Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 18-noyabrda Anqara shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ularning bojxona organlarining oʻzaro koʻmaklashish boʻyicha Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagt Bitim tasdiqlansin:.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 15-dekabr,
552-son