13.01.2022 yildagi PQ-82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, flagman oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti (keyingi o‘rinlarda — Agrobiotexnologiyalar instituti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti (keyingi o‘rinlarda — Muhandislik instituti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorida raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarni egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va masofaviy ta’lim texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv rejalarini tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda shakllantirish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish tashkilotlarining muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish, respublika hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarga ta’lim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoit yaratish hamda chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Agrobiotexnologiyalar institutida davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Muhandislik institutida davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial Urgut tumanidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan Universitetning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi, Filial esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial direktori, direktor o‘rinbosari mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlari bo‘yicha tegishli ravishda oliy ta’lim muassasasi filiali direktori va filial direktori o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa oliy ta’lim muassasalari xodimlariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash — Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial tuzilmasi hamda shtat jadvali normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash hamda onlayn ma’ruza o‘tkazish va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Fanlar akademiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun ilmiy tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish, zarur hollarda amaliy darslarni ishlab chiqarish va dala sharoitlarida olib borish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan agroklasterlar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati tashkilotlarida tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar instituti talaba va professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishlari uchun zarur sharoit yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhandislik instituti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini sanoat korxonalarida tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhandislik institutiga ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, kichik biznes va sanoat korxonalari uchun innovatsion mini-texnologiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida ko‘mak berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi har yilgi investitsiya dasturiga kiritish uchun Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlarini sohaga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga takliflar taqdim etib borsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrobiotexnologiyalar institutini Samarqand tumani, Gulobod qo‘rg‘onidagi Universitet huzuridagi Gulobod agrotexnologiyalar texnikumining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhandislik institutini Samarqand shahri, Xishrav qo‘rg‘onidagi Universitet huzuridagi Yadro fizikasi laboratoriyasi hududining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga Samarqand viloyati, Urgut tumani, Vagashti mahallasida joylashgan Urgut iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-82-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-82-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ullar

I. O‘quv jarayonini takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish

1.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) o‘quv-me’yoriy hujjatlarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida takomillashtirib borish.

1. Universitetda o‘qitilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish, asosiy bo‘lmagan fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish hamda mustaqil ta’lim salmog‘ini oshirish.

2. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirish.

3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar iste’molchilari talablari va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish.

-

Har yili 1-avgustga qadar

Universitet

(R. Xolmurodov)

2.

Universitetning Transformatsiya ofisi rahbarligiga xorijlik mutaxassisni jalb etish.

1. Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etish uchun ochiq tanlov e’lon qilish.

Universitet mablag‘lari

2022-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Ochiq tanlov natijasiga ko‘ra Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga nomzodlardan eng munosibini tayinlash.

2022-yil aprel

3.

Universitet va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini ta’minlash.

1. Universitetda ish beruvchilarning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kengashini tashkil etish hamda ular orasida so‘rov o‘tkazib, o‘quv dasturlarini takomillashtirib borish.

-

Har yili avgust oyida

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Texnik va ishlab chiqarish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyotlarga korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini keng jalb qilish.

Doimiy

3. Bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotlarini uzluksiz shaklda bo‘lg‘usi ish joylarida o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilida

4.

Maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi sohalariga kadrlar tayyorlashda uzviylikni ta’minlash.

1. O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti huzurida davlat-xususiy sheriklik asosida Eksperimental maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil qilish.

2. Pedagogika instituti, texnikum, akademik litsey, ixtisoslashgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini jamlagan holda pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini joriy etish.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida

2022-yil sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Universitet

(R. Xolmurodov)

5.

Ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlanishiga erishish.

1. Universitet tipografiyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali zamonaviy raqamli tipografiyani tashkil etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil may

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Fanlardan yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini maqsadli rejalar asosida tayyorlash va nashr etish.

Doimiy

3. O‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyoti sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar

4. O‘quv adabiyotlarini nashr etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini belgilash mexanizmini takomillashtirish.

5. O‘quv adabiyotlari va axborot manbalarini tayyorlashga yetuk professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va xorijiy olimlarni jalb qilish.

