01.02.2022 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni takomillashtirish va kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylardagi mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun maxsus hisobvaraq ochiladi. Bunda maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badalni to‘lab berish maqsadida subsidiya ajratish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Mening uyim” axborot tizimi bilan axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratiladigan ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlarini aniqlash jarayonida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Moliya vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ularni tezkor bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi kelib tushgan ma’lumotlarni “Mening uyim” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — billing tizimi) ma’lumotlar bilan umumlashtiradi va tafovut yuzaga kelgan taqdirda, uni 3 ish kuni davomida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq hududlarda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ysin va ushbu talablarga qat’iy rioya etilishini nazorat qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar elektron reyestrni to‘liq shakllantirish uchun ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining barcha ma’lumotlarini elektron tizimga kiritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)da ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun maxsus hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — maxsus hisobvaraq) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Jamg‘armada ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraq — Jamg‘armada ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari (keyingi o‘rinlarda — ta’mirlash)ni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochiladigan shaxsiy hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash — ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylarning tom, fasad, kirish yo‘laklari, uy ichi va yerto‘ladagi muhandislik-kommunikatsiyalarini ta’mirlash, kod-qulfli temir eshik, kirish yo‘laklarida deraza oynalarini (framugalarni) o‘rnatish, tutash hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli ro‘yxat — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va Moliya vazirligi bilan kelishiladigan, unda ta’mirlanishi nazarda tutilgan ko‘p kvartirali uylarning ro‘yxati (unda hudud, manzil, obyektda amalga oshiriladigan ish turlari, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori, ta’mirlash muddati va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yig‘ma manzilli dastur — manzilli ro‘yxatlar asosida respublika bo‘yicha umumlashtirilgan va moliyalashtirish manbalari belgilangan hududlar kesimidagi yig‘ma dastur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash ishlarini (mukammal va joriy ta’mirlash, shu jumladan, tom, fasad, kirish yo‘laklari, uy ichi va yerto‘la muhandislik-kommunikatsiyalarini ta’mirlash, kod-qulfli temir eshik, kirish yo‘laklarida deraza oynalarini (framugalarni) o‘rnatish, tutash hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari) amalga oshiruvchi tashkilot — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari — ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ta’mirlash ishlari ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki ularning vakillari tomonidan umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomalari har hisobot yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari yoki ularning vakillari ishtirokida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlikning hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomalari asosida har hisobot yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar dastlabki manzilli ro‘yxat shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalariga kelishish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki manzilli ro‘yxatni shakllantirish jarayonida mulkdorlar hisobidan shakllantirilishi talab qilinadigan 30 foiz miqdordagi mablag‘larni maxsus hisobvaraqda shakllantirigan ko‘p kvartirali uylarga alohida e’tibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari dastlabki manzilli ro‘yxatni 3 kun muddatda ko‘rib chiqib, Vazirlikning hududiy boshqarmalariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har hisobot yilidan oldingi yilning 10-dekabriga qadar kelishilgan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida loyiha-qidiruv ishlarining xarajatlarini aniqlab, Vazirlikka kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik taqdim etilgan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida hisobot yilining 1-fevraliga qadar Vazirlikning hududiy boshqarmalari va buyurtmachilar bilan birgalikda yakuniy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik buyurtmachi bilan birgalikda hisobot yilining 1-martiga qadar yakuniy manzilli ro‘yxat asosida shakllantirilgan yig‘ma manzilli dasturni Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda manzilli ro‘yxatga kiritilgan ta’mirlash ishlariga zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘larning 30 foizi maxsus hisobvaraqda shakllantirilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari billing tizimi orqali mablag‘larning 30 foizini maxsus hisobvaraqda shakllantirib borilishini kuzatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan 30 foiz miqdoridagi mablag‘lar ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan maxsus hisobvaraqda to‘liq shakllantirilgandan so‘ng tasdiqlanadigan manzilli dasturga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida hisobot yilidan keyingi yilning 5-fevraliga qadar dastlabki bo‘nak (avans) mablag‘lari buyurtmachiga o‘tkazilishini ta’minlaydi (loyiha-qidiruv ishlari va boshqa xarajatlar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtmachi Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreliga qadar ta’mirlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov yoki tenderni o‘tkazadi, kelgusi yilning 1-mayiga qadar g‘olib bilan shartnoma tuzadi va bo‘nak (avans) mablag‘ini to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozitga qo‘yishdan olingan foiz ko‘rinishidagi daromadlar. Bunda mulkdorlar mablag‘lari hisobidan olingan foiz mablag‘lari faqat tegishli ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash uchun sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar, boshqa donorlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maxsus hisobvaraq mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining boshqa xarajatlarini (loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov yoki tenderni o‘tkazish, texnik nazorat xarajatlari, ta’mirlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda sarflash qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlov yoki tender hamda (yoxud) ta’mirlashda iqtisod qilingan mablag‘lar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari xohishiga ko‘ra, qo‘shimcha ta’mirlash ishlariga sarflanishi mumkin yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari hisobvarag‘iga mulkdorlarning majburiy badal uchun to‘lovi sifatida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri yoki vazir buyrug‘i bilan mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma (keyingi o‘rinlarda — mas’ul bo‘linma) tomonidan boshqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mas’ul bo‘linma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ta’mirlash ishlarining har yilgi manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli ro‘yxatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraq tushumlarini ko‘paytirish va mazkur mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy, chorak, yil yakuni bo‘yicha maxsus hisobvaraq mablag‘larining sarflanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini sarflash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari Vazirlikning to‘lov topshiriqnomalari asosida Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan Vazirlik hududiy boshqarmalarining ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik hududiy boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari asosida mablag‘ Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarga muvofiq, belgilangan tartibda buyurtmachiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirishda buyurtmachilar tomonidan quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yig‘ma manzilli dasturga asosan ta’mirlash uchun bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tender yoki tanlov natijalariga ko‘ra tuzilgan shartnomalar umumiy qiymatining 30 foizi (ikki oyda teng ulushlarda 15 foizdan) miqdorida bo‘nak (avans) mablag‘larini to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan bo‘nak (avans) proporsional ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda bajarilgan ishlar qiymati miqdorida joriy moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan ta’mirlashga mablag‘lar ajratilishida ta’mirlash umumiy smeta qiymatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizi — maxsus hisobvaraqqa teng ulushlarda respublika budjeti va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishiga qat’iy rioya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Joriy moliya yilida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq ta’mirlash uchun moliyalashtirilmay qolgan mablag‘lar maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan kelgusi moliya yilida to‘lanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Maxsus hisobvaraqning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun sarflash yoki vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Maxsus hisobvaraq mablag‘larining hisobi, hisoboti va ularni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maxsus hisobvaraq mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maxsus hisobvaraq mablag‘larining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar Vazirlikning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat o‘lchovi haqiqatda bajarilgan ishlar hajmini aniqlash maqsadida pudrat shartnomasiga muvofiq quyidagi asoslarga ko‘ra o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, nazorat organlari yoki boshqa manfaatdor organlar talabiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat tashkiloti tashabbusiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi va bosh pudrat tashkilotining o‘zaro kelishuviga ko‘ra.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maxsus hisobvaraq mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, boshqa mas’ul bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari yoki ularning vakillari

Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomalarini ishlab chiqish va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etish.

Har hisobot yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar

2-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) hokimliklari

Dastlabki manzilli ro‘yxatni shakllantirish hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalariga kelishish uchun kiritish.

Har hisobot yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar

3-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari

Dastlabki manzilli ro‘yxatni ko‘rib chiqib, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalariga kiritish.

3 kun muddatda

4-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Loyiha-qidiruv ishlarining xarajatlarini aniqlab, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga kiritish.

Har hisobot yilidan oldingi yilning 10-dekabriga qadar

5-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish Vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, buyurtmachi

Yakuniy manzilli ro‘yxatni (dasturni) shakllantirish va Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

Har hisobot yilining 1-martiga qadar

6-bosqich

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Manzilli ro‘yxatga kiritilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha hisoblangan dastlabki mablag‘larning 30 foizi maxsus hisobvaraqqa yo‘naltirilishini tashkil etish.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, buyurtmachi

Tasdiqlangan yig‘ma manzilli dasturga asosan dastlabki bo‘nak (avans) mablag‘larini buyurtmachiga o‘tkazilishini ta’minlash (loyiha-qidiruv ishlari va boshqa xarajatlar uchun).

Hisobot yilidan keyingi yilning 5-fevraliga qadar

8-bosqich

Buyurtmachi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Ta’mirlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender o‘tkazish.

Hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreliga qadar

9-bosqich

Buyurtmachi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Tanlov yoki tender g‘oliblari bilan shartnomalar tuzish va bo‘nak (avans) to‘lovlarini to‘lash.

Kelgusi yilning 1-mayiga qadar

10-bosqich

Buyurtmachi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Har oy bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi (loyiha-qidiruv ishlari uchun 100 foizi) miqdorida joriy moliyalashtirish.

Har oy yakuni bilan

11-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Har oy, chorak va yil yakuni bo‘yicha maxsus hisobvaraq hisobidan sarflangan mablag‘lar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.

