1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.16.00 Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2000-yil 23-aprelda 87-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘RIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 9-iyunda 933-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bundan keyin “Yo‘riqnoma” deb yuritiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Ichki ishlar idoralarining yo‘l harakati xavfsizligiga doir qonunlarni qo‘llash borasidagi faoliyati transport sohasida intizomni mustahkamlashga, yo‘l harakati qoidalarining** buzilishi bilan kurashni kuchaytirishga, odamlarni va yuklarni tashish xavfsizligiga, fuqarolarning shaxsiy huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Bundan keyin “qoidalar” deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Qoidalarning buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi***, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi IIVning mazkur sohaga oid buyruqlari va ushbu Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Bundan keyin “Kodeks” deb yuritiladi..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Qoidalarni buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqishdan maqsad har bir ishning tafsilotlarini o‘z vaqtida, har tomonlama to‘la va xolisona aniqlashdan, uni qonunlarga aniq mos holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning bajarilishini ta’minlashdan, shuningdek qoidalarning buzilish sabablarini va shunga olib boruvchi shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni qonunlarga aniq va og‘ishmay amal qilish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Qoidalarning buzilishiga doir ishlar qonuniylikka qat’iy amal qilish asosida ko‘rib chiqiladi. Qoidalarning buzilishi uchun ta’sir choralarini qo‘llash chog‘ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi idoralar, mansabdor shaxs va prokurorning muntazam nazorati, shikoyat qilish huquqi va qonunlarda belgilangan boshqa usullar bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan DYHXX xodimi ma’muriy bayonnoma (1-ilova) rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Harakatni tartibga solishga vakolati bo‘lgan va xizmat vazifasini o‘tayotgan militsiya xodimi (DYHXX xodimidan tashqari), harbiy avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi va harakatni tartibga solishga vakolati bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar xizmat vakolatini amalga oshirishga mo‘ljallangan bayonnoma varaqalaridan foydalanadilar. Unda ishni to‘liq hal etish uchun zarur ma’lumotlarni ko‘rsatishlari shart.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Qoidaning buzilishiga doir ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.1. Bayonnoma tuzilgan sana, vaqt va joy, bayonnomani tuzgan xodimning lavozimi, ko‘krak nishon belgisi, familiyasi, ismi-sharifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.2. Huquqbuzarning ism-sharifi, otasining ismi, yashash va ish joyi, tug‘ilgan yili, transport vositasining rusumi, davlat raqam belgisi, tegishliligi va ro‘yxatga olingan joyi (ushbu ma’lumotlar huquqbuzarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va transport vositasining hujjatlari asosida to‘ldiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.3. Qoidaning buzilgan bandi, huquqbuzarlikning tafsiloti, ushbu huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Kodeksning moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.4. Agar guvohlar yoki xolislar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.5. Huquqbuzarning tushuntirishi, ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.6. Huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan shikast.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2.7. Telefon raqami va rusumi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ushbu band faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1281-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun taalluqli.
(2.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 226-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1 11.01.2007-y.) muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Bayonnoma uni tuzgan va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar tomonidan imzolanadi, guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa bayonnoma ular tomonidan ham imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda bayonnomaga bu haqda uni tuzgan shaxs tomonidan yozib qo‘yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga o‘z fikr-mulohazalarini yozib qo‘yishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Basharti shaxs o‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni tan olsa va unga shu joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining bir baravaridan oshmasa, jarimani joyida to‘lash imkoniyati bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga hollarda bayonnoma tuzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida huquqbuzarga belgilangan shakldagi jarima kvitansiyasi beriladi (2-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarimani joyning o‘zida undirib olishning imkoniyati bo‘lmagan yoki shaxs o‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni tan olmagan taqdirda yoxud jarimaning miqdori eng kam ish haqining bir barobaridan oshsa, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etishda ayblanayotgan shaxsning joyida jarima to‘lashga imkoniyati yo‘qligi yoki inspektorning xatti-harakatidan norozi ekanligi aks ettiriladi, huquqbuzarga haydovchilik guvohnomasi va taloni qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Basharti aynan bir huquqbuzarlik bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bayonnoma har bir huquqbuzar uchun alohida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Bayonnoma tuzish chog‘ida huquqbuzarga uning huquq va burchlari hamda ushbu ma’muriy ish qayerda va taxminan qachon ko‘rilishi tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Transport vositasini mast holatda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Haydovchining mast yoki mast emasligini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Adliya vazirliklarining ushbu masalaga oid qo‘shma Yo‘riqnoma**** talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Adliya vazirliklari tomonidan 1992-yil 18-aprelda tasdiqlangan 5/01-1/37/5/224 sonli “Transport vositalarini boshqarayotgan shaxslarni mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruviga yo‘llash hamda alkogol yoki tarkibida alkogol bo‘lgan ichimliklarni, giyohvand yoki boshqa gangituvchi moddalarni iste’mol qilganlik hollarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda bayonnoma ikki guvoh yoki xolis ishtirokida tuziladi. Bayonnomada mastlik belgilari va huquqbuzarning tekshirishdan bo‘yin tovlash harakatlari batafsil ko‘rsatiladi. Bayonnomaga huquqbuzarning bo‘yin tovlash sabablari haqidagi tushuntirish xati va ikki guvoh yoki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Qoidalarni buzish natijasida transport vositalari, yuklar, yo‘l va boshqa inshootlarga yoki o‘zgalar mol-mulkiga shikast va moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bayonnomaga qo‘shimcha hodisaning chizmasi (3-ilova), hodisa ishtirokchilarining, guvohlarning tushuntirishlari bayonnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chizmada transport vositalarining hodisadan keyingi holatini tiklash imkonini beruvchi aniq ma’lumotlar (ularning muhim obyektlarga nisbatan holati) ko‘rsatiladi. Chizma uni chizgan mansabdor shaxs, haydovchilar va guvohlar yoki xolislar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarga transport vositalari shikastlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi (4-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Sug‘urtalangan transport vositalariga ma’lumotnoma (12-ilova) tergov yoki surushtiruv idoralari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Haydovchi amaldagi qonunlarga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi va bu haqda bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga yozib qo‘yilib, talon transport vositasi haydovchisiga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti mazkur bandning birinchi qismida qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy ish ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida yana transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etilgan taqdirda huquqbuzarning haydovchilik guvohnomasi taloni olinib, unga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi olingan kundan boshlab uning talonidan, talon olingan kundan boshlab vaqtinchalik ruxsatnomadan 30 kun muddat davomida foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: oxirgi o‘ttizinchi kun soat 24-00 ga qadar foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. Haydovchilik guvohnomasi yoki taloni boshqa hududda olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX idoralariga o‘z vaqtida yetib kelmagan va transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi talonining yoki vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati tugab qolgan holatlarda ularning muddatini uzaytirish shu DYHXX idoralarining ma’muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11.1. Agar haydovchi safarda bo‘lsa, u taqdim etgan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlar asosida o‘sha hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy amaliyot bo‘yicha katta inspektori, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati katta inspektori yoki ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektori (inspektori) tomonidan haydovchilik guvohnomasi talonining yoki vaqtinchalik guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: talonni yoki vaqtinchalik ruxsatnomani muddati uzaytirilganda “Yashash joyiga yetib olgunga qadar” deb yozib, muddat qo‘yib beriladi. Uzaytirish muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11.2. Transport vositalarini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi talonining yoki vaqtinchalik ruxsatnomaning uzaytirish muddati 30 kundan oshib ketmasligi kerak (2.12-banddagi holatlardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: 10 kungacha (3 marotaba) muddatgacha uzaytirish mumkin.