6.

Universitetda professor-o‘qituvchilarni tanlashning samarali tizimini joriy etish va ularning kasbiy mahoratini xorijiy mamlakatlarda muntazam oshirib borish.

1. Pedagog xodimlarni tanlashning xalqaro tanlov mexanizmlari va muddatli shartnomalar tuzishga asoslangan tizimini joriy etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yiliga qadar

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Har yili kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirishga yuborish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Professor-o‘qituvchilar ?chun xorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Doimiy

7.

Universitet o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi talablari asosida to‘laqonli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil sentabr

Universitet

(R. Xolmurodov),

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

(B. Mirqosimov)

8.

Universitetning ta’lim sohalariga mos tegishli yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni Universitet doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

2023-yil fevraldan boshlab

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov)

2. Xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash.

2022 — 2025-yillar

3. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mutaxassislik fanlari bo‘yicha vebinarlar tashkil qilish.

9.

Universitetda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Xorijiy talabalar ishtirokida xalqaro fanlararo anjumanlarni o‘tkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

Doimiy

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida Universitetning targ‘ibot-maslahat guruhlari va markazlarini tashkil etish.

2022-2023-yillar

3. Universitetning xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma dasturlarini (filiallar) tashkil etish.

2023 — 2025-yillar

4. Hamkor universitetlarda o‘zbek tili va madaniyati markazlarini tashkil qilish.

5. Universitet rasmiy veb-saytining zamon talabalari asosida yangilangan versiyasini ishlab chiqish, xususan unda bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish hamda uning “Webometrics” reyting tizimida egallagan o‘rinlarini yaxshilash.

2022-yil oktabr

10.

Universitetning o‘quv jarayonini tashkil etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan to‘liq jihozlash.

2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

3. Kafedra o‘quv yuklamalarini tayyorlash va uning bajarilishini nazorat qilishning elektron tizimini joriy qilish.

4. Universitet ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan:

o‘quv auditoriyalarini onlayn veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish;

har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan ta’minlash va shu orqali ta’lim jarayonini nazorat qilish;

Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish;

ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan (arxitektura yo‘nalishi uchun AutoCAD, iqtisodiyot uchun Stata, Matlab va boshqalar) foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil sentabr

Universitet

(R. Xolmurodov)

11.

Universitet o‘quv jarayonini boshqarishning zamonaviy axborot tizimlari asosida amalga oshirilishini ta’minlash.

1. Universitetda tuzilma, professor-o‘qituvchilar va xodimlar hamda talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hemis. samdu. uz dasturiga to‘liq kiritilishiga erishish.

2. Universitetda o‘qitilayotgan barcha fanlar bo‘yicha fan kontentlarining elektron bazasini shakllantirish va tizimga kiritish.

-

2022-yil sentabr

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

12.

Universitet bilan uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv-metodik, ilmiy-amaliy sohalardagi axborot almashinuvini raqamlashtirish.

1. Universitet tuzilmasidagi ta’lim muassasalarini optik tolali Internetga ulash orqali ularning oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashgan elektron o‘quv-metodik ta’minot tizimini yaratish.

2. Universitet tuzilmasidagi ta’lim muassasalari kutubxonalarini elektron adabiyotlar bilan to‘ldirish va Universitet bilan umumiy elektron makondan foydalanish mexanizmini joriy etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil dekabr

Universitet

(R. Xolmurodov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

13.

Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish va raqamli axborot-texnologiyalarini joriy etish maqsadida “Multimedia studiyasi”ni tashkil etish.

1. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida foto-, audio- va videomateriallarni tayyorlash va tarqatish.

2. Ta’lim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish va mashg‘ulotlarga bosqichma-bosqich raqamli elektron tizimlarni joriy etish.

3. Tegishli yo‘nalishlardagi talabalarda foto, video, audio va boshqa materiallar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023/2024 o‘quv yiliga qadar

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

II. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash

14.

Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura qabul kvotasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga umumiy qabul kvotasi doirasida Universitetning ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari umumiy sonidan kamida 30 foiz miqdorida belgilash.