Har oy, chorak va yil yakuni bilan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badalni (keyingi o‘rinlarda — majburiy badal) to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy badalni to‘lab berish uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya ajratiladigan ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlarini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi har oyning 2-sanasiga qadar joriy oy holati bo‘yicha “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik kelib tushgan ma’lumotlarni “Mening uyim” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — billing tizimi) ma’lumotlar bilan umumlashtiradi va tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ularni 5 ish kuni davomida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar Moliya vazirligi va Vazirlikning hududiy boshqarmalariga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar asosida ikki ish kuni davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda subsidiya ajratish uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida maxsus hisobvaraqlar ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga subsidiya ajratish bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda so‘rovnomalar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari besh ish kuni davomida so‘rovnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badal uchun subsidiya ajratish maqsadida tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman (shahar) hokimi subsidiya uchun zarur mablag‘lar tegishli moliyalashtirish manbalaridan sarflanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlikning hududiy boshqarmalari ikki ish kuni davomida maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar hisobidan “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning har bir mulkdorlari uchun billing tizimi orqali ularga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobvarag‘iga majburiy badal uchun subsidiya to‘lovini o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda majburiy badalni qoplab berishga mo‘ljallangan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda tegishli mulkdorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish organidagi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya ajratilgan har bir mulkdorga billing tizimi orqali tegishli oy uchun subsidiya ajratilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hisobot yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har oyning 25-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga ajratilgan subsidiya haqidagi ma’lumotni (hisobot-jadvalni) Vazirlikka hamda tegishli tumanlar (shahar) hokimligiga taqdim qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik respublika bo‘yicha ajratilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda subsidiya ajratilgan kalendar oyining oxirgi sanasiga qadar Moliya vazirligiga taqdim qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

I. Ma’lumotlarni shakllantirish

1-bosqich

Moliya vazirligi

“Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda yuborish.

Har oyning 2-sanasiga qadar

2-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Kelib tushgan ma’lumotlarni billing tizimidagi ma’lumotlar bilan umumlashtirish, tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda yakuniy ma’lumotlarni Moliya vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim qilish.

2 ish kuni davomida

II. Subsidiya ajratish

3-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar asosida majburiy badal to‘lovlarini to‘lab berishga subsidiya ajratish uchun g‘aznachilikda maxsus hisobvaraq ochish va tuman (shahar) hokimliklariga so‘rovnoma yuborish.

2 ish kuni davomida

4-bosqich

Tumanlar

(shaharlar) hokimliklari

So‘rovnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni mutanosib ravishda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratib, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalariga o‘tkazib berish.

5 ish kuni davomida

5-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari

Maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘larni ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning majburiy badallarini to‘lab berish uchun subsidiya tariqasida ajratish.

2 ish kuni davomida

6-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Billing tizimi orqali tegishli oy uchun majburiy badalni to‘lash maqsadida subsidiya ajratilganligi to‘g‘risida subsidiya ajratilgan har bir fuqaroga SMS-xabarnoma yuborish.

Avtomatik ravishda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________________

__________________________

(sana)

(tuman (shahar) nomi) hokimiga

____________

(chiqish raqami)

SO‘ROVNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___”_____ dagi ______-son qaroriga muvofiq, ____________ tumani (shahri)da ____ yil ________ oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ______birlik ijtimoiy himoyaga muhtoj oila(lar) ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilmoqda (ilova qilinadi), ularning ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi oldidagi majburiy to‘lovlari _______ so‘mni tashkil qiladi.

Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning majburiy badallarini to‘lab berish uchun subsidiya ajratish maqsadida besh ish kuni davomida boshqarmaning ________________________ g‘aznachilikda ochilgan maxsus hisobvarag‘iga ___________so‘m mablag‘ o‘tkazib berishingizni so‘raymiz.

Boshqarma boshlig‘i

_________

_______________________

‎‎‎‎(m.o‘.)

(imzo)

