09.04.2021 yildagi PQ-5063-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda energiya resurslariga bo‘lgan talab tarkibiy jihatdan o‘zgarmoqda, xususan uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi manbalarga o‘tishda vodorod energetikasini rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, soha holatining tahlili iqlim o‘zgarishi sharoitida respublikada samarali, resurstejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining o‘sishi iqtisodiyotning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada vodorod energetikasi infratuzilmasini barpo etish, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida ilmiy va amaliy izlanishlarning natijadorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar o‘tkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini o‘rganish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va ular ishtirokida tadqiqotlarni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna va bank hisobvaraqlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tugatilayotgan “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJga tegishli Toshkent shahar, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2B-uy, 2-korpus manzilidagi mavjud hamda yangidan quriladigan bino va inshootlarda joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJning tugatilishi paytida Institutga o‘tkaziladigan mulklar, mulkiy huquqlar, xususan aksiyalar va ustav kapitallaridagi tegishli ulushlarning qiymati barcha turdagi soliqlar bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJning huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda bir oy muddatda Institutni jihozlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, texnologik qurilmalar, reagentlar, butlovchi qismlar, inventarlar, avtotransport vositalari, maxsus texnika hamda dasturiy ta’minotlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Institut faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq tovarlarni xarid qilish, Institut binosini ta’mirlash, belgilanayotgan yo‘nalishlarda tadqiqotlarni jadallashtirish, innovatsiyalarni keng joriy qilish, yetakchi xorijiy olimlarni tadqiqotlarga jalb qilish, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 mlrd so‘mgacha mablag‘larni ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi tasdiqlanadigan xarajatlar parametrlarida Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Energetika vaziriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lganda, Institut xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Institut yo‘nalishlarini kengaytirishga bog‘liq ravishda Institut xodimlarining umumiy sonini oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Institut faoliyatiga qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda va boshqa ustuvor vazifalarni bajarishda autsorsing mexanizmlari doimiy ravishda joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘maklari va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tomonidan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A.Sh. Bekmurodov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (U.Sh. Begimkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda Institutning ilmiy va ilmiy-texnik xodimlarining, shuningdek, respublikada ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaxassislarning rivojlangan xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarda belgilangan tartibda ilmiy stajirovkadan o‘tishini moliyalashtirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Institutning ustavi, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, tuzilmasi hamda Institut xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriatining “Muqobil energiya manbalari” (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul parametrlarini vodorod energetikasi yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutgan holda oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, mamlakatda vodorod energetikasining rivojlanishi holati bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlash va “InnoWeek.uz” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida uning taqdimotini o‘tkazish amaliyotini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda 2021-yilda Toshkent shahrida xalqaro moliya institutlari, yetakchi xalqaro ekspertlar, xorijiy tadqiqot markazlari hamda texnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya manbalarini qo‘llash masalalariga doir xalqaro konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) bilan birgalikda Energetika vazirligi va “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni), “Air Products” (AQSH) o‘rtasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan ochiq kelishuvga muvofiq “ACWA Power”, “Air Products” va boshqa yetakchi kompaniyalarning investitsiyalari va ilmiy xodimlarini Institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va xalqaro darajadagi innovatsion izlanishlarni kengaytirish ishlariga jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zstandart” agentligi (D.N. Sattarov) belgilangan tartibda Institut laboratoriyalarining akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda keyinchalik ushbu laboratoriyalar akkreditatsiya sohasidagi xalqaro standartlar va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akkreditatsiya organlarida akkreditatsiyadan o‘tishiga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Institutning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan olib kirilayotgan uskunalar, texnologik qurilmalar va jihozlar, moddiy-texnika vositalari, dasturiy ta’minot va xizmatlar bojxona bojlaridan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4142-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov va energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5063-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.S. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi

2.

Sh.U. Turdiqulova

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

B.K. Abdinazarov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari

4.

D.I. Abruyev

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

5.

B.R. Narmatov

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari

6.

Sh.A. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

7.

U.Sh. Begimkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

8.

S.Z. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

9.

D.N. Sattarov

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori

10.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

11.

lavozimi bo‘yicha

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Komissiya mas’ul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) va Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish yuzasidan xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha xorijiy davlatlarga stajirovka tashkil etish.

1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha yutuqlar va natijalarga erishgan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar ro‘yxatini tuzish.

2021-yil may

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Belgilangan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar bilan tegishli kelishuvlarga erishish.

2021-yil iyun

3. Xalqaro tajribani o‘rganishga yuboriladigan mas’ul shaxslar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyun

4. Xorijiy davlatlarga stajirovkalarni tashkil etish jadvalini tasdiqlash.

2021-yil iyul

2.

