʻlimi 11-pozitsiyasining “Masʼul ilmiy-texnik xodimlar” ustunidagi “NDKINF” qisqartmasi “NDKTUNKI” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
g) izoh qismidagi “NDKINF — Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali” soʻzlari “NDKTUNKI — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarorida:
a) 2-ilovaning 20-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasasi va kafedra nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning “Navoiy viloyati” boʻlimi “Oliy taʼlim muassasasi va kafedra nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
2 va 3-pozitsiyalarning “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Navoiy konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovada:
a) 76 va 77-pozitsiyalarda:
“Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari” ustunidagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 78-pozitsiyada:
“Texnikumlar” ustunidagi “Karmana xizmat koʻrsatish va servis texnikumi” soʻzlari “Karmana politexnika texnikumi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Navoiy davlat pedagogika instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish jadvalida:
a) 9-pozitsiyaning “Oliy taʼlim muassasasining nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 29-pozitsiyaning “Oliy taʼlim muassasasining nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlari boʻyicha badminton sport turiga biriktirilayotgan sport obyektlari roʻyxati 5-pozitsiyasining “Obyekt nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 170-son qarorida:
a) 10-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Navoiy davlat konchilik institutining” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 12-pozitsiyasida:
“Asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlar nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik institutiga” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qabul qilib oluvchi tashkilot” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda talabalar turar joylarini qurish uchun oliy taʼlim muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlari roʻyxati 27-pozitsiyasining “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Navoiy davlat konchilik instituti” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 651-son qarori 2-bandining oʻn birinchi xatboshisidagi hamda ushbu qarorga 5-ilova 11-bandining oʻn birinchi xatboshisidagi “Navoiy davlat konchilik institutida” soʻzlari “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-iyuldagi “Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-1203-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 12-apreldagi “Kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2829-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-son Farmoni)”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 9-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi “Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 289-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-apreldagi “Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish masalalari hamda kon-metallurgiya sanoati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 173-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 112-son qaroriga ilovaning 45-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi 237-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)