(F.I.Sh)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda — boshqarish organi) — qonunchilikda belgilangan tartibda elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan hamda ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — elektron reyestr) — vakolatli davlat organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish/chiqarish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish uchun mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting — ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turiladigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan ko‘p kvartirani uylarni boshqarish organlarini baholashning elektron tizimi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektron reyestr va reyting vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi va uning rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektron reyestr va reyting quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining yagona va ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash talablariga va ulardan foydalanishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bo‘yicha xizmatlarning sifatini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari va foydalanuvchilarining iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Reyting respublika hududlari kesimida (viloyatlar, tumanlar, shaharlar bo‘yicha) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organini elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentga muvofiq elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qaroriga asosan 7-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 26-mart — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qaroriga asosan 8-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 26-mart — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda boshqarish organining shaxsiy kabineti shakllantiriladi va unga kirish elektron raqamli imzo yordamida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqarish organi elektron reyestrdan chiqarilgan taqdirda, uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma’lumotlar elektron reyestrning arxiviga yuboriladi va doimiy saqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron reyestrni shakllantirish va yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron reyestrga boshqarish organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqarish organi boshqaruvidagi uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron reyestr tegishli davlat organlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlarni oladi va elektron reyestrdagi ma’lumotlarni har chorakda avtomatik ravishda yangilab boradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ko‘p kvartirali uy boshqarish organiga qonunchilikda belgilangan tartibda biriktiriladi va elektron reyestrda qayd etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli davlat organi o‘zida mavjud elektron tizimlarda boshqarish organiga qonunchilikda taqiqlanmagan ma’lumotlardan foydalanish hamda mazkur tizimlarda amaliyot bajarish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda boshqarish organi vakolatli davlat organiga tegishli elektron tizimlardan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartib hamda taraflarning kelishuviga ko‘ra foydalanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli davlat organi tomonidan boshqarish organi kuyidagi hollarda elektron reyestrdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi qonunchilikka muvofiq elektron reyestrga kirish uchun taqdim etgan hujjatlar haqqoniy emasligi, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilganligi holati tegishli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish organi tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan uyni boshqarishdan bir tomonlama voz kechish haqida qaror qabul qilingan vaqtdan uch oy muddat ichida boshqarish organi boshqaruviga uy biriktirilmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari bir kalendar yilda uch marta buzilganda va har bir holat yuzasidan tegishli davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish organi insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga kiritilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarish organini elektron reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli davlat organi tomonidan boshqarish organini elektron reyestrdan chiqarish to‘g‘risida uning shaxsiy kabinetiga uch kun oldin xabar yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qaroriga asosan 15-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 26-mart — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli davlat organi elektron reyestr ma’lumotlarining doimiy ravishda yangilanib borishi va barcha foydalanish uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Boshqarish organlari reytingini shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Boshqarish organlarining reytingi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Boshqarish organlarini baholash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Reytingni shakllantirish va hisoblash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari jalb qilinadi, ularning fikr-mulohazalari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda javob yoki fikr qoldirish shaxsiy kabinet orqali mol-mulkning kadastr raqami yoxud joy mulkdorining majburiy badali bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘i ko‘rinishidagi identifikator yordamida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli vazirlik va idoralar tomonidan vakolatli davlat organiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan — ish faoliyati to‘g‘risida (ro‘yxatga olingan sana, asosiy vositalarining qoldiq qiymati, soliq qarzdorligi, foyda solig‘i to‘lagunga qadar ko‘rilgan foyda yoki zarar);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan — xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida;
(19-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan — xodimlarning umumiy soni to‘g‘risida;
(19-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan — ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq qoidabuzarliklar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli davlat organi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Boshqarish organlari reytingini shakllantirish va hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qo‘mitasi har yili bir marotaba may oyining 10-sanasiga qadar taqdim etiladigan boshqarish organlari tomonidan davlat statistika hisoboti asosida vakolatli davlat organiga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining identifikatsiya raqamlari (STIR va boshqa zarur identifikatsiya raqamlari) bilan birga elektron ro‘yxatini yuboradi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi boshqarish organlarining elektron ro‘yxatini bir ish kuni ichida o‘z veb-saytiga joylashtiradi hamda tegishli vazirlik va idoralarga ma’lumot taqdim etish yuzasidan so‘rovnoma yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar reytingni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga so‘rovdan keyingi 5 ish kuni davomida taqdim etadi. Milliy statistika qo‘mitasi zarur ma’lumotlarni har yili bir marotaba may oyining 10-sanasiga qadar taqdim etadi;
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi uch kun muddatda reytingning avtomatik ravishda o‘z veb-saytida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va bir kun muddatda veb-saytda uning natijalarini e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Reyting ballarini hisoblash vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqarish organlari reytingi bo‘yicha uslubiy metodika asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Insofsiz boshqaruvchi tashkilotlar ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Elektron reyestrda ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining salbiy mulohazalari asosida insofsiz boshqarish organlari ro‘yxati shakllantiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga so‘nggi moliyaviy yil davomida ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlaridan 51 foizdan ortiq salbiy mulohazalar olgan boshqarish organlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ko‘p kvartirali uydagi mulkdorlar salbiy mulohazalariga sabab bo‘lgan muammo va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ushbu mulohazalar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga kiritilgan boshqarish organlari elektron reyestrdan chiqarilgan taqdirda, bir yil ichida elektron reyestrga qayta kirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda boshqaruvchi tashkilotlar reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi tashkilotlar reytingini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan boshqarish organlarining identifikatsiya raqamlari (STIR va boshqa zarur identifikatsiya raqamlari) bilan birga elektron ro‘yxatini vakolatli davlat organiga yuboradi.