(2.11 va 2.11.1-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. Ma’muriy ish materiallari uch oy muddat ichida tegishli manzilgohga kelib tushmagan hollarda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, haydovchilik guvohnomasi yoki taloni yo‘qolganligi haqidagi xulosaga kelingan taqdirda haydovchiga yangi haydovchilik guvohnomasi yoki taloni imtihonsiz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan vaqt davomida haydovchilik guvohnomasi yoki talonining amal qilish muddati uzaytirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: yangisi berilgandan so‘ng haydovchilik guvohnomasi yoki taloni kelib tushgan taqdirda ular belgilangan tartibda DYHXX idoralari ro‘yxatlash va imtihon olish xizmati tomonidan yo‘q qilinib tashlanadi.
(2.12-bandning izohi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. Vaqtinchalik ruxsatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs huquqbuzardan tushuntirish xati olib, belgilangan jarimalarni undirib oladi. So‘ng yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimi tekshirilib, keyin haydovchilik guvohnomasi hamda taloni qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.14. Haydovchi transport vositasini vaqtinchalik ruxsatnoma bilan boshqargan paytida huquqbuzarlik sodir etsa, yangi vaqtinchalik ruxsatnoma berilib, unda oldingi ruxsatnomadagi haqiqiylik muddati qayd etiladi va bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.15. Muddati tugagan vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarayotgan shaxslarga nisbatan Kodeksning 135-moddasi ikkinchi qismi asosida bayonnoma tuzilib, Kodeksning 291-moddasi “a” qismiga binoan transport vositasi ish ko‘rib chiqilgunga qadar jarima maydonida ushlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.16. Chet el fuqarolariga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari fuqarolariga, hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga transport vositalarini haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kirib kelish taqiqlanadi. Ushbu toifadagi shaxslar transport vositalarini haydovchilik guvohnomasining o‘rnini bosadigan boshqa mamlakatlarga tegishli o‘zga hujjatlar bilan boshqarayotgan holatlar aniqlangan taqdirda bunday hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi va ularga Kodeksning 135-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy chora ko‘riladi va transport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda, shuningdek yuridik shaxslarga tegishli transport vositasi doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1.1. Kodeksning tegishli moddalarida ma’muriy jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan va takroriyligi hisobga olinadigan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ma’muriy ish yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositasi doimiy (vaqtincha) ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylarida ko‘rib chiqish uchun yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1.2. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan hollarda ma’muriy ish yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositasi doimiy (vaqtincha) ro‘yxatga olingan joyda sud tomonidan ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylarida ko‘rib chiqish uchun yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Yo‘l harakati qoidalarining 17.1—17.9-bandlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’muriy hujjatlar bo‘yicha jazo choralari Kodeksning 130-moddasi asosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, temir yo‘l kesishmasi oldida 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi talabini bajarmaslik yoki yo‘l harakati qoidalarining 17.7-bandining 3 abzatsida belgilangan “yopiq shlagbaum oldida to‘xtab turgan transport vositalarini aylanib o‘tish, ikki qator bo‘lib turish (ikki va undan ortiq bo‘lakli yo‘llar bundan mustasno) taqiqlanadi” qoidalarini buzilishi ham Kodeksning 130-moddasi bo‘yicha ma’muriy choralarining qo‘llanilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasi birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasi birinchi qismida, 130-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi uchinchi qismida, 135-moddasida, 1351-moddasida, 136-moddasi uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosari, Yo‘l patrul xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori, inspektori (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosari, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari yoki katta inspektori (inspektori), tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori, ular bo‘lmagan taqdirda — ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llaniladi.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 18.06.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: kodeksning 126, 128, 1281, 1282, 130-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ushbu mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 18.06.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Kodeksning 125-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasi birinchi qismida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 1281-moddasi birinchi qismida, 1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasi birinchi qismida, 135-moddasi birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun Yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: kodeksning 126, 128-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ushbu mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin.
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 18.06.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti joyida jarima to‘lashga imkoniyati bo‘lmasa yoki inspektorning xatti-harakatidan norozi bo‘lsa, huquqbuzarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etishda ayblanayotgan shaxsning joyida jarima to‘lashga imkoniyati yo‘qligi yoki inspektorning xatti-harakatidan norozi ekanligi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda huquqbuzar yozma tushuntirish berishdan bosh tortsa, ikki guvoh yoki xolis ishtirokida dalolatnoma tuziladi va bayonnomaga ilova qilinadi. Bayonnomada haydovchining huquqbuzarlik haqida tushuntirish berishi, imzosi va guvohlar yoki xolislar ishtirokida tuzilgan dalolatnoma ilova qilinmagan ma’muriy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish qat’iy man qilinadi.
