14.01.2022 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini, yerlarni muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish hamda yer tuzish tadbirlarini o‘tkazish tartiblarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringini O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringini davriy, joriy va tezkor monitoring shakllarida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi davomida olingan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi yerlari holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlashda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati respublikaning butun hududida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish yuzasidan so‘rovlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazish uchun asos bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlari Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlariga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar, buyurtmachilarning mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlari istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan bajariladigan hamda xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish ishlari shakllarida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish (yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantirilishi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va doimiy kuzatuv monitoringini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, keyinchalik integratsiya qilgan holda muntazam ravishda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning yer turlari va maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (yer egalari, yerdan foydalanuvchilari va ijarachilari kesimida) elektron ko‘rinishda yer hisoboti bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari — texnik ekinlar (g‘o‘za, kanob, kannabis, tamaki, supurgi), boshoqli don ekinlari (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori don uchun, oq jo‘xori, sholi, tariq, suli, javdar), sabzavot (pomidor, bodring, piyoz, sabzi, karam, baqlajon, qalampir, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, turp, sholg‘om, ko‘katlar), poliz (qovun, tarvuz, oshqovoq), kartoshka, moyli ekinlar (kungaboqar, soya, yer yong‘oq, kunjut, zig‘ir, masxar), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh ), ozuqa ekinlari (beda, makkajo‘xori silos uchun, xashaki lavlagi, bir yillik o‘tlar (raps, perko, tritikali, sudanka), rezavor ekinlar (qulupnay, malina) va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringi — ekinlarni joylashtirish ko‘rsatkichlari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni o‘lchash, shuningdek, ekin maydonlarida o‘tkaziladigan yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z muddatlarida bajarilishi yuzasidan kuzatuv olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar monitoringi — mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda, jumladan, haydaladigan ekin yerlari, ko‘p yillik daraxtzorlar, bo‘z yerlar, pichanzor va yaylovlar, shuningdek, ularga xizmat qiluvchi boshqa yer turlarining (ariq, zovur, yo‘l va boshqalar) holati bo‘yicha kuzatuv tizimi (fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar egallagan yerlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi mulkchilik shakli, huquqiy rejimi, xususiyati va foydalanish muddatlaridan qati nazar, yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda amalga oshiriladi va ular monitoring obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), uning hududiy bo‘linmalari hamda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdaverloyiha” instituti) va uning hududiy bo‘linmalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlaridan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, yer uchastkalari chegarasi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul asosida oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi ushbu yerlarning tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar materiallaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekinlarni monitoring qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning turlari bo‘yicha ularning maydoni va ushbu yerlardan foydalanish holati yuzasidan monitoring tizimini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlarining oldini olish va aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli idoralarni axborot bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar qishloq ho‘jaligi ekinlari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda ekinlarni joylashtirish ko‘rsatkichlari asosida ekinlarning konturlar bo‘yicha ekilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlari davriyligi bo‘yicha quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni turlari va maydoni bo‘yicha har besh yilda xatlovdan o‘tkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan har yili monitoringni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor monitoring — qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va ularda yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan kunlik monitoringni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda davriy monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda davriy monitoring (keyingi o‘rinlarda — davriy monitoring) ishlari quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining buzilishi oqibatida holati yomonlashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarning maydoni va holatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan, bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning maydoni va holatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdan chiqib ketgan va qayta foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning maydoni va holatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida axborot bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davriy monitoringdan oldin tayyorgarlik ishlari jarayonida quyidagilar o‘rganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanning yoki hududning ixtisoslashuvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan, shartli sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlarining maydoni va holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘zor, tokzor, tutzor va boshqa mevali ko‘p yillik daraxtzorlar, shuningdek, ko‘chatzorlarning maydonlari va holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘z yerlar, pichanzor va yaylovlardan foydalanish holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning meliorativ holati o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar, meliorativ tadbirlarni o‘tkazish holatlari va ushbu yerlarning suv bilan ta’minlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan, bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar maydoni va holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish yuzasidan o‘tgan davrdagi monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tumanlar ma’muriy-hududiy chegarasi bo‘yicha davriy monitoring ishlari har besh yilda bir marta “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirishda quyidagi kartografik materiallar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan va lalmi zonalar uchun — 1:10000, 1:25000 masshtabdagi, kichik yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar uchun 1:5000, 1:2000 masshtabdagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cho‘l zonalari, tog‘ va tog‘oldi hududlar uchun — 1:25000, 1:50000, zaruratga ko‘ra 1:100000 masshtabdagi kartografik materiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tayyorgarlik ishlari davrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi bo‘yicha quyidagi hujjatlar to‘planadi va o‘rganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi va yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar maydoni va ularning elektron raqamli xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda o‘tkazilgan xatlov va monitoring materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq, meliorativ, geobotanik va boshqa tadqiqotlar, shuningdek, xo‘jalik ichki va xo‘jaliklararo yer tuzish loyiha hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dala kuzatuv ishlari davrida aniqlangan o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer maydonlari kartografik materiallarida hamda “O‘zdaverloyiha” institutida yaratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ma’lumotlar bazasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davriy monitoring “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari mutaxassislari bilan birgalikda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar (yoki ularning vakili) ishtirokida joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davriy monitoring natijalari asosida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar kesimida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va yer hisobotiga nisbatan amalda foydalanayotgan yer maydonlari taqqoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning joriy holati va ulardan foydalanish bo‘yicha qisqacha sharh beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davriy monitoring jarayonida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan, bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy monitoring natijalari monitoring yakunlangan kunda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar hamda hududlar kesimida jamlanadi, monitoring natijalari dalolatnoma asosida rasmiylashtirilgan holda tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma besh ish kuni ichida tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davriy monitoring jarayonida yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, tegishli ma’lumotlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi inspektorlarga bir ish kuni ichida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davriy monitoring natijalari bo‘yicha ikki nusxada yig‘majild shakllantiriladi. Yig‘majildning asl nusxasi ishni bajaruvchi “O‘zdaverloyiha” instituti hududiy bo‘linmasida, ikkinchi nusxasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlari yakuni bo‘yicha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer turi, konturi, chegarasi haqidagi barcha ma’lumotlar o‘n ish kuni ichida “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi hamda ushbu ma’lumotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan joriy monitoringni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan joriy monitoring (keyingi o‘rinlarda — joriy monitoring) quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishda bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadiga ko‘ra samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining buzilishi oqibatida holati yomonlashgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish choralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan, bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ochiq elektron tanlovga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, mahalliy hokimiyat organiga taqdim etish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Joriy monitoringdan oldin tayyorgarlik ishlari jarayonida mazkur Nizomning 13-bandida qayd etilgan ma’lumotlar o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Joriy monitoring tuman ma’muriy-hududiy chegarasi bo‘yicha “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Joriy monitoring bo‘yicha dala kuzatuv ishlari davrida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer uchastkalari chegaralarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kartografik materiallarda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Joriy monitoring “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar (yoki ularning vakili) ishtirokida joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Joriy monitoring natijasi bo‘yicha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning mavjud yer maydonlaridagi yer turlari o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yangilanadi, shuningdek, tegishli masshtabdagi kartografik materiallar tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Joriy monitoring asosida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli topshiriqlarga asosan “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Joriy monitoring asosida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar kesimida yer turi va maydonlari bo‘yicha ma’lumotlar, tegishli masshtabdagi kartografik materiallar hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlar kesimida ekilishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Joriy monitoring jarayonida yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, ma’lumotlar “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan bir ish kunida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat inspektorlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Joriy monitoring natijalariga ko‘ra ikki nusxada yig‘majild shakllantiriladi. Yig‘majildning asl nusxasi ishni bajaruvchi “O‘zdaverloyiha” instituti hududiy bo‘linmasida saqlanadi, bir nusxasi tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlari bo‘yicha monitoring yakuniga ko‘ra yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer turi, konturi, chegarasi haqidagi barcha ma’lumotlar o‘n ish kuni ichida “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi hamda ma’lumotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan tezkor monitoringni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va ularda yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan tezkor monitoring (keyingi o‘rinlarda — tezkor monitoring) quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda ekinlarni joylashtirish ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning konturlar bo‘yicha to‘liq va sifatli ekilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin maydonlarida yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z muddatlarida bajarilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tezkor monitoring tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joyga chiqqan holda kunlik monitoring orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tezkor monitoring jarayonida quyidagi ma’lumotlar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning foydalanishida bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda joriy yil uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalaridan belgilangan tartibda shartnoma asosida hududlarning tegishli masshtabdagi qishloq xo‘jaligi xaritalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallaridan yer maydonlarining konturlar bo‘yicha hisoblash qaydnomasi va fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan, bo‘sh turgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mavsumiga ko‘ra to‘liq ekib tugallangandan so‘ng tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tezkor monitoring natijasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar (yoki ularning vakili) ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kunlik monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va “O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tezkor monitoring tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, manfaatdor tashkilotlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor monitoring joylashtirish ko‘rsatkichlariga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda ekilgan barcha ekin maydonlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekinlarni joylashtirish ko‘rsatkichlariga taqqoslanadi, shuningdek, hududning tegishli masshtabdagi qishloq xo‘jaligi xaritasiga yakuniy monitoring ma’lumotlari shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tezkor monitoring jarayonida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlariga nisbatan to‘liq ekmaslik, yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlamaslik yoki kechiktirish, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli ma’lumotlar bir ish kuni ichida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi inspektorlarga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tezkor monitoring natijasi bo‘yicha bir nusxada yig‘majild shakllantirilib, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda ekinlarning to‘liq ekilishi yuzasidan tezkor monitoring ma’lumotlari o‘n ish kuni ichida “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Monitoring materiallaridan foydalanish va ularni saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Monitoring natijasi bo‘yicha olingan barcha ma’lumotlar mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat inspektorlariga hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish davomida olingan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari monitoring ma’lumotlarining belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Davlat organlaridan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar yer uchastkalari chegarasi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul oladi.