Har yili bir marotaba may oyning 10-sanasiga qadar

2-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(vakolatli davlat organi)

Rasmiy veb-saytiga boshqaruvchi tashkilotlarning ro‘yxatini joylashtiradi va tegishli vazirlik va idoralarga ma’lumot taqdim etish yuzasidan so‘rovnoma yuboradi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Reytingni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

Vakolatli davlat organi so‘rovidan keyingi 5 kun davomida,

Milliy statistika qo‘mitasi — har yili bir marotaba may oyining 10-sanasiga qadar

4-bosqich

Vakolatli davlat organi

Boshqaruvchi tashkilotlar reytingini avtomatik ravishda hisoblab chiqishni ta’minlaydi.

3 kun davomida

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Rasmiy veb-saytida boshqaruvchi tashkilotlarning reyting natijalarini e’lon qiladi.

1 kun ichida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda boshqaruvchi tashkilotlar reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi tashkilotlarni baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Ulushi

1.

Ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlari mulohazalari

60%

2.

Ish faoliyati

7%

3.

Xodimlarning umumiy soni

6%

4.

Asosiy vositalarining qoldiq qiymati

5%

5.

Soliq qarzdorligi

5%

6.

Ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha ko‘rsatmalar soni

2,5%

7.

Ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

2,5%

8.

Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foyda

4%

9.

Foyda solig‘i to‘lagunga qadar zarar

4%

10.

Xodimlarning o‘rtacha ish haqi

4%

JAMI:

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan chet el boshqaruvchi tashkilotlari faqat birinchi mezon bo‘yicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov — tanlov hujjatida qayd etilgan ko‘p kvartirali uy(lar)ni boshqarish uchun ishlar (xizmatlar)ni bajarish (ko‘rsatish)ga eng maqbul bo‘lgan taklifni bergan boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini aniqlash tartib-tamoyili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov predmeti — tanlov obyektiga nisbatan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasini tuzish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov obyekti — tanlov o‘tkazilayotgan ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy mulkini boshqarish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy badal — ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va mukammal ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini saqlash, shu jumladan obodonlashtirish xarajatlari uchun joylar mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan to‘lov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferent — ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bo‘yicha tanlovdan manfaatdor bo‘lgan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining reytingiga kiritilgan va tanlov taklifini taqdim etgan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting — ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turadigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari baholashning elektron tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlari — tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tanlovni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, tanlov tashkilotchisi tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar to‘plami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tanlov predmetiga nisbatan oferent tomonidan taqdim etilgan taklif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasi (keyingi o‘rinlarda — ta’minot summasi) — tanlov tashkilotchisining talabiga binoan oferent tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat tarzida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma — tanlov tashkilotchisi tomonidan oferentga yuboriladigan, uni tanlov g‘olibi deb e’tirof etish va shartnoma tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiradagi g‘olib — tanlov yakunlariga asosan tanlov komissiyasining qarori bilan g‘olib deb e’tirof etilgan oferentning tanlov taklifidan so‘ng tanlov taklifi eng maqbul deb topilgan oferent.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy muddatda ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish usulini tanlash masalasi bo‘yicha ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sud qarori kuchga kirgandan so‘ng uch oydan keyin qayta umumiy yig‘ilish o‘tkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, ko‘p kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilganda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha uy-joy, kommunal sohadagi tashkilotlar bilan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida ko‘p kvartirali uy kengashining raisi tomonidan tuzilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkazish haqida e’lon beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlari oferentlar tomonidan yuklab olish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflari qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblash natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi va tanlov g‘olibi e’lon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma to‘g‘risida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari tanlov natijalari haqida xabardor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halol raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov bir yoki bir nechta ko‘p kvartirali uylarni boshqarish maqsadida shartnomalar tuzish huquqi uchun o‘tkaziladi. Agar ikki va undan ortiq ko‘p kvartirali uylarni boshqarishga shartnomalar tuzish huquqi uchun tanlov o‘tkazilsa, bunday ko‘p kvartirali uylar o‘zaro tutash bo‘lgan hududda joylashgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov bo‘yicha g‘olib bo‘lgan oferent mazkur hududda joylashgan yakka tartibda qurilgan uylarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarga (obyektlar) shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovni o‘tkazish kuniga qadar ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash haqida qaror qabul qilinib, mazkur qaror amalga oshirilgan bo‘lsa, tanlov bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov tashkilotchisi ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan qaror qabul qilinganligi haqida unga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab uch kun davomida tanlov bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov tashkilotchisi tanlov bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, tanlov tashkilotchisining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida tanlov bekor qilingan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlov ishtirokchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar (keyingi o‘rinlarda — tanlov ishtirokchilari) tanlovning ishtirokchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov tashkilotchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollar mavjud bo‘lganda, tanlovni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov o‘tkazilishi e’lon qilingandan keyin 5 ish kunidan kechiktirmay vakolat muddati 2 yildan ortiq bo‘lmagan tanlov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uning tarkibi va ish tartibini belgilaydi, komissiya raisini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlovni o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentlarning tanlov hujjatlaridan foydalanishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni o‘tkazish sanasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasi a’zolarining tanlov takliflarini o‘rganishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov g‘oliblari haqidagi axborotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari hamda tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuzilishini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar ta’minot summalari va tanlov tashkilotchisining boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va ta’minot summasi miqdorlari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining buyrug‘i asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq tanlov takliflarini o‘rganadi, tahlil qiladi va baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasi ishi tanlov tashkilotchisi tomonidan tayinlangan tanlov komissiyasi raisi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovda komissiyasi a’zolari umumiy sonining 50 foizidan ortig‘i ishtirok etsa, tanlov komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda, bayonnomada asoslantirilgan tushuntirish qoldirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov komissiyasining qarorlari uning yig‘ilishida ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘lsa, qaror tanlov komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov komissiyasining qarorlari tanlovda ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan bayonnomalar bilan tasdiqlangan kunda qabul qilinadi. Bayonnomalarni qalam bilan to‘ldirish va ularga tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov komissiyasi yig‘ilishlarida ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotlarni oferentlardan talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tanlov komissiyasi oferentlarning tijorat sirlari maxfiyligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov ishtirokchilari yoki ular vakolat bergan boshqa shaxslar tanlovda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov takliflari tanlov komissiyasining yig‘ilishida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi oferentlar takliflarini qabul qilish muddati tugagan kunga qadar tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga kiritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari bo‘lgan va/yoki tugatish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan oferentlar tanlovga qo‘yilmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollarda tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va uch kun davomida tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon (keyingi o‘rinlarda — e’lon) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. E’longa quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishning (xizmatning) batafsil tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov predmetining qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflarni yuborish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni o‘tkazish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’minot summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oferentlardan takliflarni qabul qilish muddati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov hujjatlarini tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov tashkilotchisi tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi va e’lon bilan bir vaqtda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oferentning ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun narx taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq oferentlarni baholash mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq ishlar (xizmatlar) ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Offerentlarning tanlovga takliflar taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mablag‘ tanlov tashkilotchisining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirilgani, tanlovda ishtirok etish uchun ta’minot