05.12.2018 yildagi 991-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning moliya sektorini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda zamonaviy biznes markazi, savdo-ko‘ngilochar va mehmonxona kompleksini tashkil etish yo‘li bilan Toshkent shahrining turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi” kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va “UzTur Investment and Development” MChJ (O‘zbekiston Respublikasi) (keyingi o‘rinlarda investorlar deb ataladi) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investorlar loyihani amalga oshirish doirasida 2019-2022-yillarda o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha hujjatlariga muvofiq besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olganliklari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan xorijiy investorlar hukuq va majburiyatlari, investitsiyalar hajmi, yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlari, taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalar hamda boshqa shartlarni qamrab oluvchi investitsiya shartnomasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda tuzilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarning ijro qilinishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “UzTur Investment and Development” MChJga loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi AmirTemur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar bo‘lgan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyihani amalga oshirish doirasida investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishni “fast-track” uslubida, foydalanishga “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchun olib kelinadigan import tovarlarni o‘z omborlarida “bojxona ombori” rejimida joylashtirishga ruxsat berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 31-dekabrga qadar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) investorlar va pudrat tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan materiallar (shu jumladan mebel va jihozlar), xom ashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati, asboblar-uskunalar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
(6-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona to‘lovlari to‘lashdan;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilishining qonuniyligi hamda imtiyozlar qo‘llangan holda import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar ushbu qarorga muvofiq imtiyozlarni qo‘llagan holda belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va bojxona imtiyozlarini noqonuniy qo‘llash hamda ushbu qarorga muvofiq berilgan imtiyozlarni qo‘llagan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan tovarlardan maqsaddan tashqari foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qo‘llagan, shu jumladan penyalarni hisoblab yozgan holda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ hamda “O‘zbektelekom” AJ bilan birgalikda investorlar mablag‘lari hisobidan loyiha quvvatlariga muvofiq qurilish obyektlariga muhandislik — kommunikatsiya infratuzilmalari (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan rasmiylashtirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huqukiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
991-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 09/18/991/2278-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)