1-ILOVA
№ | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar |
1. | Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorga muvofiq yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish maqsadida agentlik to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: intellektual o‘yinlarni o‘tkazish tartibini, o‘tkaziladigan joyni belgilash; hakamlar hay’ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakllantirish hamda intellektual o‘yinlarga qo‘yiladigan savollar maxfiyligini ta’minlash; intellektual o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish; intellektual o‘yinlar ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron platformaga kiritilishini ta’minlash; intellektual o‘yinlar natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarning keyingi bosqichda ishtirok etishini ta’minlash hamda respublika bosqichini tashkil etish va g‘olib jamoalarni taqdirlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2022-yil mart | - | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Intellektual o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini tasdiqlash. | Tashkiliy qo‘mita qarori | 2022-yil aprel | - | Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), “Zakovat” intellektual klubi” NNT (A. Abdullayev), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X. Umarova) |
3. | Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari, Prezident ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublarining doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil apreldan boshlab bosqichma-bosqich | Ta’lim muassasalari va Yoshlar markazlari mablag‘lari | Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X. Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), “Zakovat” intellektual klubi” NNT (A. Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
4. | “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilarni har yili chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yildan boshlab har yili | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
5. | Jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash va respublika bosqichlarida ishtirok etishi uchun ularga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasidan alohida xona ajratish va “Zakovat burchagi”ni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil may | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi mablag‘lari | O‘zbekiston milliy kutubxonasi (U. Teshabayeva), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
6. | “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi barcha ma’lumotlarni yagona veb-saytga joylashtirish. Bunda: ishtirokchilar uchun shaxsiy kabinetlar yoki ID-kartalar yaratish; tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyatini yaratish; o‘tkazilgan tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlari videoyozuvini to‘liq hajmda veb-saytga joylashtirish; “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish uchun talablarni belgilash; “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi o‘rgatuvchi videoroliklarni joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | “Zakovat” intellektual klubi” NNT (A. Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
7. | “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yildan boshlab har yili | - | Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Yoshlarning iqtidorini namoyon etish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida hududlarda Intellektual parklar barpo etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillarda | Loyiha-smeta hujjatlari asosida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
9. | Intellektual musobaqalar g‘oliblari va iqtidorli yoshlar uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yildan boshlab har yili | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), |
10. | Respublikamiz tuman (shahar)laridan birini “Intellektual hudud” deb e’lon qilish hamda ushbu hududdagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish. | Tashkiliy qo‘mita qarori | 2022-yildan boshlab har yili | Ijrochilar mablag‘lari | Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
11. | Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida dunyo tan olgan olimlar, jumladan Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “Zakovat” intellektual klubi” NNT (A. Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Yoshlarning intellektual salohiyatini reyting baholash va ularning elektron bazasini shakllantirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), “Zakovat” intellektual klubi” NNT (A. Abdullayev) |
2-ILOVA
1. | A.A. Abduvaxitov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qo‘mita rahbari |
2. | A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari |
3. | A.X. Toshkulov | — | oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
4. | B.O. Saidov | — | xalq ta’limi vaziri |
5. | I.Yu. Abdurahmonov | — | innovatsion rivojlanish vaziri |
6. | Sh.X. Shermatov | — | axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
7. | X.U. Umarova | — | Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori |
8. | J.A. Artikxodjayev | — | Toshkent shahar hokimi |
9. | Lavozimiga ko‘ra | — | Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari |
10. | A.J. Xadjayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
11. | X.G‘. Xudoyberdiyev | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari |
12. | A.M. Abdullayev | — | “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari |
13. | Lavozimiga ko‘ra | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |
14. | A.X. Xolmaxmatov | — | Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita kotibi |