1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
1. |
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bug‘doyni xarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda: don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida xarid qilinadigan g‘alla hajmini aniqlash; xarid qilinadigan g‘alla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-may |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. |
Don va non mahsulotlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan g‘allani saqlash tartibini ishlab chiqish. Bunda, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sig‘imlarini sertifikatlash nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, |
|
3. |
“O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish. 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan choralar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: korxonalarning don saqlash sig‘imlarini (quvvatlarini) xatlovdan o‘tkazish; “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlash; “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash. |
Loyiha ofisini tuzish Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 20-mart 2020-yil 10-may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
4. |
“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda saqlanayotgan davlat zaxirasidagi bug‘doyni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini ko‘rish. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlari uchun xarid qilinadigan bug‘doyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar va xususiy korxonalar mas’ul hisoblanadi. Davlat zaxirasidagi bug‘doyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 20 aprel |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
5. |
Don saqlashga talabgor bo‘lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda attestatsiyadan o‘tkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar ro‘yxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan g‘alla saqlanayotgan omborlarda g‘allaning sifati va miqdori bo‘yicha to‘g‘ri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat o‘rnatilishini ta’minlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2020-yil 25-aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
6. |
Don va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun xarid qilinadigan bug‘doy hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
7. |
2020-yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan bug‘doy uchun shartnoma munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish. Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urug‘lik don) bug‘doyni xarid qilish choralari ko‘riladi. |
Namunaviy shartnoma loyihasi Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil 15 mart |
Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
8. |
Fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan donni don saqlovchi sig‘imlarga ega bo‘lgan korxonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil 15-may, |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Fermer xo‘jaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazish, xo‘jaliklar bilan birja brokerlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-aprel, |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika tovar xom ashyo birjasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari hamda g‘alla yetishtirishning prognoz xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilib borish. |
Byulleten chop etish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish |
Har yili 1-avgust |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
11. |
Ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan donni temir yo‘lda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil 5-aprel |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi |
|
12. |
Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish. Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish ko‘zda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-iyun |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, tijorat banklari |
|
13. |
“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
2020-yil don hosilini o‘rish-yig‘ish davrida texnika ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil may |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
15. |
Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olingan bug‘doyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil iyul-avgust |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
16. |
Hududlarda donni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
17. |
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatidan donni (xarid narxlari) chiqarish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-aprel |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK |
|
18. |
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har hafta |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
|
1. |
A. Aripov |
— |
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi |
|
2. |
O‘. Barnoyev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari |
|
3. |
R. Gulyamov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
4. |
B. Mavlonov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari |
|
5. |
J. Qo‘chqorov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
6. |
M. Nurmuratov |
— |
Markaziy bank raisi |
|
7. |
J. Xodjayev |
— |
qishloq xo‘jaligi vaziri |
|
8. |
A. Ergashev |
— |
moliya vaziri o‘rinbosari |
|
9. |
S. Bekenov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
10. |
A. Ravshanov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
|
11. |
A. Ortiqov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
|
12. |
A. Vaxobov |
— |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i |
|
13. |
B. Musayev |
— |
Davlat soliq qo‘mitasi raisi |
|
14. |
A. Abdullayev |
— |
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi |
|
15. |
R. Mamatqulov |
— |
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi |
|
16. |
M. Abdullayev |
— |
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi |
|
17. |
A. Xaitov |
— |
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
|
18. |
F. Po‘latov |
— |
“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi |
|
19. |
R. Xaitov |
— |
“O‘zagroservis” AJ boshqaruvi raisi |
|
20. |
J. Mirzamahmudov |
— |
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi |
|
21. |
A. Isroilov |
— |
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori, Kengash kotibi |