(3.6-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2008-yil 15-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-3, 28.01.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 21-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Kodeksning 125-moddasi to‘rtinchi qismida va beshinchi qismlarida 126, 131, 135, 1351, 136, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (militsiya xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik xususidagi qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin. Ushbu holatlarda haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi ma’lumot bayonnomaga qayd qilinadi va unga barcha hujjatlari qaytarib beriladi (Kodeksning 131, 136 va 137, 1763-moddalari bundan istisno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab qolingan transport vositasi ma’muriy hujjatlarni rasmiylashtirgan xodim tomonidan ro‘yxatlanadi va o‘zi, transport vositasi haydovchisi, navbatchi yoxud jarima maydonchasiga javobgar bo‘lgan shaxslar tomonidan dalolatnoma tuziladi va imzolanadi. Dalolatnoma 3 nusxada tuzilib, 1-nusxasi jarima maydonchasida qoldiriladi, 2-nusxasi bayonnomaga birkitiladi, 3-nusxasi huquqbuzarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini olib chiqib ketishga faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Basharti ma’muriy hujjatlar vakolati doirasida ko‘rib chiquvchi idora/mansabdor shaxs/ga yuborilgan taqdirda, vaqtinchalik ushlab turilgan transport vositasini qo‘yib yuborish ularning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kodeksning 1351-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda sug‘urta idoralarining huquqbuzarlik alomati bartaraf etilganligi haqidagi tegishli ma’lumoti taqdim etilgandan so‘ng transport vositasini qo‘yib yuborishga ruxsat berilishi mumkin.
(3.7-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 18.06.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Kodeksning 126-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda DYHXX xodimi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha jarima maydonchasida ushlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda haydovchi transport vositasi oynasini nostandart tarzida ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilganligi (qoraytirilganligi)ni joyida bartaraf etsa, kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikning bir yil davomida sodir etilmaganligini aniqlashning imkoniyati bo‘lsa va birinchi deb hisoblansa, huquqbuzarning shu joyning o‘zida jarima to‘lashga imkoniyati bo‘lsa, DYHXX xodimi bayonnoma tuzmasdan ma’muriy chora qo‘llashi hamda transport vositasini berib yuboradi. Bunday hollarda DYHXX xodimi o‘rnatilgan tartibda huquqbuzarga jarima to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya berishi va uning taloniga qayd etib qo‘yishi kerak.
(3.7-bandning birinchi xatboshisi va 3.8-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga tovush chiqaruvchi yoki yorituvchi maxsus qurilma ilova qilinadi. Ushbu qurilmalar guvohlar ishtirokida echib olinib, dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Haydovchi tomonidan Kodeksning 128-moddasi 1-qismida va 1281-moddasi 1-qismida hamda 1282-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda bir yil davomida bu turdagi huquqbuzarliklar sodir etilmaganligi aniqlansa, DYHXX xodimi haydovchiga shu joyning o‘zida ma’muriy chora qo‘llashi mumkin. Bunday hollarda DYHXX xodimi o‘rnatilgan tartibda huquqbuzarga jarima to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya berishi, uning taloniga qayd etib qo‘yishi, alfavit kartochkasi (5-ilova) to‘ldirishi va ma’muriy amaliyot bo‘limiga (guruhiga) topshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: huquqbuzarning haydovchilik guvohnomasining taloni yil davomida almashtirilgan bo‘lsa yoki talondagi huquqbuzarlikka oid yozuvlarda shubha uyg‘onsa, DYHXX xodimi o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2008-yil 15-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-3, 28.01.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 21-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarlik uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi to‘xtatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida va faqat xizmat burchlarini bajarib turgan paytlardagina qonunlarda nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni qo‘llashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.14. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish mazkur ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning o‘zini tanishtirishdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani o‘qib eshittiradi. Ishni ko‘rib chiqishda qatnashayotgan shaxslar tinglanadi, dalillar o‘rganiladi va tushgan iltimoslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.15. Mansabdor shaxs ishni ko‘rib chiqish vaqtida huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, huquqbuzarlikda fuqaroning aybi bor-yo‘qligini, uni ma’muriy javobgarlikka tortish-tortilmaslik mumkinligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyati bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Haydovchini belgilangan tezlikni oshirib yuborganligi uchun javobgarlikka tortish masalasini hal qilish chog‘ida tezlikni o‘lchaydigan asboblar va transport vositalari spidometrlari ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami nuqsonlarni jamlangan holda hisobga olish kerak. Tezlikni o‘lchaydigan asbob tezlik ruxsat etilganidan soatiga 5 kilometrdan oshiq bo‘lganini ko‘rsatgan taqdirda ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tezlik faqat tezlik o‘lchaydigan asboblar yordamida aniqlanadi, boshqa vositalar yordamida aniqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16. Mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni o‘rganib chiqib, quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.1. O‘z vakolati doirasida qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan ma’muriy jazoni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.2. Ishni yuridik shaxslarga tegishli transport vositasi doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joydagi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy amaliyot bo‘yicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektori (inspektori)ga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylaridagi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy amaliyot bo‘yicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektori (inspektori)ga ko‘rib chiqish uchun yuborish mumkinligini nazarda tutadi.
(3.16.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.3. Ishni huquqbuzar yashaydigan joydagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.4. Sud tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa hujjatlarni sud ixtiyoriga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.5. Agar huquqbuzarlikda jinoyat belgilari bo‘lsa, hujjatlarni prokuraturaga, dastlabki surushtiruv yoki tergov idoralariga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.6. Ishni yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16.7. Agar hujjatlarda huquqbuzarlik sodir etilganligini tasdiqlaydigan dalil-isbotlar yetarli bo‘lmasa, to‘plangan hujjatlarni qayta tekshirishga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.17. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi. Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek o‘zining iltimosiga ko‘ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi. Qarorning nusxasi olinganligi haqida huquqbuzar yoki jabrlanuvchi imzo chekishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda qaror ustidan shikoyat berish va uni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishni ko‘rib chiqish chog‘ida huquqbuzar qatnashmagan bo‘lsa, qarorning nusxasi uch kun ichida unga yuborilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.18. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs ma’muriy hujjatlarni olgandan so‘ng huquqbuzarga ishni qachon va qayerda ko‘rilishi haqida xabarnoma yuboradi (6-ilova). Huquqbuzarni ish qachon va qayerda ko‘rib chiqilishidan o‘z vaqtida xabardor etilganligi haqida ma’lumotlar bo‘lganda, undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish haqida iltimosnoma tushmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.19. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish chog‘ida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.20. Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, har bir huquqbuzarlik bo‘yicha alohida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan taqdirda ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.21. Jazoni qo‘llanish chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.22. Sodir etilgan huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda shu ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxs huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.23. Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar idoralari oddiy va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar qoidani buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3.23-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 18.06.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.24. Prokuratura xodimlari, sudyalar tomonidan yo‘llarda harakatlanish qoidalari buzilgan taqdirda ularga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar chora ko‘rish uchun prokuratura va sud idoralarining yuqori turuvchi tashkilotlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.25. Kodeksning 313-moddasiga muvofiq ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga ana shu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.1. Ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.2. Huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.3. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.4. Huqukbuzarlik zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida sodir etilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.5. Amnistiya akti chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni bekor qilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.6. Ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.7. Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytiga kelib Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.8. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo‘lsa yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni tugatish to‘g‘risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo‘lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.26.9. Shaxs ishi yuritila boshlagan paytda vafot etgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi idoraga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi yoki prokuror protest bildirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilingan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni uch kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan idora (mansabdor shaxs)ga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatni shu qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o‘n kun ichida berish mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan (kasallik, ta’til, xizmat safari va h.k.) o‘tkazib yuborilgan taqdirda buni tasdiqlovchi tegishli hujjat taqdim etilgach, ustidan qaror chiqarilgan shaxsning arizasiga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan ko‘rsatilgan muddat qayta tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanishi to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida jazo berish haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan hollarda shaxsning haydovchilik guvohnomasi talonining amal qilish muddati shikoyatni ko‘rib chiqish tugagunga qadar uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi hal qiluv qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6.1. Chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6.2. Chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6.3. Chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6.4. Jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror bunga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, qaror bekor qilinadi va ish vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinadi (7-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: bu ilova ichki ishlar idoralarida ko‘riladigan shikoyatlarga taalluqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning bekor qilinishi olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasini va undirilgan pul miqdorini qaytarib berishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan taqdirda undirilgan pul miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.11. Qonunga xilof ravishda chiqarilganligi sababli qaror bekor qilingan taqdirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Basharti Kodeksda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ijro etiladi. Jarima to‘lash tartibi huquqbuzarlarga qarorni topshirish chog‘ida tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Jarima to‘langanligi haqidagi kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi taqdim etilgach, huquqbuzarning vaqtinchalik ruxsatnomasi olinib, kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi bayonnomaga birkitib qo‘yiladi, haydovchilik guvohnomasi va taloni unga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Agar jarima Kodeksning 126, 128, 1281, 1282-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun solingan bo‘lsa, bu haqda belgilangan tartibda haydovchilik guvohnomasi taloniga belgi qo‘yiladi.
(5.4-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 15-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-3, 28.01.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 21-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Jarimani huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olish mumkin bo‘lmagan taqdirda qaror chiqarilmasdan huquqbuzarga ma’muriy bayonnoma tuzilib, hujjatlar transport vositasi doimiy (vaqtincha) ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqish uchun yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda huquqbuzarga ma’muriy ish qayerda va taxminan qachon ko‘rib chiqilishi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Huqukbuzar jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan taqdirda jarima solish haqidagi qaror nusxasi jarima pulini majburiy tarzda uning ish haqi yoki boshqa daromadidan, nafaqa yoki stipendiyasidan ushlab qolish uchun ilova xati (9-ilova) bilan birga huquqbuzarning ish (o‘qish) joyi yoki ijtimoiy-ta’minot bo‘limiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, nafaqa yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining sud ijrochilari tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi tegishli mansabdor shaxs chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(5.6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.7. Agar ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo‘lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki sud ijrosiga yuborilmagan bo‘lsa va h.k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.8. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda haydovchilik guvohnomasi va uning taloni qaytarib berilmaydi, vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilishi shikoyat berish yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilish uchun belgilangan muddat tugaguncha uzaytiriladi. Vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagach, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va olib qo‘yiladi hamda ma’muriy ish hujjatlarga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar haydovchi transport vositasini muddati o‘tib ketgan vaqtinchalik ruxsatnoma bilan boshqarayotganligi aniqlansa, unga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan huquqbuzar sifatida belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.9. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan huquqbuzar haydovchilik guvohnomasining talonini topshirishdan bosh tortsa, haydovchilik guvohnomasining talonini olib qo‘yish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.10. Huquqbuzar bir yil va undan ortiq muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan hollarda haydovchilik guvohnomasi va uning taloni belgilangan tartibda huquqbuzarning yashash joyidagi DYHXXning ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma) (keyingi o‘rinlarda — RIB (TRIB)) lariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: haydovchilik hujjatlaridan birortasi (guvohnoma yoki uning taloni)ning yo‘qolganligi yoxud o‘g‘irlanganligi haqida asosli dalillar (haydovchining tushuntirish xati, militsiya yoki yong‘indan saqlash xizmati ma’lumotnomalari va h.k.) bo‘lsa, mavjud haydovchilik hujjati (guvohnoma yoki uning taloni) asosli dalillar bilan birgalikda DYHXXning RIB (TRIB)lariga yuboriladi.
(5.10-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.11. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish muddati tugagach huquqbuzarning haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimi tekshirilgandan so‘ng qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: haydovchi bir yil va undan ortiq muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilsa, u transport vositasini amaliy boshqarishdan ham imtihon topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.12. Kodeksning 131-moddasi birinchi, to‘rtinchi va 136-moddasi birinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga sudlar tomonidan jarima solish tarzida ma’muriy chora qo‘llansa, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni egalariga yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimlari tekshirilgandan so‘ng qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.13. Kodeksning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bir yil mobaynida uch marta, shuningdek avariya holati, 130-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzarga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanib, uning yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimi tekshiriladi (9-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.14. Haydovchilik guvohnomasi talonida Kodeksning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bir yil mobaynida uch marta qayd qilingandan so‘ng huquqbuzarning yashash joyida yoki transport vositasining doimiy (vaqtincha) ro‘yxatga olingan joyida ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy amaliyot bo‘yicha katta inspektor (inspektor), tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha katta inspektori (inspektori), ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektori (inspektori) tomonidan almashtiriladi (buyruqning 2-ilovasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kodeksning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan bir yilda to‘rtinchisi sodir etilgan taqdirda u yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimini tekshirish uchun birinchi huquqbuzarlik deb hisoblanadi, ma’muriy chora qo‘llash esa qonun doirasida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.15. Haydovchining bilimi O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosari, Yo‘l patrul xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori, inspektori (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, katta inspektori (inspektori), tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati guruhining katta inspektori, ma’muriy amaliyot bo‘yicha katta inspektori (inspektori) tarkibidan tuzilgan komissiya tomonidan IIVning amaldagi buyruqlari asosida tekshiriladi. Bu bo‘yicha ish yuritishni olib borish esa komissiya a’zosi hisoblangan ma’muriy amaliyot xodimi zimmasiga yuklatiladi.