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar

2022-yildan boshlab doimiy

Universitet

(R. Xolmurodov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov)

2. Universitet tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

3. Professor-o‘qituvchilar uchun Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib borish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022 — 2024-yillar

4. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilida

5. Belgilangan tartibda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan Universitet professor-o‘qituvchilarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘qishga yuborishni tashkil etish.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Doimiy

15.

Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining, xususan sohalar va hududlar bo‘yicha birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish.

1. Universitet xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Tahlil natijalariga qarab Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022-yil aprel

3. Universitetda xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilg‘or yutuqlari bilan uyg‘un rivojlanishni ta’minlash.

Doimiy

4. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

2022-yil fevral

5. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy rag‘batlantirib borish.

Doimiy

6. Universitet ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralarini ko‘rish.

2023/2024 o‘quv yiliga qadar

7. Xorijiy davlatlarning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda olimlarini Universitetga jalb etish.

Doimiy

16.

Universitetda Samarqand viloyati va unga yondosh hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini o‘zida aks ettiradigan va doimiy yangilab turish imkoniyatiga ega bo‘lgan kartografik mahsulotni yaratish, yer resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan kartografik va raqamli ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan “Geoaxborot tizimlari markazi” (keyingi o‘rinlarda — GAT markazi)ni tashkil etish.

1. Samarqand viloyatining tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi va doimiy yangilab turiluvchi, yer resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan kartografik va raqamli ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish maqsadida “GAT markazi”ni tashkil etish.

2. “GAT markazi”ni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3. Hududning geoaxborot va geolokatsiya tizimlarini yaratish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish doirasida tadqiqotlar o‘tkazish.

Grant mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil mart

Universitet

(R. Xolmurodov),

Samarqand viloyat hokimligi

(E. Turdimov)

17.

Universitetda olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali amalga oshirish.

1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yo‘naltirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

2. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan loyihalarga tanlov (amaliy/innovatsion hamda yosh olimlar) e’lon qilish maqsadida o‘rnatilgan tartibda ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun taklif (mavzu)lar berish hamda tanlovlarda ishtirok etish.

3. Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi faoliyatini rivojlantirish (markaz uchun shtat birliklari ajratish).

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar

2022 — 2025-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

18.

Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazini tashkil qilish.

1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun “Startap” markazini tashkil qilish rejasini tuzish, mablag‘ va shtat birliklari ajratish.

2. Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyiha va startaplarini rag‘batlantirish.

3. “Startap” loyihalarini moliyalashtirishga yetakchi ishlab chiqarish korxonalarini jalb etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

2023-yil yanvar

Universitet

(R. Xolmurodov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmono?),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

19.

“Amaliy mexanika va materiallar muhandisligi”, “Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi”, “Zamonaviy fizika va muqobil energiya manbalarini tadqiq qilish”, “Molekulyar biologiya va kimyoviy ilmiy-tadqiqot kompleksi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil qilish.

1. Laboratoriyalar joylashadigan xonalarni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2. Hududiy muammolar bankini yaratish va laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni mazkur muammolar yechimiga yo‘naltirish.

3. Laboratoriyalarni xalqaro standartlarga mos asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

2023-yil oktabr

Universitet

(R. Xolmurodov)

III. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

20.

Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, jumladan yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash, shuningdek, laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash.

1. Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

2022-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil iyun

3. Xatlov natijalariga ko‘ra moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda Universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

21.

Universitetning ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini to‘liq yangilash. Tarmoq texnik topshirig‘i loyihasi va axborot xavfsizligi siyosati hujjatlarini joriy etish.

1. Mavjud lokal va optik tolali tarmoqlarni xatlovdan o‘tkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil yanvar

Universitet

(R. Xolmurodov)

2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib hamda texnik topshiriq asosida tarmoq jihozlarini xarid qilish va o‘rnatish.

2022-yil may

3. O‘quv jarayonida foydalanish uchun litsenziyalangan dasturiy ta’minot mahsulotlarini xarid qilish.

2022-yil sentabr

22.