2. Monitoring ishlarini yerlarning tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar materiallaridan foydalangan holda amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari

Monitoring ishlarini davriyligi bo‘yicha amalga oshiradi:

a) davriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer turlari va maydoni bo‘yicha xatlovdan o‘tkazib borish;

Har besh yilda

b) joriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

Har yili

v) tezkor monitoring — qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan kunlik monitoringni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini davriyligi bo‘yicha amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

2. Monitoring natijalarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va hududlar kesimida jamlaydi, monitoring natijalarini dalolatnoma asosida rasmiylashtirgan holda tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga taqdim etadi.

Monitoring yakunlangan kunda

4-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari

Monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi.

Besh ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Monitoring yakuni bo‘yicha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer turi, konturi, chegarasi haqidagi barcha ma’lumotlarni “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi.

2. Monitoring yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritadi.

O‘n ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish — yer uchastkalaridan ajratib berish hujjatlarida belgilangan maqsad bo‘yicha foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan samarali foydalanish — yer uchastkasining ma’lum qismidan atrof-muhit muhofazasini ta’minlagan holda, tuproq unumdorligini saqlab yoki oshirib, shu yer uchastkasida mahsulotni yetishtirish uchun sarflangan sarf-xarajatlar narxidan ko‘p bo‘lgan hajmda mahsulot yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan xo‘jasizlarcha foydalanish — berilgan yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha zarur bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirmasdan, xo‘jalik faoliyatini yuritish natijasida mazkur yer maydonlarida tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan suv va shamol eroziyasidan, shuningdek, tuproq qatlami unumdorligining pasayishi va (yoki) muomaladan chiqishi oqibatida yerlardan belgilangan maqsad bo‘yicha foydalanish yoki samarali foydalanish imkoni bo‘lmaydigan holatga keladigan usullarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan oqilona foydalanish — yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yerlarni muhofaza qilish va tabiiy-iqtisodiy sharoitlar maqbul bo‘lgan o‘zaro ta’siri va mazkur hududning xususiyatlarini inobatga olib, ishlab chiqarish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — yerlarning toifasidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan yer turlari (sug‘oriladigan va lalmi ekin maydonlari, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar egallagan yerlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnoma — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid aniqlangan qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish xususida qonun buzilishni bartaraf etish vakolatga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritiladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — egalik qilish yoki foydalanish huquqni belgilovchi hujjatlarsiz yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasining chegaralaridan chetga chiqqan holda egallab olingan yer uchastkasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati respublikaning butun hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish obyekti hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qat’iy belgilangan maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdor qatlamlarini ruxsatsiz olib tashlash, ko‘chirish va yo‘q qilishni taqiqlash va yerlarning ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan asossiz boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ajratish davrida olingan investitsiya shartlarini bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning sifat jihatidan holatlarini pasaytiruvchi jarayonlarning oldini olish bo‘yicha majburiy tadbirlar va talablarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tasarruf etish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq boshqa faoliyatlarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan majburiy foydalanish bilan bog‘liq talablarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarni rekultivatsiya qilish doirasidagi talablarga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zararni undirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limlari.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari (keyingi o‘rinlarda — davlat inspektorlari) hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va mutaxassislari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limlari boshliqlari, shu’ba boshliqlari, bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari va mutaxassislari.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Inspeksiyaning o‘z vakolati doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlari barcha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati amalga oshiruvchi davlat organlarining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilar yuzasidan nazoratni olib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Inspeksiya:
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qat’iy belgilangan maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishiga sabab bo‘ladigan boshqa jarayonlardan muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan maqsadli foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib olish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asossiz boshqa toifalarga o‘tkazib yuborilishi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning noqishloq xo‘jaligi maqsadlarida ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kichik bandda belgilangan Inspeksiyaning yer nazorati bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, holatlarni aniqlash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifalari “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda taqiqlangan kimyoviy vositalardan foydalanmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Inspeksiya qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish borasida quyidagi huquqlarga ega:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish doirasida aniqlangan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi yuzasidan materiallarni