12.01.2022 yildagi 19-son
a) 1-ilovaning “Toshkent shahri” bo‘limi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-ilovaning “VII. Ta’lim muassasalari” bo‘limi 1-bandi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 29-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi” so‘zlaridan keyin “hamda davlat teatrlarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda uning Nukus filialida” so‘zlaridan keyin “shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.