Institut va Markaz faoliyatini tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni moliyalashtirish.

1. Institut va Markazni tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash bo‘yicha Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Tasdiqlangan Dastur doirasida tadbirlarni moliyalashtirish.

Dasturda belgilangan muddatlarda

II. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish

3.

Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” vodorod texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba-sinov qurilmalarini barpo etishga ta’sirchan imtiyozlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

4.

Markaz huzurida Vodorod texnologiyalari ilmiy-texnik kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Ilmiy-texnik kengashni tuzish va uning tarkibiga vodorod texnologiyalari sohasida ilmiy tajribaga ega olimlarni, xorijda sohada faoliyat yuritayotgan olimlarni jalb qilish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi rahbarini lavozimi bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashning raisi etib tayinlash.

2021-yil sentabr

3. Vodorod energetikasiga oid dolzarb masala, loyihalar ilmiy-texnikaviy kengash muhokamasidan o‘tkazilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

5.

Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni jalb qilish.

1. Xorijlik olimlarni jalb qilish uchun vodorod energetikasi ilmiy sohasi bo‘yicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish.

2021-yil avgust

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

3. Yetakchi xorijiy jamg‘armalar va tashkilotlar bilan qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.

2021-yil dekabr

6.

Respublikada vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan yillik hisobot tayyorlash.

1. Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy qilish va bajarilgan tadqiqotlarning natijalarini ifodalovchi yillik hisobotni tayyorlash.

2021-yildan boshlab

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. 2021-yildan boshlab hisobotning doimiylik asosida “InnoWeek.uz” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida taqdimotini o‘tkazish amaliyotini joriy qilish.

2021-yil noyabr-dekabr

III. Yangi texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish

7.

Katta quyosh sandonida vodorod energiyasi bo‘yicha unumli ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borish.

1. Katta quyosh sandoni samaradorligini oshirish va vodorod energetikasi sohasida faoliyat olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yillik hisobotlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borish.

har yil yakunida

8.

Institutning noyob inshootlari va texnologik maydonlarida respublika iqtisodiyotining dolzarb muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik izlanishlar hamda ishlanmalarni tashkil etish va amalga oshirish.

1. Zamonaviy qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasiga asoslangan texnologiyalar va tizimlarni respublika sharoitiga moslashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga keng miqyosda tatbiq qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy (fundamental, amaliy, innovatsion, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirish) loyihalarni amalga oshirish dasturini shakllantirish.

2022-yildan boshlab

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Institut

2. Tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar asosida loyihalarni kelishib olish va ularni amalga oshirish choralarini ko‘rish.

tomonlar kelishuviga asosan

9.

Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasidagi yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash.

1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida Respublika hamda xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali kadrlarni o‘quv jarayoniga jalb etish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Talabalarni tanlov asosida Institut ilmiy-amaliy faoliyatiga jalb etish.

doimiy ravishda

IV. Kadrlarni tayyorlash

10.

Vodorod energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Vodorod energetikasi yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash uchun 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi “Muqobil energiya manbalari” (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

3. Vodorod energetikasi texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha doktorantura faoliyatlarini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil iyun

4. Sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va dunyo olimlarini o‘quv jarayoniga jalb etish, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar tashkil etish.

2021-2022 o‘quv yilidan

5. Mutaxassislik bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini Markaz va Institutda tashkillashtirish.

2021-2022 o‘quv yilidan

6. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

2024-2025 o‘quv yilidan

7. Sohaning yetakchi mutaxassislari va xorijiy tajribadan kelib chiqib, mutaxassislik uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil fevral

8. O‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotni yaratish.

2024-yil iyul

11.

Vodorod energetikasi fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan kafedraning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Kafedrani zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars o‘tish asbob-uskunalari bilan jihozlash.

2024-2025 o‘quv yilidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti

2. Kafedrani moddiy-texnik va o‘quv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan ta’minlash.

2024-2025 o‘quv yilidan

V. Vodorod energetikasini rivojlantirishda xorijiy hamkorlikni jadallashtirish

12.

Markazga xalqaro ilmiy grantlarni jalb qilish.

1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha istiqbolli reja tuzish va tasdiqlash.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Xalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali vodorod energetikasi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

doimiy ravishda

13.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan xorijiy va vatandosh olimlarni Markazning tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish.

1. Vodorod energetikasi yo‘nalishida xorijiy ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan xorijiy va vatandosh olimlar bazasini shakllantirish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, El-yurt umidi” jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Xorijiy va vatandosh olimlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borish, hamda ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qo‘shma loyihalarini tayyorlash.

doimiy ravishda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4142-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi

Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilot

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1929-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi PQ-1929-son qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2804-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-sentabrdagi “Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 265-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 07/21/5063/0312-son)