24.03.2022 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini jadal joriy etish hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va uning tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, Institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining buyrugʻiga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Energetika vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorining bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 127-son qaroriga
1-ILOVA

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Ilmiy kengash

Direktor

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Direktor oʻ�inbosari — Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Yuriskonsult

Kadrlar boʻlimi inspektori

Fotoelektrik tizimlar laboratoriyasi

8

Vodorod energetikasi texnologiyalari laboratoriyasi

5

Loyihalash va tajriba-ishlab chiqarish boʻlimi

2

Buxgalteriya

2

Maxsus qism

Quyosh yordamida isitish va sovitish taʼminoti tizimlari laboratoriyasi

6

“Yashil” vodorodni olish va saqlash texnologiyalari laboratoriyasi

5

Tajriba-sinov va koʻrgazma poligoni*

Yetakchi iqtisodchi

Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis

Yordamchi xodimlar*

Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiiy issiqlik manbalari laboratoriyasi

6

Yoqilgʻi elementlari texnologiyalari laboratoriyasi

5

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni patentlash, tijoratlashtirish va litsenziyalash boʻlimi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqqa integratsiyalash laboratoriyasi

7

Energetik obyektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi laboratoriyasi

3

Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi

4

Yangi materiallar va energiyani akkumulatsiyalash laboratoriyasi

4

Iqlim oʻzgaruvchanligi monitoringi va barqaror rivojlanish laboratoriyasi

4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 74 nafar, shundan: ilmiy xodimlar — 57 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 127-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI

T/r

Laboratoriya nomi

Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni

2022-2023-yy.

2024-2025-yy.

2026-yildan boshlab

1.

Fotoelektrik tizimlar laboratoriyasi

8

5

4

2.

Quyosh yordamida isitish va sovitish taʼminoti tizimlari laboratoriyasi

6

3

2

3.

Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiiy issiqlik manbalari laboratoriyasi

6

3

2

4.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqqa integratsiyalash laboratoriyasi

7

4

3

5.

Yangi materiallar va energiyani akkumulatsiyalash laboratoriyasi

4

3

2

6.

Iqlim oʻzgaruvchanligi monitoringi va barqaror rivojlanish laboratoriyasi

4

2

1

7.

Energetik obyektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi laboratoriyasi

3

1

1

8.

Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi

4

3

2

9.

Vodorod energetikasi texnologiyalari laboratoriyasi

5

3

2

10.

“Yashil” vodorodni olish va saqlash texnologiyalari laboratoriyasi

5

3

2

11.

Yoqilgʻi elementlari texnologiyalari laboratoriyasi

5

3

2

Jami

57

33

23

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 09/22/127/0232-son)