(5.14 va 5.15-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan ish yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalarining blankalari qat’iy hisobdagi hujjatlarga tenglashtiriladi. Ularda “UZ” shartli belgisi, blankalar chop etilgan yilning oxirgi ikkita raqami va sakkiztalik tartib raqami bo‘lishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar uchun tayyorlangan blankalardagi sakkizta raqamning dastlabki ikkita raqami shu hududlarda transport vositasi uchun beriladigan davlat raqam belgisining kodi (seriyasi)ga mos tushishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi uchun ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalari blankalarini tayyorlash hamda ular bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Bayonnoma va jarima kvitansiyalari blankalarini qabul qilish, hisob-kitob qilish, saqlash, tarqatish qat’iy hisobdagi hujjatlarga qo‘yiladigan talablar asosida amalga oshiriladi. Ularning kelib tushganligi va tarqatilishining hisobi qat’iy hisobdagi blankalarning kirim va chiqim kitobida (10-ilova) qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmalar uchun ushbu buyruqqa ilova qilingan boshqa blankalar va kitoblarni tayyorlash hamda ular bilan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari blankalari hisob-kitobining olib borilishi va tarqatilishini, shuningdek ro‘yxatga olish kitoblarining yuritilishini nazorat qilish hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, tuman (shahar) IIBlari boshliqlari buyruqlari bilan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlari zimmasiga yuklatiladi. Ular yilning har choragi yakuni bo‘yicha qat’iy hisobdagi blankalarning kirim-chiqimi haqida yuqori DYHXX idoralariga hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar IIBB yo‘l-patrul xizmati brigadasida ma’muriy bayonnoma va jarima kvitansiyalari blankalarini tarqatilishini nazorat qilish Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YPX brigadasining har bir otryadida brigada komandiri buyrug‘i bilan ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari blankalari hisob-kitobini olib borish va berish, shuningdek ro‘yxatga olish kitoblarini yuritishga mas’ul xodimlar tayinlanadi. Ular yilning har choragi yakuni bo‘yicha qat’iy hisobdagi blankalarning kirim-chiqimi haqida ma’muriy amaliyot bo‘limiga hisobot beradilar. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi o‘z navbatida yilning har choragida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasiga hisobot beradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.6. Jarima kvitansiyalari qat’iy hisobdagi blankalarga tenglashtirilganligi uchun qimmatli qog‘ozlar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi kassalarida saqlanadi. Kvitansiyalarni berish hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bo‘limi, bo‘linmasi) rahbarining ruxsatiga asosan hisobot berish sharti bilan tarqatish vedomostlari yoki chiqim kassa ordyerlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(6.4, 6.5 va 6.6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.7. Ishlatilgan jarima kvitansiyalarining varaqchalari, shuningdek bayonnomalarning buzib qo‘yilgan blankalari ularni qabul qilish va tarqatish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga topshiriladi, bu haqda kitobda tegishli ma’lumot qayd etiladi. Ular o‘rnatilgan tartibda ikki yil muddat davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.8. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida tuzilgan bayonnomalar va boshqa hujjatlar, shuningdek olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasi va o‘zga hujjatlar hamda ashyoviy dalillar bilan birga bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarning hisob-kitobini olib borish kitobida (11-ilova) ro‘yxatga olinadi va ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.9. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarni hisobga olish kitobi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, DYHXXning hududiy bo‘limi (bo‘linmasi)ning ma’muriy amaliyot xodimi yoki bu vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa xodimi tomonidan yuritiladi.
(6.9-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.10. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni qayd etish uchun quyidagi kitoblar yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.10.1. Mazkur hududning o‘zida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.10.2. Kodeksning 131, 136-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.10.3. Boshqa tuman (shahar) IIBlari (DYHXX bo‘linmalari)dan kelgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Bayonnomalar kompyuterda qayd etiladigan hollarda ushbu kitoblar yuritilmaydi. Shu bilan birga kompyuterda ushbu Yo‘riqnomaning 11-ilovasida ko‘zda tutilgan kitobdagi barcha ma’lumotlar aks etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ish ma’muriy amaliyot xodimi yoki kirim ish qog‘ozlarini ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(6.10.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.11. Kodeksning ma’muriy jazoni kuchaytirishga qaratilgan moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni bir yil davomida takroriy sodir etgan shaxslarning huquqbuzarligi haqidagi ma’lumotlar alfavitli varaqaga yoziladi (5-ilova) yoki kompyuterga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.12. DYHXXda ma’muriy bayonnomalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar bir xodimdan ikkinchi xodimga topshirilishi hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobi orqali amalga oshiriladi.
(6.12-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.13. Vakolati doirasida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiquvchi idoralarga bayonnomalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar bir sutkadan kechiktirmasdan buyurtma xat orqali yoki eltib berish kitobi bo‘yicha yo‘llanadi. Bu xususda hujjatlarni hisobga olish kitobining 7-bandiga qachon va qanday raqamli chiqish xati bilan yuborilganligi yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.14. Kitoblar raqamlab chiqilgan, chilvirlangan, muhr bosilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi devonxonasi (kanselyariyasi)da ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
(6.14-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.15. Huquqbuzar shaxslar va ularga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kitoblarga ko‘k siyohda yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.16. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijro etib bo‘lingach, ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar yig‘ma jildlarga tikib qo‘yiladi va ma’muriy ish ko‘rilgan joydagi DYHXX idoralarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilganda, ish hujjatlari alohida yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi. Yig‘ma jildga tikib qo‘yilgan varaqlar betlab chiqiladi. So‘nggi varaqda yig‘ma jild necha betdan iborat ekanligi yozib qo‘yiladi va imzo chekiladi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ular yuzasidan chiqarilgan qarorlar qonuniy kuchga kirgandan keyin, shuningdek transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning qaytarib olinmagan haydovchilik guvohnomalari chora qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan jazo muddati tugagandan keyin ikki yil davomida saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.17. Jarima kvitansiyalarining varaqchalari va ma’muriy bayonnomalarning buzib qo‘yilgan blankalari DYHXX idoralari moliyaviy faoliyati yillik taftishdan o‘tkazilgandan so‘ng, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar va saqlab turish muddati tugagan bo‘lishiga qaramay qaytarib olinmagan haydovchilik guvohnomalari esa 6.16-banddagi muddatdan kelib chiqqan holda komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.18. Bir yildan kamroq muddatga boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik hujjatlari ularning yashash joyidagi DYHXX bo‘linmalarida, kodeksning 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasida, 136-moddaning birinchi va ikkinchi qismida, 137-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun bir yil va undan ko‘proq muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning haydovchilik hujjatlari esa DYHXXning RIB (TRIB) larida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.19. Agar shaxs sodir etilgan huquqbuzarlik uchun haydovchilik guvohnomasidagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi toifalarning barchasidan mahrum etilmagan bo‘lsa, sud idoralari tomonidan chiqarilgan qaror kelib tushgandan so‘ng transport vositalarini boshqarish uchun qolgan toifalari ko‘rsatilgan haydovchilik guvohnomasi olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar DYHXXning RIB (TRIB) idoralariga taqdim etilib, belgilangan tartibda almashtirib beriladi.