tegishliligi bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan vakolatli organlarga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini (moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) monitoring qilib borish, ulardan zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallarni bepul olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etishda o‘rganishlar o‘tkazish;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zararni hisoblash va undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnik tadbirlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalangan holda, monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etish va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘larni undirish choralarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni noqishloq xo‘jaligi maqsadlarida asossiz ajratish holatlari yuzasidan yer uchastkalarini qaytarish to‘g‘risida sudga da’vo kiritish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish va materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini to‘liq yoki qisman olib qo‘yish to‘g‘risida taqdimnomalar hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni unumdorligining pasayish holatlari haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘rganish ishlarini boshlash uchun asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari yoki ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Inspeksiyaning buyruqlari;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilgan monitoringdan olingan ma’lumotlar (hisobotlar) tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish yuzasidan so‘rovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘rganish ishlari belgilangan tartibda davlat attestatsiyasidan o‘tgan hamda tegishli maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan davlat inspektorlari tomonidan uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat inspektorlariga o‘rganish o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun hududga kirishga to‘sqinlik qilingan taqdirda, bu haqda o‘rganish o‘tkazilishi boshlangan kunda davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshiriladigan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirokida dalolatnoma tuziladi va ular tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqda dalolatnomaga qayd etib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda o‘rganish ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsni tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi o‘rganish ishlarini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha zarur hollarda Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari o‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlardan ikki ish kuni ichida mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassislar jalb qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot o‘rganish ishlari amalga oshirilayotgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbariga yetkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘rganish ishlari yakunlangan kunida davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish natijasi yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘rganish jarayonida har bir masala to‘liq o‘rganilishi va ma’lumotnomada qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganishga asos bo‘lgan masala bo‘yicha kamchilik aniqlanmaganda, davlat inspektori tomonidan bu haqda ma’lumotnomada ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ma’lumotnomada yetarli darajada isbotlanmagan, asossiz, taxminiy xulosalar bo‘lmasligi lozim. Agarda o‘rganish davomida qonun buzilish holatlari aniqlanmasa, bu ma’lumotnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘rganish ishlari yakunlangan kunda ikki nusxada ma’lumotnoma tuzilib, ularning har biri davlat inspektori, o‘rganish amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari tomonidan imzolanadi va bir nusxasi o‘rganish amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish ishlari amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ma’lumotnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda o‘rganish bo‘yicha davlat inspektori tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiradi va ma’lumotnomaga ilova qilinadi. Bu holatda ma’lumotnomaning bir nusxasi o‘rganish amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga pochta orqali xat bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘rganish ma’lumotnomasi imzolanib, o‘rganish ishlari amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga topshirilgan kun o‘rganish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat inspektori o‘rganish yakunlangandan so‘ng barcha hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘majildda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish davomida tuzilgan ma’lumotlar va dalolatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish ma’lumotnomasida aks etgan qonun buzilish holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar, ularga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning tushuntirish xatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish davomida aniqlangan holatlarning foto suratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyning xaritasidan ko‘chirma bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat inspektorlari yig‘majildni uch ish kunida Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limiga yoki hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Inspeksiya boshlig‘i, o‘rinbosarlari va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari va o‘rinbosarlari besh ish kuni ichida hujjatlarni ko‘rib chiqadi yoki tegishliligi bo‘yicha ma’muriy ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga yuboradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3321-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Inspeksiya boshlig‘i, Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish xususida o‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha besh ish kuni ichida taqdimnoma kiritadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish ishlari amalga oshirilgan barcha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tomonidan bir oy muddatda taqdimnoma ko‘rib chiqilishi va natijasi to‘g‘risida Inspeksiyaga va uning hududiy boshqarmalariga ma’lum qilinishi shart.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat inspektorlari hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zararlar bo‘yicha ushbu zararlarni undirish choralarini ko‘radi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini respublikaning butun hududida amalga oshiradi:

a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘tkazadigan o‘rganishlarni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olishning yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshirish;

b) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘rganish ishlarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlash, bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yoki Inspeksiyaning topshiriqlari;

o‘tkazilgan monitoringdan olingan ma’lumotlar tahlili;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish yuzasidan so‘rovlari.

Uch ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

O‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun to‘sqinlik qilingan taqdirda, o‘rganish ishlari amalga oshiriladigan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirokida dalolatnoma tuzadi va ular tomonidan imzolanishini ta’minlaydi.

Zaruratga ko‘ra, o‘rganish boshlangan kunda

4-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari

Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qiladi.

Zaruratga ko‘ra, ikki ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

1. O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha ikki nusxada ma’lumotnoma rasmiylashtiradi.

O‘rganish yakunlangan kunda

2. O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha barcha hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi.

3. Yig‘majildni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

6-bosqich

Inspeksiya boshlig‘i, o‘rinbosarlari va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari va o‘rinbosarlari

1. O‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi yoki tegishliligi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga yuboradi.

2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdimnoma kiritadi.

Besh ish kuni ichida

7-bosqich

O‘rganish ishlari amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Taqdimnomani ko‘rib chiqadi va natijasi to‘g‘risida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yoki uning hududiy boshqarmalariga ma’lum qiladi.

