18.03.2022 yildagi PQ-170-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ingichka tolali gʻoʻzaning respublika janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, sanoatbop navlarini yaratish hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yaratish va ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtirishda tuproq unumdorligini oshirish va resurs tejaydigan agrotexnologiyalardan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, gʻoʻzaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtiruvchi subyektlarning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sohaga mahalliy va xorijiy grantlarni hamda investitsiyalarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda gʻoʻzaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori boʻlgan ingichka tolali navlarini yaratish hamda ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish boʻyicha bajariladigan yillik maqsadli ilmiy loyihalarni shakllantirib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan mablagʻlari hisobidan gʻoʻzaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori boʻlgan ingichka tolali navlarini yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlarini barpo etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda gʻoʻzaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori boʻlgan ingichka tolali navlarini yaratish hamda ularning birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha Institut tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyihalarga tanlovlar asosida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida mablagʻlar ajratib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Surxondaryo viloyati hokimligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining ingichka tolali gʻoʻza navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, zamonaviy ilmiy texnologiyalarni joriy etish uchun Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Zamin Angor” paxta-toʻqimachilik klasteri, Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Jarqoʻrgʻon Tajriba” hamda Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Ilxombek Raxmon” elita urugʻchilik xoʻjaliklarida Institutning Ilmiy markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va paxta-toʻqimachilik klasterlari talablaridan kelib chiqqan holda 2022-yilda 12 ming gektar maydonga va 2023-yilda 18 ming gektar maydonga gʻoʻzaning ingichka tolali navlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzaning ingichka tolali navlarini joylashtirishning har yilgi talabidan kelib chiqib, yetarli miqdorda urugʻlik chigitlarni tayyorlab borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligining Institutga qarashli qishloq xoʻjaligi ekin maydonida zamonaviy seleksiya usullari yordamida gʻoʻzaning ingichka tolali navlarini yaratish maqsadida fitotron issiqxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda fitotron issiqxonasini tashkil etish xarajatlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ingichka tolali navlarni yaratish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ustavini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlarining genofondida saqlanayotgan gʻoʻzaning ingichka tolali yovvoyi va yarim yovvoyi turlari hamda nav-namunalaridan seleksiya ishlarida boshlangʻich ashyo sifatida foydalanish uchun oʻzaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoni 10-bandi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qarori 7-bandiga muvofiq, 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlar bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha, shuningdek, joriy xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institutning bino va inshootlarini saqlash, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari budjet mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ilmiy loyihalar uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar, shuningdek, xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlashda masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-170-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-170-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ingichka tolali navlarni yaratish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. Institut faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish

1.

Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

bir oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Institutga ajratilgan binoni taʼmirlash maqsadida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2022-yil may

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Zamin Angor” paxta-toʻqimachilik klasteri, Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Ilxombek Raxmon” hamda Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Jarqoʻrgʻon Tajriba” elita urugʻchilik xoʻjaliklarida Institutning ilmiy markazini tashkil etish.

2022-yil sentabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Institutni ofis mebellari, orgtexnika vositalari, internet va aloqa tizimi vositalari bilan taʼminlash hamda jihozlash.

2022-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Institutda yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish va ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Laboratoriyalarni zarur kimyoviy reagentlar va boshqa sarf materiallari bilan taʼminlash.

2022-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

6.

Institutni qishloq xoʻjaligi texnikalari va maxsus texnika vositalari bilan taʼminlash.

2022-yil yakuniga qadar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Institut qoshida paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash va urugʻlik chigitni ekishga tayyorlash boʻyicha kichik sexni tashkil etish.

2023-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari va xizmatlar tizimini rivojlantirish

8.

Gʻoʻzaning tezpishar, serhosil, issiqqa va qurgʻoqchilikka chidamli (garmsel), suv kam talab qiladigan, tola sifati va chiqimi yuqori boʻlgan, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, ingichka tolali navlarini yaratish hamda ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni shakllantirish va ularni tanlovlar asosida moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida loyihalarga ajratiladigan mablagʻlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

Gʻoʻzaning ingichka tolali navlarini yetishtiruvchi agroklasterlar, kooperativlar, fermer xoʻjaliklari bilan Institut oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni tashkil etish.

2022-yil oktabr

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

10.

Gʻoʻzaning ingichka tolali navlari bilan shugʻullanuvchi yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikda xalqaro grantlarni amalga oshirish.

2022-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

11.

Institutda fundamental tadqiqotlarni olib borish uchun fitotron tashkil etish.

2022-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali tashkil etish maqsadida Termiz tumani “A. Navoiy” MFY hududida joylashgan Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumi binosining bir qismini tegishli yer maydoni bilan birga hamda yaqin hududdan qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 20 gektar yer maydonini Surxondaryo viloyati agroxizmatlar markazi balansiga begʻaraz oʻtkazish.

2022-yil aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

III. Ingichka tolali paxtachilik sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

13.

Institutga iqtidorli yoshlarni, yetuk olimlarni hamda malakali kadrlarni keng jalb qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish.

2022-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

14.

Institutning ilmiy jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Institut xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ularni paxtachilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish.

2022-2023-yillar davomida

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

16.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb etgan holda gʻoʻzaning ingichka tolali navlari boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Har yili, tasdiqlangan reja asosida

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

17.

Institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni viloyat agroxizmatlar markazlari orqali paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga yetkazish.

Har yili, tasdiqlangan reja asosida

Xalqaro moliya institutlarining xayriya va homiylik mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Surxondaryo viloyati hokimligi

18.

Oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari bilan birgalikda gʻoʻzaning ingichka tolali navlari boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

Har yili, ilmiy tadqiqotlar dasturlari asosida

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

19.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish.

Har yili, tasdiqlangan reja asosida

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

20.

Malaka oshirish hamda zamonaviy ilmiy texnologiyalar va bilimlarni oʻzlashtirish maqsadida Institut xodimlarini xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlarga yuborish.

Har yili, tasdiqlangan reja asosida

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/170/0224-son)