09.09.2020 yildagi PQ-4821-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda koʻrilgan choralar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksporti 2017-yilga nisbatan 2019-yilda 2 baravarga koʻpayishiga, yiliga 10 million tonnadan ortiq sabzavot, 17 million tonnadan ortiq boshqa dehqonchilik mahsulotlari va 2,5 million tonna goʻsht yetishtirishga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga toʻliq javob bermasligi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar orasida oʻzaro munosabatlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni ochishda toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro sifat standartlari asosida qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet investitsiyalar oqimining taʼsirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorga asosan yuklatilayotgan qoʻshimcha vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 ta shtat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazir oʻrinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasining 8 ta shtat birligi qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartibi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasining tugatish yakunlariga koʻra qoldiq mablagʻlarini Jamgʻarmaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish uchun Hukumat kafolati ostida jalb etilgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar oldidagi tugatilayotgan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKning qarz mablagʻlarini grafik boʻyicha toʻlab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarining keng jalb qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarining “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)” hamda “5410500-Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tegishli taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar)da soha boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyotlarini oʻtash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar oziq-ovqat texnologiyalari sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan talabalarning amaliyotlarini oʻtash yuzasidan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali nomzod boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha tumanlarning diversifikatsiyalanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini tanlov asosida zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) bilan birgalikda uch oy muddatda oziq-ovqat sanoatida import qilinayotgan tovarlar turi, tasnifi, miqdori, narxi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalar boʻyicha doimiy yangilanib boradigan maʼlumotlar bazasini yaratsin va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish, savdo-logistika hamda saqlash markazlarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar respublikada qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud ichki talabni hisobga olgan holda 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan sanoatbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-martga qadar meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni jadal rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzoqov qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularning eksport hajmlarini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan xolda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini aniqlasin va loyihalarni ishga tushirish uchun doimiy amaliy yordam koʻrsatib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qarorda belgilangan tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2492-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4821-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2020-y., 07/20/4821/1271-son; 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)