Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Tabiiy-qishloq xo‘jaligi mintaqalaridagi yerlarni konservatsiya qilishda zarur sharoitlarni va tuproq tarkibini tavsiflovchi
| T/r | Tuproq xususiyatlari va belgilari | O‘lchov birliklari | Tuproq xususiyatlari ko‘rsatkichlari (mintaqaviy joylashuvini hisobga olgan holda) |
| 1. | Eroziyaga uchraganligi (yuvilgan va deflyatsiyaga uchragan) | Tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi | Xiralashgan, kuchli va o‘rtacha darajada yuvilgan, kuchli va o‘rtacha darajada deflyatsiyaga uchragan |
| 2. | Tarkibiy tuzilishi | O‘lchami 3 mm tog‘ jinsi siniq (qoldiq)lari miqdori, foiz hisobida | Tuproqlar hajmidan > 26 foiz (30 sm lik tuproq qatlamlarida) |
| 3. | Yengil mexanik (granulometrik) tarkibi | Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida | Har uchala (cho‘l, yarimcho‘l, tog‘oldi va tog‘osti) mintaqalarida 0 — 5 dan 25 — 30 foizgacha |
| 4. | Tuproqning ustki qatlamida og‘ir mexanik (granulometrik) tarkib | Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida | 45 foiz dan ko‘p |
| 5. | Gumuslilik | Gumus miqdori, tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida | a) cho‘l mintaqasida — 0,5 kam; b) yarim cho‘l mintaqasida 0,5 — 1,0 kam; v) tog‘ va tog‘oldi mintaqalarda 1,0 — 2,0 foiz |
| 6. | Tuproq ishqorliligi | rN | Barcha mintaqalarda a) 7,0 dan kam (nordon) b) 8,0 dan yuqori (ishqoriy) |
| 7. | Harakatchan aluminiy miqdori | 100 g tuproqda mg-ekv | 3,0 dan yuqori |
| 8. | Harakatchan fosfor miqdori | - | - |
| 9. | Almashuvchan kaliy miqdori | - | - |
| 10. | Gumus (chirindi) miqdori | - | - |
| 11. | Singdirilgan natriy miqdori | Singdirilgan asoslarning umumiy miqdoridan, foiz | 10 mg-ekv. dan kam (sho‘rlanmagan). 10 mg-ekv. dan ko‘p (sho‘rlangan) |
| 12. | Sho‘rlanganligi | Zaharli tuzlar miqdori bo‘yicha hisoblanganda tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida | a) sodali — 0,1 foizdan ko‘p; b) sulfat-xloridli — 0,2 foizdan ko‘p; v) sulfatli — 0,4 foizdan ko‘p |
| 13. | Fizik degradatsiyaga uchraganligi | Massa hajmi, g/sm3 | a) loy va gilsimon tuproqlar uchun — 1,5 dan ko‘p; b) qumli va qumloq tuproqlar uchun — 1,7 dan ko‘p |
| 14. | Organogenli (torfli) tuproqning joylashish chuqurligi | Organogenli qatlamning qalinligi, sm | 30 dan kam |
| 15. | Ikkilamchi suv bosishi (botqoqlashishi) | Grunt (sizot) suvlari sathi, m | 1,0 dan yuqori |
| 16. | Kimyoviy ifloslanish | Oxirgi darajada ruxsat etilgan konsentratsiya | Harakatchan shakldagi ruxsat etilgan konsentratsiyaning oxirgi darajadan oshishi (ammoniy-atsetatli modda) |
| 17. | Radiatsiyali ifloslanish | Ifloslanish qalinligi Seziy — 137 Stronsiy — 90 KOI/kv.km | Cs137 — 15 dan ko‘p; Sr90 — 3 dan ko‘p. |
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yerlarni konservatsiya qilish zarurligi bo‘yicha (konservatsiya qilish sabablarini ko‘rsatgan holda) rasmiy murojaat qilish. | Yil davomida | |||
| 2-bosqich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari | Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) arizasiga asosan yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish. Yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida hisobot va xulosa tayyorlash. Taqdim qilingan materiallar va komissiya xulosalarini ko‘rib chiqish va konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish. | 30 Ish kunida | |||
| 3-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari bilan kelishish. | 30 Ish kunida | |||
| 4-bosqich | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishish yoki rad etish bo‘yicha rasmiy xulosa tayyorlash va taqdim etish. | 15 Ish kunida | |||
| 5-bosqich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari | Yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan tegishli materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish. | 3 Ish kunida | |||
| 6-bosqich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | Mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasining yerlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. | 10 Ish kunida | |||
| 7-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish). | Loyihada belgilangan muddatda | |||