Samarqand vi?oyati Urgut tumanida Universitetning Urgut filiali uchun yangi o‘quv binosi va talabalar turar joyini qurish hamda jihozlash.

1. Obyekt qurilishi rejalashtirilgan maydonning geologik parametrlarini o‘rganish, maydonning texnik xulosalarini olish.

2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023 — 2025-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

23.

Muhandislik fizikasi instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Muhandislik fizikasi institutini Universitetning fizika fakulteti binosiga ushbu binoda ta’mirlash va jihozlash ishlari yakunlanganidan so‘ng joylashtirish.

1. Muhandislik fizikasi institutini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish.

2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

3. Obyektni kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023 — 2025-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

24.

Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti uchun Samarqand tumani Gulobod qo‘rg‘onida joylashgan Agrobiotexnologiyalar texnikumi hududida yangi o‘quv binosi va talabalar turar joyi binosini qurish hamda jihozlash.

1. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish.

2. Obyekt qurilishi rejalashtirilgan maydonning geologik parametrlarini o‘rganish, maydonning texnik xulosalarini olish.

3. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

4. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

5. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023 — 2025-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

25.

Samarqand tumani Gulobod qo‘rg‘onida joylashgan Agrobiotexnologiyalar texnikumining mavjud binosini rekonstruksiya qilish.

1. Binoning texnik holatini o‘rganib chiqish.

2. Olingan texnik xulosalarga asosan binoni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

3. Obyektni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023 — 2025-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

26.

Universitet va uning tarkibiy tuzilmalarini to‘laqonli faoliyat yuritishini tashkil etish.

1. Universitet va uning tarkibidagi ta’lim muassasalarida dars jarayonini tashkil etishning navbatlilik koeffitsiyentini o‘rganish.

2. O‘quvchi va talabalarning ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida Universitetni qo‘shimcha bino va inshootlar, zarur hollarda, yer maydoni bilan belgilangan tartibda ta’minlash.

-

2022 — 2025-yillar

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

IV. Talabalarning sog‘lom turmush tarzini yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

27.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida markaz tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Universitetga tegishli binolardan Markaz uchun “5 ta muhim tashabbus”ni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.

3. Xonalarni “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

4. Universitet fakultetlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Munozara”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur sinovlari”, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish.

5. Universitetda “Guldasta” ashula va raqs ansambli, “Dutorchi qizlar” ansambli va talabalar xor jamoasini tashkil etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

2022-yil aprel

Universitet

(R. Xolmurodov)

28.

Talabalarda kitob mutolaasiga qiziqishni yanada oshirish va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Universitetda “Kitobxonlik” oyligini o‘tkazish.

1. Talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Men sevgan roman”, “Eng zukko kitobxon”, “Men sevgan xorijiy asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Men o‘qigan badiiy kitoblar” kabi mavzularda tanlovlar o‘tkazish.

2. Akademiklar, yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

Har yili mart-aprel oylarida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xojimatov),

Universitet

(R. Xolmurodov)

29.

Talabalarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Universitet rektori kubogini tashkil etish hamda Universitetning ichki va viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi musobaqalarini o‘tkazish.

2. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalar tashkil etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

Har yili reja asosida

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi

(A. Akkulov)

30.

Tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari haqida talaba-yoshlar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Qatag‘on qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida o‘z jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va ijodini aks ettirgan holda kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

2. Ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish.

3. El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlarini o‘tkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

Har yili reja asosida

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xojimatov)

31.

Mahallalar bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, uyushmagan yoshlarning kitob mutolaa qilishga va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

1. “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida hamda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida mahallarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish.

2. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan sport musobaqalari va kitobxonlik tadbirlarini o‘tkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari

Doimiy

Universitet

(R. Xolmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(A. Mamatov)

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xojimatov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-82-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

Amaldagi

ko‘rsatkich

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

1.

Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda nashr etilgan maqolalarning professor-o‘qituvchilar soniga nisbati

koeffitsiyent

0,6

0,8

1,0

1,5

2,0

2.

Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida Q1 va Q2 chorak jurnallarida chop etilgan maqolalar

foizda

(jami maqolalar

soniga nisbatan)

21

25

30

35

40

3.

Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda xorijiy professor-o‘qituvchilar bilanhammualliflikda nashr etilgan maqolalar

foizda

(jami maqolalar

soniga nisbatan)

15

17

19

23

30

4.

Iqtiboslar soni bo‘yicha “Xirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi

foizda

(jami professor-o‘qituvchilar

soniga nisbatan)

4

8

12

16

20

5.

Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (RhD, DSc) olgan professor-o‘qituvchilar

nafar

37

40

45

50

55

6.

O‘quv jarayoniga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar

nafar

67

77

87

95

100

7.

Xorijiy talabalar ulushi

foizda

(jami talabalar

soniga nisbatan)

0,2

1,1

3

5

10

8.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlarida universitet talabalarining ishtiroki

nafar

43

65

90

150

200

9.

Xalqaro loyihalar

loyihalar soni

7

10

15

20

22

II. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

10.

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlar

nafar

40

60

70

80

100

11.

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy yoki IELTS, TOYEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega professor-o‘qituvchilar

foizda

(jami professor-o‘qituvchilar

soniga nisbatan)

5

9

13

17

21

12.

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy yoki IELTS, TOYEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega talabalar

foizda

(jami talabalar

soniga nisbatan)

1,5

6

11

17

25

13.

Mutaxassislik bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan fanlar

foizda

(jami mutaxassislik fanlari

soniga nisbatan)

7

10

15

20

25

III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish

14.

Ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar

foizda

(jami professor-o‘qituvchilar

soniga nisbatan)

56

59

65

68

75

15.

Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash ko‘rsatkichi (PhD, DSc)

himoya qilingan ilmiy

ishlar soni

66

70

75

80

90

16.

Ilmiy tadqiqot dasturlari (shu jumladan xalqaro) doirasida jalb etilgan mablag‘lar

mlrd so‘m

8,8

10,1

12,9

18,0

25,0

17.

Xo‘jalik shartnomalari hisobiga jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lar

mlrd so‘m

1,8

2,1

4,0

5,0

10,0

18.

Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar

maqolalar soni

413

574

637

700

800

19.

Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalar

konferensiyalar soni

9

10

15

20

25

IV. Talaba-yoshlar ta’limi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish

20.

Talaba-yoshlarning ilmiy maqola, kitob va ijod namunalarini nashr etish

soni

200

400

600

800

1000

21.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasida sport bilan shug‘ullanuvchilarning ulushi

foizda

35

45

55

65

75

22.

Talaba-yoshlar orasida sport bilan shug‘ullanuvchilarning ulushi

foizda

30

45

60

75

90

23.

Universitet talabalarining “Yil talabasi”, “5 ta muhim tashabbus” va boshqa yo‘nalishlardagi tanlovlarda ishtiroki

foizda

15

20

25

30

35

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-82-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kafedralar

Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari

Tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalari

1.

Biologiya fakulteti:

Botanika;

Zoologiya;

Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo;

Genetika va biotexnologiya;

O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya.

1) Akademik A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti;

2) O‘simlik moddalar kimyosi instituti;

3) Zoologiya instituti;

4) Botanika instituti;

5) Genomika va bioinformatika instituti;

6) Agrokimyo va tuproqshunoslik instituti;

7) Paxtachilik va g‘o‘za seleksiyasi ilmiy tekshirish instituti;

8) Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti;

9) Mikrobiologiya instituti;

10) Biofizika va biokimyo instituti;

11) Veterinariya ilmiy tekshirish instituti.

1) “Navoiy KMK” AJ;

2) “Qizilqumsement” AJ;

3) “O‘zkimyosanoat” AJ;

4) “Samarqand” xalqaro aeroporti;

5) “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i;

6) Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i;

7) Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi.

2.

Kimyo fakulteti:

Noorganik kimyo va materialshunoslik;

Organik sintez va bioorganik kimyo;

Analitik kimyo;

Fizikaviy va kolloid kimyo;

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya.

1) Akademik A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti;

2) O‘simlik moddalar kimyosi instituti;

3) Umumiy va noorganik kimyo instituti.