(6.16-bandning birinchi xatboshisi, 6.17, 6.18 va 6.19-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzganligi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq immunitetlik huquqidan foydalanadigan chet el fuqarolari bundan mustasnodir. Ularning javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Immunitetlik huquqiga ega shaxs ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda uning shaxsini tasdiqdovchi hamda haydovchilik hujjatlari tekshirilgach, bayonnoma tuziladi va hujjatlar egasiga qaytarib beriladi. Ma’muriy hujjatlarni rasmiylashtirgan xodim unga huquqbuzarlik yuzasidan tushuncha berishni taklif etadi. Immunitetlik huquqiga ega shaxs tushuncha berishdan bosh tortgan hollarda bildirgi yozilib, u ma’muriy hujjatlarga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3. Agar immunitetlik huquqiga ega haydovchi alkogoldan, narkotik moddadan yoki o‘zgacha tarzda mast holda transport vositasini boshqarayotgan bo‘lsa, u boshqarishdan chetlashtiriladi va o‘zi rozi bo‘lgan taqdirda mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga taklif qilinadi. Mazkur holat to‘g‘risida militsiya xodimi tuman, shahar IIB navbatchilik qismiga ma’lum qiladi va uning ko‘rsatmasiga muvofiq ish tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.4. Immunitetlik huquqiga ega chet el fuqarosi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga bir sutka ichida yuboriladi, bu haqda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxs shu joyning o‘zida ogoh etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.5. O‘zbekiston Respublikasi hududida uch oy va undan ko‘proq muddatga vaqtinchalik kelib yashayotgan hamda immunitetlik huquqiga ega bo‘lmagan chet ellik fuqaro tomonidan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish chorasi ko‘zda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilsa, uning haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.6. O‘zbekiston Respublikasiga avtosayyoh sifatida kelgan yoki xalqaro yuk (yo‘lovchi)larni tashiyotgan haydovchi tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzarga rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma va uning haydovchilik hujjatlari bir sutka ichida buyurtma xat orqali huquqbuzarlik sodir etilgan hududdagi sud idorasiga ma’muriy chora ko‘rish uchun taqdim etiladi. Sud ko‘rib chiqqandan so‘ng qaror nusxasi va haydovchilik guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday paytda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar olinganligi to‘g‘risida avtosayyohning eslatmasiga, xalqaro yuklar (yo‘lovchilar)ni tashiyotgan haydovchining bu safarga asos bo‘lgan ruxsatnomasining “qo‘shimcha ma’lumotlar” bandiga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligini tasdiqlovchi bayonnoma va boshqa hujjatlar (bildirgi, dalolatnoma, tushuntirish xatlari va x. k.) jazoni belgilagan idorada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.7. O‘zbekiston Respublikasiga avtosayyoh sifatida kelgan yoki xalqaro yuk (yo‘lovchi)larni tashiyotgan haydovchiga sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jazo jarima tarzida qo‘llansa-yu, u jarimani joyida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ruxsatnomasi (vizasi)ga yoki avtosayyoh eslatmasiga tegishli belgi qo‘yiladi. Ma’muriy hujjatlar esa bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzar haydovchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan paytida bojxona maskanlarida unda jarima to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyaning bor-yo‘qligi tekshiriladi. Agar bunday kvitansiya bo‘lmasa, bojxona xodimlari tomonidan jarimani undirib olish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.8. O‘zbekiston Respublikasi hududida texnologik yuklarni (qurilishlarda va x. k.) hukumatlararo bitimlarga muvofiq tashiyotgan chet ellik haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan taqdirda haydovchilik guvohnomasi transport vositasi vaqtinchalik hisobga olingan DYHXX bo‘linmasiga yuborilib, mahrum etilgan muddat tugagunga qadar belgilangan tartibda saqlanadi yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi talabiga binoan u yerga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish muddati tugagach, qaytarib olinmagan haydovchilik guvohnomasi kuzatuv xati bilan tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Xatda haydovchining fuqaroligi, transport vositasining ro‘yxat raqami, yuki tashilayotgan firma (tashkilot)ning nomi, haydovchilik guvohnomasining olib qo‘yish vaqti va sababi ko‘rsatiladi.
(7.8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.9. Hukumatlararo bitimlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida (qurilish, zavod, fabrikalarda va boshqa joylarda) ishlayotgan yoki o‘quv yurtlarida bilim olayotgan chet el fuqarolaridan jarimalar belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.10. Chet el fuqarosi bo‘lgan haydovchi boshqargan transport vositasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi rasmiylashtirilayotganida bayonnomaning “raqam belgisi” bandiga avtotransportning milliy ro‘yxat raqam belgilari (harfiy va sonli belgilari) ko‘chirib yoziladi. Bayonnomaning “Transport vositasi hisobda turadigan joy” bandiga qo‘shimcha tarzda sug‘urta kompaniyasining nomi va manzilgohi, sug‘urta hujjatining raqami, amal qilish muddati, berilgan vaqti va joyi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarga transport vositasi shikastlanganligi to‘g‘risida belgilangan nusxada hujjat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobilda xalqaro yuklarni tashiyotgan chet el fuqarosiga yo‘l-transport hodisasi hamda unda transport vositasining shikastlanish darajasi (bojxona surg‘uchining buzilganligi, kuzovlar, brezentlar butun emasligi) haqidagi belgi bojxona hujjatiga (AGT Manifesti) ham qo‘yib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi yuzasidan ish yuritishni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar qonun doirasida hal etilayotganligini, huquqbuzarlik yuzasidan ish to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbariyati va Bosh boshqarma Yo‘l patrul xizmati faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, tuman (shahar) ichki ishlar idoralarining hamda mazkur idoralar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari rahbariyati tomonidan bir yil davomida kamida bir marta joylardagi tuman (shahar) ichki ishlar idoralari, DYHXXining joylardagi bo‘lim (bo‘linma)larining huquqiy faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkillashtiriladi.
(8.1 va 8.2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Tekshiruv davomida quyidagi masalalar o‘rganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni va ularni qo‘llash tartibi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy hujjatlarini DYHXX xodimlari qay darajada bilishi.