Bir oy muddatda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

MA’LUMOTNOMA

20____ yil “____”__________

Toshkent shahri

O‘rganish ishlari amalga
‎oshirilgan tashkilot:


‎—‎‎


‎‎_________________________________________

O‘rganish ishlari uchun asos

‎—‎

_________________________________________

O‘rganish ishlarini amalga oshiruvchilar F.I.O. va lavozimi



‎—‎



‎_________________________________________

O‘rganish ishlari amalga oshirilgan soha


‎‎—‎

‎‎‎Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan

O‘rganish ishlarida ishtirok etgan tashkilot xodimi


‎—


‎_________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga asosan “____________________________________________________” _______________________da qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
‎O‘rganish davomida ___________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎kabi qonun talablariga amal qilinmaganlik holatlari aniqlandi.

O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi:

Ushbu ma’lumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining

buzilish holatlari va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan “ _________________________”
‎________________________________ga______kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Ma’lumotnomani tuzdik:

____________________________ ___________________
Ma’lumotnoma bilan tanishdim, e’tirozlarim ____________________ (bor yoki yo‘q) va bir nusxa oldim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini (keyingi o‘rinlarda — yer tuzish ishlari) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari joyning o‘zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash hamda barcha yerlarni ro‘yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlari obyektlari — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning turlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarining yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish hujjatlari — yer tuzish ishlarini amalga oshirish natijasida rasmiylashtirilgan hujjatlar, yer axborot tizimi portali xaritasi va ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish, ushbu yerlarni muhofaza qilishni tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirishni tartibga solish doirasida quyidagi vakolatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdaverloyiha” instituti) va uning hududiy bo‘linmalarining yer tuzish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanishni, ushbu yerlarni muhofaza qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer axborot tizimi portalini ma’lumotlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi, rivojlanishi va hosil to‘planishi hamda yerga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan monitoring yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zdaverloyiha” instituti yer tuzish ishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish loyihalari va hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish bosh chizmalarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining xaritasi (plani) va tavsifini tayyorlash, yerdan foydalanuvchilarga yer uchastkalarini joyida o‘lchab berish, uning chegaralarini belgilash va marza belgilarini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni va ularga ekinlar ekilishini xatlovdan o‘tkazish ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa idoralar, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar buyurtmalariga ko‘ra shartnoma asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini yuritish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yer tuzish va yerlarni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish ishlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni raqamlashtirish, yer axborot tizimi portalini yaratish va doimiy yangilab borishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yer tuzish ishlari Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlariga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar, buyurtmachilarning mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer uchastkalarini berish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, yerlar holatini yaxshilash va ularni muhofaza qilish, ushbu yerlarda almashlab, navbatlab ekish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yer tuzish ishlari quyidagilarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalashtirish oldidan amalga oshiriladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalashtirish oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha bosh rejalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarda (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish rejalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tuproq unumdorligini saqlash, tiklash, oshirish va yerlardan oqilona, samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbolli rejalarni, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xo‘jaliklararo yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda, ushbu yerlardan foydalanuvchilarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish va mavjud yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha loyihalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan muhandislik-kommunikatsiya obyektlari atrofida muhofaza zonalarini, shuningdek, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya muhofaza zonalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni va ularga ekinlar ekilishini, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni xatlovdan o‘tkazish va qayta foydalanishga kiritish yuzasidan loyihalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holati yomonlashgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish va ularni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlari, sug‘orish tarmoqlari va zax qochirish tarmoqlarini hamda ijtimoiy va madaniy inshootlar, qurilish binolari kabi obyektlarning buyurtma asosida xaritalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqni sellar, ko‘chkilar, suv bosishi, zaxlash, qaqrab qolish, zichlashishdan va boshqa salbiy ta’sirga moyil yerlarni saqlash bo‘yicha ishchi loyihalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazish orqali foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xo‘jalik ichidagi yer tuzishga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hududini xo‘jalik negizida belgilab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekin turlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekishni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘lar va uzumzorlar, yaylov va pichanzorlar hududlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva va o‘rmon daraxtzorlarini barpo etish maqsadida tog‘ yonbag‘irlarida terrasalar (supalar) qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda o‘tkaziladigan yer tuzish ishlari tarkibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer uchastkasining tasdiqlangan chizmasi (plani) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni ajralmas qismi hisoblanib, yer uchastkasining tavsifini tayyorlash, joyida chegaralarini ko‘rsatib berish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan yer uchastkasini oluvchining mablag‘lari hisobidan “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlari (yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yer tuzish ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer axborot tizimi portalini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yer tuzishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tashkil etish va rejalashtirish xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalari ko‘rinishida quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorgarlik ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala-qidiruv ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani joyiga ko‘chirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish hujjatlarini rasmiylashtirish va buyurtmachiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan loyihaning bajarilishi bo‘yicha mualliflik nazoratini o‘rnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining yer axborot tizimi texnik talablarini va texnik topshiriqlarini ishlab chiqish yer axborot tizimi ma’lumotlarini shakllantirish va yangilab borish tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yer tuzish ishlari jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining yer tuzish sohasidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari yer tuzish ishlarini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtiradi, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilishni tashkil etadi, ekinlar ekilishi, rivojlanishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan monitoring yuritadi va yer axborot tizimi portalini ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar yer tuzish ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalariga buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari asosida yer tuzish ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlari (yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda amalga oshirilgan yer tuzish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti yer axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini yer axborot tizimi portalida aks ettirish.