1) “O‘zkimyosanoat” AJ;

2) “O‘zbekneftgaz” AJ;

3) “Olmaliq KMK” AJ;

4) “Navoiyazot” AJ;

5) “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ;

6) “Muborak neftni qayta ishlash zavodi” AJ;

7) “O‘zBAT” qo‘shma korxonasi;

8) “Diamon Glas” qo‘shma korxonasi;

9) “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shmakorxonasi.

3.

Geografiya va ekologiya fakulteti:

Geografiya va tabiiy resurslar;

Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya;

Gidrometeorologiya;

Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi.

1) Suv muammolari instituti;

2) Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti;

3) G‘. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti;

4) Gidrometeorologiya instituti;

5) Botanika instituti;

6) Zoologiya instituti.

1) Samarqand viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi;

2) Zarafshon milliy tabiat bog‘i;

3) Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi;

4) “SAGA” korxonasi.

4.

Matematika fakulteti:

Matematik analiz;

Algebra va geometriya;

Differensial tenglamalar;

Matematik fizika va funksional analiz;

Nazariy va amaliy mexanika;

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.

1) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;

2) Fizika-texnika instituti;

3) M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

1) “JV MAN Auto-Uzbekistan” avtomobil zavodi;

2) “O‘zBAT” qo‘shma korxonasi;

3) “SamAuto” MCHJ.

5.

Raqamli texnologiyalar fakulteti:

Axborotlashtirish texnologiyalari;

Optimal boshqaruv metodlari;

Matematik modellashtirish;

Dasturiy injiniring.

1) O‘zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti;

2) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;

3) M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

1) “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ;

2) “O‘zbekiston pochtasi” AJ;

3) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalari.

6.

Inson resurslarini boshqarish fakulteti:

Tarmoqlar iqtisodiyoti;

Raqamli iqtisodiyot;

Inson resurslarini boshqarish.

1) O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi;

2) Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.

1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy boshqarmalari;

2) Milliy statistika qo‘mitasi hududiy boshqarmalari.

7.

Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti:

Umumiy psixologiya;

Psixologiya nazariyasi va amaliyoti;

Sotsiologiya va ijtimoiy ish.

1) “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi;

2) “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti;

3) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi.

1) Respublika bolalar moslashuvi markazi;

2) “SOS” bolalar mahallasi Samarqand filiali;

3) O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi.

8.

Filologiya fakulteti:

Mumtoz adabiyot tarixi;

O‘zbek tilshunosligi;

Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi;

O‘zbek tili va adabiyoti;

Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari;

Rus filologiyasi;

Fakultetlararo rus tili;

Xorijiy tillar.

1) O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;

2) Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi;

3) Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi.

1) Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasi;

2) Samarqand viloyati “Ovozi Samarqand” gazetasi;

3) Samarqand viloyati “Samarkandskiy Vestnik” gazetasi;

4) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi.

9.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti:

Maktabgacha ta’lim;

Boshlang‘ich va texnologik ta’lim;

Fakultetlararo pedagogika.

1) A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti;

2) Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis markazi;

3) Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi;

4) Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

1) Samarqand viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi;

2) Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi;

3) Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi;

4) “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi.

10.

Sport faoliyati va san’at fakulteti:

Sport faoliyati;

Sa’natshunoslik;

Fakultetlararo jismoniy madaniyat.

1) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi;

2) Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

1) Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi;

2) Samarqand viloyati Turizm va sport boshqarmasi.

11.

Yuridik fakultet:

Huquqshunoslik va huquq ta’limi;

Falsafa va milliy g‘oya.

1) Davlat va huquq instituti;

2) Toshkent davlat yuridik universiteti;

3) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

1) Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi;

2) Samarqand viloyati sudi.

12.

Tarix fakulteti:

O‘zbekiston tarixi;

Arxeologiya;

Tarixshunoslik va manbashunoslik;

Jahon tarixi.

1) Tarix instituti;

2) Milliy arxeologiya markazi;

3) Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;

4) Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi;

5) O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;

6) O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.

1) Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi;

2) Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 07/22/82/0021-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)