(8.3.1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.2. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan qabul qilingan qarorlar qonuniy va asosli ekanligi, shu jumladan qo‘llangan ma’muriy ta’sir ko‘rsatish chorasi qonunda belgilangan jazoga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.3. Huquqbuzarlikning hisob-kitobi va tahlili ma’muriy amaliyotning og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi qo‘pol huquqbuzarliklarni aniqlashga va ularning oldini olishga qaratilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: alkogoldan, giyohvand moddadan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda transport vositasini boshqarish, svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmaslik, militsiya xodimining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish, quvib o‘tish, odam tashish va chorrahadan o‘tish qoidalarini buzish, avariya holatini keltirib chiqarish, transportda telefondan foydalanish va transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish qo‘pol huquqbuzarliklar hisoblanadi.
(8.3.3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2008-yil 15-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-3, 28.01.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 21-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.4. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarning ro‘yxatga olinishi va harakati qat’iy hisobdagi blanka (bayonnoma, jarima kvitansiyasi)larning hisobga olinishi va saqlanishi, hisobot kitoblari va boshqa hujjatlarning ushbu Yo‘riqnoma talablariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.5. Bayonnomalar va boshqa ma’muriy hujjatlarning qonuniy rasmiylashtirilishi, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqish tartibi va muddatiga rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3.7. Ma’muriy amaliyot bo‘limi (bo‘linma, guruhi) faoliyatini shahar-tuman ichki ishlar idoralari va DYHXX boshqarmasi (bo‘limi, bo‘linmasi) rahbarlari tomonidan nazorat qilinishi, aniqlangan kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlikka e’tibor berilishi, ularning kelib chiqish sabablarining o‘rganilishi va bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlari.
(8.3.7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Tekshiruv davomida ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida noqonuniy qarorlar chiqarilganligi aniqlansa, ular bekor qilinadi va fuqarolarning huquqlari hamda manfaatlarini qayta tiklash choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Tekshiruv natijalari yuzasidan ma’lumotnoma tayyorlanib, tekshiruvni tayinlagan rahbariyatga axborotnoma beriladi. Rahbar tekshiruv hujjatlari bilan tanishib chiqqach, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ma’muriy amaliyot faoliyatini yaxshilashga va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ma’muriy amaliyot xizmati xodimlarining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’muriy amaliyot xodimlari:
(9.1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.1. Ma’muriy amaliyot bo‘limi DYHXXning joylardagi huquqni qo‘llash faoliyatiga doir masalalar yuzasidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. DYHXXning huquqni qo‘llash faoliyatini tartibga solib turuvchi me’yoriy va o‘zga hujjatlarni o‘zlashtirib borish borasida shaxsiy tarkib o‘rtasida ishni tashkillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.2. DYHXX idoralarining hududdagi huquqni qo‘llashga doir faoliyatini umumlashtiradi va tahlil qiladi. Tahlil asosida har yili kamida ikki marta huquqbuzarlikning ahvoli va dinamikasi, shuningdek huquqbuzarlarga nisbatan choralar qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlaydi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
(9.1.1 va 9.1.2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.3. Huquqbuzarlikning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli idoralar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.4. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar DYHXXning joylardagi bo‘lim (bo‘linma)lari tomonidan qonun doirasida ko‘rib chiqilayotganligini va huquqbuzarlik yuzasidan ish yuritishning to‘g‘ri olib borilayotganligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan ishni yuritish bo‘yicha DYHXX xodimlari faoliyatini o‘rganib chiqib, ularda aniqlangan nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
(9.1.4-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.5. Qonunlar buzilishining oldini olish yuzasidan ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.6. Transport vositalarini mast holda boshqarish hollarining oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash, adliya boshqarmalari va sud idoralari bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.7. Har oyda tuman (shahar) hududida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili asosida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari o‘rganib chiqilib, DYHXXning joylardagi bo‘lim (bo‘linma)lari va safdagi bo‘linmalariga ishni qanday yo‘nalishda kuchaytirish kerakligi yuzasidan tegishli takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.8. Har oylik va choraklik ish yakuni bo‘yicha ma’muriy amaliyot sohasiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni jamlab, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
(9.1.7 va 9.1.8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.9. Fuqarolarning ma’muriy amaliyot sohasiga taalluqli bo‘lgan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.10. Ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari hisob-kitobining olib borilishi va berilishini, shuningdek ro‘yxatga olish kitoblarining yuritilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1.11. Kodeksning ma’muriy jazoni kuchaytirishga qaratilgan moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni bir yil davomida takroriy sodir etgan shaxslarning huquqbuzarligi haqidagi ma’lumotlar to‘la-to‘kis va to‘g‘ri alfavitli varaqaga yozilishi yoki kompyuterga kiritilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi DYHXX hududiy bo‘linmasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori:
(9.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.1. YPX xodimlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar to‘g‘ri va asosli ekanligini muntazam nazorat qiladi, bunda haydovchilik guvohnomasining asosli ravishda olib qo‘yilishini, shuningdek ma’muriy bayonnomalar va boshqa protsessual hujjatlarning tuzilishi qonunga muvofiqligiga alohida e’tibor beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.2. Huquqbuzarlik sodir etilganligi haqidagi ma’lumotlarga oid hisobotlarni olib boradi. Vakolati doirasida ko‘rib chiquvchi idoralar (mansabdor shaxslar)ga ma’muriy hujjatlarni qonunda ko‘rsatilgan muddatda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarning harakatini tashkil qiladi, jarima belgilash to‘g‘risidagi qarorlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri ijro etilishi yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi, huquqbuzarlarga nisbatan ta’sir etish choralarini qo‘llash, shuningdek ma’muriy hujjatlarni sifatli tuzish masalalari yuzasidan safdagi bo‘linmalar xodimlariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.4. Huquqbuzar shaxslarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlarni o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqib, qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarlik holatini tasdiqlovchi asosli dalillar mavjud bo‘lmasa, ma’muriy ishlar bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazadi yoki ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan joyga qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.5. Huquqbuzar shaxslarga nisbatan ta’sir etish choralarini qo‘llash yuzasidan bo‘linma faoliyatini har oyda umumlashtiradi va tahlil etadi. Tahlil natijalariga ko‘ra xizmat ko‘rsatayotgan hududdagi yo‘l-transport hodisalarini hisobga olgan holda harakatni nazorat qilishni takomillashtirish va ta’sir etish choralarini qo‘llashning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.6. Tibbiy muassasalarda mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda kamida bir marta mazkur hududning o‘zida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar kitobi bilan solishtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.7. Harakatlanish ishtirokchilarining intizomi to‘g‘risida tegishli idoralarga, shuningdek avtoxo‘jaliklarga va boshqa tashkilotlarga axborot tayyorlashda ishtirok etadi. Huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.8. Bo‘linma shaxsiy tarkibining kasb malakasi saviyasini oshirish maqsadida huquqbuzarlarga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash, hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan xizmat tayyorgarligida mashg‘ulotlar o‘tkazadi hamda xizmatga kirishayotgan xodimlarga yo‘l-yo‘riq berishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2.9. Ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash chog‘ida bo‘linma xodimlari sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlar ustidan fuqarolardan tushgan shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan ma’lumotnoma va xulosalar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________________________________________________________________________________________________________________ ushbu bayonnomani
shu haqida tuzdimki, fuqaro
familiyasi
ismi
otasining ismi
200__ y. “____”____________ kuni soat _________ da transport vositasini boshqarayotib__________________________________________________________________
Menga huquq va burchlarim tanishtirildi. Ushbu ma’muriy ish _________________________
(qayerda va qachon
_______________
ko‘rilishi menga e’lon qilindi _________________________________
ko‘rilishi ko‘rsatilsin)
(qoidabuzarning imzosi)
Tr. vosit. boshqarish uchun vaqtinchalik ruxsatnomani oldim ___________________
(imzo)
Q A R O R
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ________ -moddasi _____ qismiga asosan ________________________________________________ga
Vaqtinchalik ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda amal qiladi.
