Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-dekabrdagi 991-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek Toshkent shahrining turistik salohiyatini oshirish hamda ushbu sohasidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-dekabr,
783-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-dekabrdagi 991-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “2020” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “omborlarda” soʻzi “oʻz omborlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “1-yanvarga qadar” soʻzlari “31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan materiallar (shu jumladan mebel va jihozlar), xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati, asboblar-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona toʻlovlari toʻlashdan”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)