1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda — mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi o‘rinlarda — Yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/163/0820-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’atni targ‘ib qilish borasida — “San’at g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida — “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini o‘tkazadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida — “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida — “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida — “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yetakchilar ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan tadbirlar mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini ta’minlab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi (Turdiyev) va Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev):
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Yoshlar nuroniylar e’tiborida” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini ta’minlasin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda hududlar kesimida kamida bir marotaba havaskor yoshlar orasida musobaqalar o‘tkazilishi bo‘yicha yillik reja-grafiklarini tasdiqlab, amalga oshirilishini ta’minlasin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musobaqalarda ijobiy natijalarga erishgan yoshlar sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi va professional sportchi bo‘lib yetishishi uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar Yetakchilar tomonidan mahallalarda tadbirlar o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada ko‘rsatilgan yordam turlari Yetakchining tavsiyasi asosida beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi yuqorida ko‘rsatiladigan yordam turlarini berishni ko‘zda tutilgan har bir murojaatning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur o‘rgangan holda ularni berish uchun mas’ul idora va tashkilotlarga o‘z tavsiyasini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi beriladigan tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yordam turlarini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi mexanizmlarni ixchamlashtirish va soddalashtirish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorga (direktor o‘rinbosariga) birinchi prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) maqomi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va Yetakchilar faoliyatiga ko‘maklashish uchun mas’ul deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar masalalari bilan shug‘ullanish va hududlarda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 10 008 nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan ta’minlanishi choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarning lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Yetakchilar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv seminarlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga o‘quv seminarlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi, Yetakchi lavozimidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kadrlarning amaldagi zaxirasini shakllantirish vakolatiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan xodimlarini kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritib safarbar qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchining mehnatiga to‘lanadigan haq va boshqa to‘lovlar, unga nisbatan tatbiq etiladigan imtiyozlar ushbu qaror bilan belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan har bir Yetakchining ish faoliyatini to‘liq raqamlashtirsin hamda quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimini (KPI) joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini kunlik amalga oshirish holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarda mahalladagi yoshlarni to‘liq qamrab olinganlik darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini raqamlashtirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda yurgan mahalla yoshlari bilan yaqindan aloqaning yo‘lga qo‘yilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchilar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan xizmat xonalarini ajratsin va ularni moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter to‘plami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Yetakchilarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda planshetlarda foydalaniladigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin va Yetakchilarga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Moliya vazirligi ushbu qaror bilan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha daromad va iqtisod qilinadigan mablag‘lari doirasida ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularga o‘z vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla — tuman — viloyat — respublika” boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha ishlar samaradorligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchilar faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yoshlar ishlari agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Yetakchining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash bo‘yicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har haftada hokimlar va Yetakchilar ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetakchilar faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy bo‘linmalarining talabnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘ ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini ta’minlasin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi K.K. Kuranbayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har olti oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-92-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Yordam turi
Tavsiya mazmuni
Xulosa kimga taqdim etilishi
1.
Moddiy ahvoli qiyin yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.
Moddiy yordam berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi)
2.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi kompensatsiyasini qoplash uchun — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
3.
Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
4.
Mamlakatdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
5.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
6.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
7.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun tijorat banklari tomonidan 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berish.
Kafillik berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
8.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lashda alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya berish.
Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga
9.
Sport to‘garaklarini tashkil etish uchun mahallada bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berish.
Ijaraga berish yuzasidan tavsiya
Yoshlar ishlari agentligiga
10.
Ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Vasiylik kengashiga
11.
Yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan qismi hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish.
Xarajatlarni qoplash yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Yoshlar ishlari agentligiga
12.
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Yoshlar ishlari agentligiga
13.
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.
Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
K.K. Kuranbayev
—
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Komissiya raisi
2.
J.T. Jo‘rayev
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari
3.
A.Z. Sa’dullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya raisi o‘rinbosari
4.
O.M. Kozixonova
—
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi
5.
Sh.B. Joldasova
—
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi
6.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
7.
S.B. Abdullayev
—
Prezident Administratsiyasining sho‘ba mudiri
8.
F.S. Qosimov
—
Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti rahbari
9.
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
10.
K.A. Sharipov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
11.
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
12.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
13.
Sh.J. To‘xtaboyev
—
Bosh prokuror o‘rinbosari
14.
S.D. Mamayusupov
—
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari
15.
H.A. Karshiyev
—
mudofaa vaziri o‘rinbosari
16.
Lavozimiga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
17.
R.O. Karimjonov
—
raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari
18.
S.S. Boboqulov
—
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari
19.
A.A. Kamalov
—
Markaziy bank raisi o‘rinbosari
20.
Sh.M. Rabiyev
—
adliya vaziri o‘rinbosari
21.
N.B. Kadirov
—
favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari
22.
M.A. Safarov
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari
23.
S.S. Sayidov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
24.
O.A. Xasanov
—
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
25.
S. Turdiyev
—
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi
26.
A.A. Xaitov
—
O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi
27.
A.M. Muminov
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari, Komissiya mas’ul kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “pervichnimi organizatsiyami Soyuza molodeji Uzbekistana” so‘zlari “territorialnimi podrazdeleniyami Agentstva po delam molodeji” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Soyuz molodeji Uzbekistana (K. Kuranbayev)” so‘zlari “Agentstvo po delam molodeji (A. Sa’dullayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3402-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari” so‘zlari “Farmoni” so‘zi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 7-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-son qarorida:
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)