M.O‘.
�
Zarur hollarda ushbu muddat haydovchi yashaydigan yoki transport vositasining doimo (vaqtincha) ro‘yxatda turgan yoki boshqa (safarda bo‘lgan) joylardagi DYHXX mansabdor shaxslari tomonidan 10 kungacha (3 marotaba) muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
O‘rnatilgan tartibda uzaytirilmagan va muddati o‘tgan bo‘lsa u o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risida ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi: — ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. — qaror xususida shu qaror chiqarilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida shikoyat berilishi mumkin. — jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim. — jarima to‘langanligi haqidagi kvitansiya transport vositasi ro‘yxatda turgan yoki huquqni buzgan shaxsni yashash joyidagi DYHXX hududiy bo‘linmasiga topshiriladi. Jarima o‘z muddatida to‘lanmasa majburan undirib olinadi.
Muddati 200__ yil “____”_____________ gacha uzaytirildi. ___________________________________________________________________________
(lavozimi, familiyasi, ismi-sharifi, imzo)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_______________________________________ (huquqbuzarning ismi-sharifi) _______________________________________ ________________________________________ (transport vositasining rusumi, davlat raqami)
MJtKning____moddasini____qismi Men yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlikni tan olaman va berilgan jazoga e’tirozim yo‘q. Kvitansiyani oldim __________________________ (huquqbuzarning imzosi) 200__ y. “____”____________
qirqish chizig‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
Yo‘llarda harakatlanish qoidasini buzganliga uchun jarima to‘laganliga haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘riqnomaga 3-sonli ilovani orqa tomoni
HODISA ChIZMASI
Chizmada transport vositalarining hodisadan keyingi holatini ko‘rsatuvchi aniq ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak (ularning joylashishi qo‘zg‘almas jismlarga nisbatan ko‘rsatilishi kerak)
Chizma va hodisa tafsilotlarining bayonnomadagi izohiga rozimiz:
1. Blankalar 5 millimetrli setkali qog‘ozlarda tayyorlanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etilgan yo‘l transport xodisasi natijasida
__________________ rusumli, ____________________________________ davlat raqam belgili, dvigatel raqami ____________________, kuzov (rama) raqami _________________ bo‘lgan transport vositasi quyidagi mexanik shikast olgan:
ko‘krak nishon raqami _________________________________________________________
Ro‘yxat bo‘yicha qoidabuzarlik raqami
Qoida buzilgan vaqti
Jazoning turi
Jazoning bajarilish vaqti
Ro‘yxat bo‘yicha qoidabuzarlik raqami
Qoida buzilgan vaqti
Jazoning turi
Jazoning bajarilish vaqti
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siz tomondan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish uchun 200__ yil “___” ______ kuni soat ________________________ da quyidagi manzilga __________________________________
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida _________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ ga xabar berilsin
200__ yil “___” __________________
___________________________
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ish haqidan, nafaqasidan, stipendiyasidan yoki boshqa daromadidan)
ko‘rsatilgan miqdordagi pulni majburiy tartibda undirib olishingizni va to‘lov topshirig‘ining nusxasini quyidagi manzilgohga yuborishingizni so‘rayman.
200__ yil “_____” _________________________________
Yo‘llanmaning orqa tomoni
IMTIHON NATIJALARI
Sana
Bayonnoma №
Bilet № 1
Imtihon natijasi
Imtihon oluvchining imzosi
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan chiqqan blankalarni qabul qilinganligi haqida belgi (blankaning nomi, seriyasi) sana mansabi ismi- sharifi, imzo
1
2
3
4
5
6
7
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma va haydovchilik guvohnomasining raqami
Transport vositasining rusumi va davlat raqam belgisi
Qoidabu zarning ish joyi mansabi
Qoidabuzarlik sodir etilgan kun va uning qisqacha mazmuni
Ko‘rib chiqilgan kun va chora
Bayonnoma tuzgan DYHXX xodimining mansabi ismi- sharifi
Saqlash joyi
Bayonnomani olinganligi to‘g‘risidagi imzo sana
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan joyi va vaqti)
yo‘l transport hodisasi sodir etildi _____________________________________________ ____________________________________________________________________________
(YTH turi: to‘qnashish, ag‘darilish, piyodani urib ketish, to‘siqni urib ketish,
transport vositasini urib ketish, hayvonlarni urib ketish va boshqa hodisalar)
Yo‘l transport hodisasida qatnashdilar
1. Transport vositasining rusumi ___________ davlat belgisi ________________________ ____________________________________________________________________________
bo‘lgan, haydovchilik guvohnomasida shu toifasi _____________________________________
(bor yoki yo‘q)
2. Transport vositasining rusumi ___________________ davlat belgisi _______________ ____________________________________________________________________________
Yo‘l transport hodisasi ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________
(agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa ko‘rsatiladi, aniqlangan taqdirda
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 21.11.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 469-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 469-modda, 2007-y., 1-2-son, 19-modda; 2008-y., 5-son, 21-modda, 24-25-son, 246-modda)