summasi to‘langani va agar tanlovda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, tegishli litsenziyasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan boshqaruv amalga oshiriladigan umumiy mol-mulkning tarkibi, ko‘p kvartirali uyning manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni saqlashga, undan foydalanishga va uni ta’mirlashga oid xizmatlar hamda bajariladigan ishlar ro‘yxati, mazkur ro‘yxatni o‘zgartirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma narxini belgilash, shuningdek, to‘lovni to‘lab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisobot berish tartibi va muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasi bilan kelishilgan holda, tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni oferentlarning takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oferentlarning takliflarini qabul qilish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab kamida besh ish kuniga uzaytiriladi. Agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tanlov predmetini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Zarur hollarda tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasining tashabbusi bilan tanlov komissiyasi qarori asosida tanlov takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish yoki oferentlarga ularning tanlov takliflari amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent o‘z takliflariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov taklifini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tanlov takliflari quyidagi shakllarda e’londa belgilangan muddatdan kechiktirmay beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhrlangan konvertda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferent tomonidan tanlov hujjatlarini (“pdf” shaklda) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga yuklash yo‘li bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oferentlar tomonidan tanlov takliflari taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mablag‘ tanlov tashkilotchisining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tanlov takliflarining qabul qilinishi e’londa ko‘rsatilgan vaqtda to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tanlov hujjatlari bo‘yicha tushuntirish olish maqsadida oferentlar tomonidan yuboriladigan murojaatlarni qabul qilish tanlov tashkilotchisi tomonidan e’londa belgilangan tugash muddatidan ikki kun oldin to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan barcha murojaatlarga tanlov tashkilotchisi tomonidan ikki kun muddatda tushuntirishlar berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugaganda tanlov komissiyasi oferentlar ishtirokida muhrlangan konvertlardagi tanlov takliflarini ochadi va bu haqda bayonnoma rasmiylashtiradi. Kelib tushgan tanlov takliflari konvertlar ochilgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tanlov komissiyasi quyidagi hollarda tanlov takliflarini rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflari tanlov hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentning komissiya a’zosi bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik yoki tugatish bosqichida bo‘lsa hamda oferentning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli organlar tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa.
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tanlov quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birorta oferent ishtirok etmagan taqdirda. Bunday holatda tanlov tashkilotchisi tanlovni tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda va ishlarga (xizmatlarga) doir ayni o‘sha talablarga muvofiq takroran o‘tkazishi shart. Bunda tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishga, reyting bahosi qismidagi oferentning tanlovga kirish talabini pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tanlov komissiyasi barcha tanlov takliflarini rad etsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘olib va zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishni rad etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, tanlovni belgilangan tartibda takroran o‘tkazish bo‘yicha e’lon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Baholash mezonlari asosida yig‘ilgan umumiy ballar natijalariga ko‘ra tanlov g‘olibi va zaxiradagi g‘olib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tanlov g‘olibini aniqlash yakunlariga ko‘ra, tanlov komissiyasi a’zolari bir ish kuni ichida bayonnomani ikki nusxada tuzadi va tasdiqlaydi. Tanlov tashkilotchisi uch kun davomida tasdiqlangan bayonnomaning bir nusxasini ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi loyihasi bilan birga tanlov g‘olibiga taqdim etadi. Bayonnomadan ko‘chirma Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash haqidagi bayonnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasi ishtirok etgan a’zolar va oferentlar vakolatli vakillarining tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarini baholash natijasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qaror, tanlov g‘olibi va zaxiradagi g‘olib haqidagi ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oferent tanlov yakunlari bo‘yicha tushuntirish berish haqida tanlov tashkilotchisiga so‘rovnoma berishga haqli. Tanlov tashkilotchisi so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki kun davomida yozma shaklda tushuntirish beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oferent tanlov natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar, shu bilan birga bayonnomalar, tanlov hujjatlari, unga berilgan tushuntirishlar, tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan audio va videoyozuvlar tanlov tashkilotchisi tomonidan uch yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tanlov tashkilotchisi bayonnoma tasdiqlangan kundan boshlab bu haqda o‘n kun davomida barcha ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarini tanlov natijalari va shartnoma loyihasini ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga qulay bo‘lgan joylarda — ko‘p kvartirali uylarga kirish yo‘laklaridagi va/yoki tutash hududidagi e’lonlar taxtasida joylashtirish orqali ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tanlov tashkilotchisi tanlov g‘olibi e’lon qilingan paytdan boshlab ikki ish kuni davomida unga tanlov yakunlariga ko‘ra xabarnomani taqdim qiladi. Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab tanlov tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Xabarnoma tanlov bekor qilinmagan hamda tanlov tartib-taomillari buzilmagan taqdirda yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tanlov g‘olibi tanlov hujjatlari va tanlov taklifida ko‘rsatilgan shartlar asosida o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani tanlov g‘olibi e’lon qilingan paytdan boshlab tanlov tashkilotchisiga va ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga o‘n kun muddatdan kechiktirmay taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tanlov g‘olibi xabarnomani tasdiqlashdan yoki mazkur Nizomning 50-bandida belgilangan muddatlarda o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga va tanlov tashkilotchisiga taqdim etmasa, tanlov g‘olibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan deb hisoblanadi va ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasini imzolash huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga ta’minot summasi qaytarib berilmaydi. Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi g‘olib taklif etgan narx g‘olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‘lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, tanlov amalga oshmagan deb hisoblanadi va tanlov takroran o‘tkazilishi e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tanlov g‘olibi (agar shartnoma tuzishdan bosh tortgan bo‘lsa, zaxiradagi g‘olib) tomonidan mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga yuborilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bir oy davomida imzolanmagan taqdirda, mazkur shartnoma tanlov shartlari asosida tuzilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Tanlov tashkilotchisi va tanlov ishtirokchilarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tanlov tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tartibi buzilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentlar to‘g‘risidagi taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflarining uch yil davomida xavfsiz saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘olib deb topilmagan oferentlarga tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasining o‘z vaqtida qaytarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani o‘z vaqtida rasmiylashtirish va tanlov g‘oliblari haqidagi axborotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tanlov komissiyasi tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentdan tanlov hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni asossiz talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlari buzilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari bo‘lgan, shuningdek, tugatish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan oferentlarning tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yish;
(55-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferentni tanlovda ishtirok etishdan asossiz ravishda chetlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini o‘zgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Oferent o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar haqqoniyligi va ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________
‎ (oferent nomi (boshqaruvchi tashkilot uchun — tashkilot nomi,
‎ boshqaruvchi uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi)