1. Hududning tabiiy iqlim sharoiti, joylashuvi, suv ta’minoti, tuproq unumdorligidan kelib chiqib, hududlarning ixtisoslashuvini belgilash va ekinlarni joylashtirish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi har yilgi ma’lumotlarni yer axborot tizimi portaliga kiritish.

3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va rivojlanish holatini monitoring qilish natijalarini yer axborot tizimi portaliga kiritib borish.

4. Monitoring natijalarini foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yer axborot tizimi portali orqali taqdim etish.

2022-yildan boshlab, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2.

Yaylov va pichanzorlarda geobotanika tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish:

1. Fanlar akademiyasi Botanika instituti bilan yaylov o‘simliklarining tarqalishi bo‘yicha;

2. Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar, yaylovlarning degradatsiyasi va uning atrof-muhitga ta’sirlari bo‘yicha;

3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan yaylovlarda chorva mollarini almashlab boqish bo‘yicha;

4. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan o‘rmon fondi yaylovlarida o‘simlik dunyosini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha;

5. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan ularning tasarrufidagi yaylovlarda o‘simlik dunyosini o‘rganish va chorva mollarini almashlab boqish bo‘yicha.

2022-yil I chorak, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

3.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini takomillashtirish.

1. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tarkibida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilma (GMI) bo‘limini tashkil etish.

2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. GMI bo‘limlari tomonidan yerdan foydalanuvchilarga yer axborot tizimi portali orqali interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni joriy etish.

2022-yil I chorak

4.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti ilmiy xodimlari va tadqiqotchilarining yer tuzish, kadastr, geobotanika, geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya va kartografiya sohasida Oliy ta’lim vazirligi va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligini ta’minlash.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yer tuzish yo‘nalishidagi muammolar va ularni ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun loyihalarni belgilangan tartibda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

2022-yildan boshlab, doimiy

5.

Soha mutaxassislarini ma’naviy rag‘batlantirish.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

6.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish xamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va doimiy kuzatuv monitoringini olib borish.

1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish.

2022-yil II chorak, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Bunda spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlardan foydalangan holda, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi bo‘yicha doimiy kuzatuv monitoringini amalga oshirish va dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorga ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-banddagi “Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer monitoringi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa toifadagi yerlarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 17-banddagi “tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari “tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari va Kadastr agentligi tumanlar (shaharlar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 18-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari” va “Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” so‘zlari tegishlicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” va “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 09/22/22/0024-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)