Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2894-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-yanvar,
IHL-1879/21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi INL-1879/21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 va 13-bandlardagi “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “ilmiy yoki taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Ilmiy yoki taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 33-bandning birinchi xatboshisidagi “Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Ilmiy va taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 37-bandning birinchi xatboshisidagi “talabgorning oliy maʼlumot haqidagi diplomi nusxasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 48-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)