‎Ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun
‎NARX TAKLIFI
‎(1-shakl)


‎______________________________________________________________________________
‎(ishlar, xizmatlar nomi)
‎‎‎

‎‎1. Biz (men) quyida imzo chekuvchi, ko‘p kvartirali uylar joylashgan hududni, tanlovning umumiy, texnik va tijorat talablarini o‘rganib chiqqanligimizni tasdiqlaymiz hamda tanlov shartlariga muvofiq barcha ishlarni
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎‎(raqam va yozuv bilan, QQS bilan)

‎‎so‘mga bajarish va tugatishni hamda barcha aniqlangan nuqsonlarni belgilangan vaqtda bartaraf etishni taklif etamiz (etaman).
‎2. Tanlov taklifimiz qabul qilingan taqdirda, shartnomada belgilangan tartibda ishlarni boshlash majburiyatini olamiz.
‎‎‎3. Tanlov taklifimiz (taklifim) baholash uchun ochilgan kundan boshlab ________________________________
‎‎kalendar kun mobaynida haqiqiydir.

(raqam va yozuv bilan) ‎‎‎

‎‎4. Qabul qilingan xabarnoma Siz bilan rasmiy shartnoma tuzishga majburligimizni (majburligimni) tasdiqlaydi.
‎5. Tanlov tashkilotchisi va tanlov komissiyasi boshqa ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflaridan eng past narx taklifini qabul qilishga majbur emasligiga rozilik bildiramiz (bildiraman).
‎6. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlari tanlov tashkilotchisiga belgilangan shaklda, ishlar (xizmatlar)ni bajarishning butun davri mobaynida har oyning 2-sanasiga qadar taqdim etib borilishini kafolatlaymiz.‎

‎‎Boshqaruvchi tashkilot rahbari
‎ yoki boshqaruvchining F.I.O.

________________
‎(imzo)

‎‎20___ yil “____” ___________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oferentlarni baholash mezonlari*
(2-shakl)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Taqdim qilish tartibi

1.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha shartnomaning mavjudligi (uydagi kvartiralar soni)

Shartnoma nusxasi taqdim qilinadi

2.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati

Rahbar imzosi bilan tasdiqlangan xizmatlar ro‘yxati har bir xizmat narxlarining hisob-kitobi ilova qilingan holda taqdim etiladi

3.

Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi sifatidagi ish tajribasi

Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi

4.

Xodimlar soni, shu jumladan, texnik xodimlar soni

Xodimlar jadvali taqdim etiladi

5.

Texnik xodimlarining sertifikatlarga egaligi

Sertifikatlar nusxalari ilova qilinadi

6.

Avariya-dispetcherlik xizmatining mavjudligi (telefon raqami)

Joylar mulkdorlari tomonidan tasdiqlanadi

7.

Moddiy-texnik bazaning mavjudligi (binolar maydoni/soni, kichik mexanizatsiya vositalari va jihozlarining soni)

Rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan binolar, jihozlar va kichik mexanizatsiya vositalari ro‘yxati taqdim qilinadi

8.

Billing tizimining mavjudligi

Joylar mulkdorlari tomonidan tasdiqlanadi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu mezonlar ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining talablariga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq ishlar (xizmatlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-shakl)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishlar (xizmatlar) turi*

Narxi, so‘m/kv.m

1.

Ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini boshqarish xizmatlari

2.

Ko‘p kvartirali uyning umumiy mulki hududida tozalash va obodonlashtirish

3.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari hududini tozalash va obodonlashtirish (shu jumladan, agrotexnik tadbirlar)

4.

Lift uskunalarini saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

5.

Ichki ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (mansublik chegaralari doirasida)

6.

Ichki issiq suv ta’minoti va isitish tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (mansublik chegaralari doirasida)

7.

Ichki elektr ta’minoti tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (mansublik chegaralari doirasida)

8.

Ichki ventilyatsiya tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish

9.

Videokuzatuv

10.

Qo‘riqlash xizmati

11.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

12.

Deratizatsiya va dezinfeksiya xizmati

13.

Ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash, shu jumladan:

kirish yo‘laklaridagi oynalarni almashtirish;

temir qulfli eshik o‘rnatish;

fasadni bo‘yash;

yerto‘la va yo‘laklardagi ichki muhandislik kommunikatsiyalarini

tiklash (mansublik chegaralari doirasida);

tomni ta’mirlash;

boshqa turdagi ishlar.

Jami, ishlar (xizmatlar)ning umumiy qiymati

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu ishlar (xizmatlar) turi ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining talablariga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 09/22/47/0087-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)