27.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3343
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 27.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3343
Kuchga kirish sanasi
01.01.2022
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan oldin ushbu tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish tartibini belgilaydi.
6. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) yoxud DBQning rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan bojxona qiymatini tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlar;
Manfaatdor shaxslardan ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
a) arizani taqdim etishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa;
b) arizaga ushbu Nizomning 8-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
17. Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq arizani ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning o‘zida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada arizani ko‘rib chiqishning rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
32. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda va shaklda murojaat qiladi hamda o‘zgartirish kiritish zaruriyati va asoslovchi hujjatlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini aniqlashda dastlabki qaror qabul qilish to‘g‘risida

ARIZA



______________

(sana)

______________

(raqam)

I. Tovarlar yoki transport vositasining egasi to‘g‘risidagi ma’lumot

1.1

Tovarlar yoki transport vositasi egasi bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.

1.2

Pochta manzili (Pochta indeksi)

1.3

Tashkiliy-huquqiy shakli

1.4

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya (JShShIR) raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.5

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqami va sanasi

1.6

Telefon raqami

II. Tovarlar yoki transport vositasi egasining nomidan ariza topshiruvchi vakolatli shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot (ariza vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilganda)

2.1

Vakolatli shaxsning JShShIR hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

2.2.

Vakolatini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami*

III. Dastlabki qarorni qabul qilish uchun tovarlar haqidagi ma’lumotlar

3.1

Tovarlarning savdo, tijorat nomi va to‘liq tavsifi, savdo belgisi, asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), navi, standartlari, bajaradigan funksiyalari, texnik va tijorat xususiyatlari

3.2

Tovarlar haqida ma’lumot (TIF TNga muvofiq tovarlarning kodi, savdo qiluvchi mamlakat, yuk jo‘natuvchi va kelib chiqish mamlakati, yuk jo‘natuvchi, sotuvchi, tovar ishlab chiqaruvchi, tovarning brutto/netto og‘irliklari hamda asosiy va (yoki) qo‘shimcha o‘lchov birliklaridagi �iqdori

3.3

Tovarlarning narxi, valyutasi va valyuta kodi ko‘rsatilgan holda

3.4

Tovarlarni tashish uchun ishlatiladigan xalqaro transport vositasining turi

3.5

O‘ramga ega bo‘lgan tovarlar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar o‘rami turi va o‘ramlar miqdori

3.6

Tashqi savdo shartnomasi (mavjud bo‘lsa), tovarlarni yetkazib berish shartlari

3.7

Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli

3.8

Bojxona qiymatini aniqlashning avvalgi usullari qo‘llanilmasligining sabablari

3.9

Ilgari qabul qilingan dastlabki qaror haqidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa)

3.10

Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar

3.11

Ilova qilinadigan hujjatlar**

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini aniqlashda manfaatdor shaxs tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar (ma’lumotlar)

RO‘YXATI*

I. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha

1.1

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan biriktirilgan tashqi savdo kontrakti (shartnoma, kelishuv) va identifikatsiya raqami

1.2

Tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlaridan kelib chiqib, ma’lum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim bo‘lganda

1.2.1

sug‘urta hujjatlari

1.2.2

tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kish bo‘yicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) to‘langan bo‘lsa), transport tariflari to‘g‘risidagi hujjatlar (ma’lumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi o‘zining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan bo‘lsa)

1.2.3

vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma), vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari

1.2.4

litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar

1.2.5

olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o‘tadigan tushumning istalgan qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va ma’lumotlar

1.2.6

konteyner va (yoki) ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, o‘rov-joylov materiallarining va o‘rash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxga qo‘shilmagan qiymat to‘g‘risidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank to‘lov hujjatlari

1.2.7

sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdorini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar

1.3

Jo‘natuvchi mamlakat bojxona deklaratsiyasi**

1.4

Tovarni yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar va ular uchun to‘lov hisoblari

1.5

Tovar O‘zbekiston Respublikasiga reeksport qilinayotgan hollarda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi

1.6

Agar birja tovarlari olib kirilayotgan bo‘lsa, jahon birja kotirovkalari

1.7

Tovarlar ishlab chiqaruvchilarining narxlari, ularning tijorat takliflari va kalkulatsiyasi (xomashyo, materiallar, xizmatlar, soliqlar va daromad ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim)

1.8

Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud emasligi yoki sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabatlarning olib kiriladigan tovarlar bilan tuzilgan shartnoma qiymatiga ta’sir qilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan:

1.8.1

aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan sotib oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib chiqish uchun sotilganda, uning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar

1.8.2

Bojxona kodeksining 311-moddasiga muvofiq chegirib tashlash usuli bilan aniqlangan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar yoki 312-moddasiga muvofiq qo‘shish usuli bilan aniqlangan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar

II. Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha hamda o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha

2.1

Bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati Bojxona kodeksining 303-moddasi bo‘yicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va o‘xshash tovarlarga tegishli bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi;

2.2

Qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda:

2.2.1

tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) va unga qo‘shimcha kelishuvlar

2.2.2

hisobvaraq-faktura (invoys)

2.2.3

tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi ma’lumot va hujjatlar

III. Qiymatlarni chegirib tashlash asosida

3.1

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida baholanayotgan, aynan bir xil va o‘xshash tovarlarni sotilganligi to‘g‘risidagi shartnomalar

3.2

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida o‘sha klassdagi va turdagi tovarlarni sotishda qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys)

3.3

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aks ettiruvchi hisobvaraq-faktura, bank hujjatlari (agar hisobvaraq-fakturalar to‘langan bo‘lsa), buxgalterlik hujjatlari (vositachi haqlari to‘g‘risida, tijorat xarajatlari, tashish xarajatlari, sug‘urta, yuklash va tushirish ishlari, olinadigan daromad)

3.4

Tovarga ishlov berish natijasida qo‘shilgan qiymat to‘g‘risidagi ma’lumot va hujjatlar, agar bunday tovar unga keyinchalik ishlov berilgandan keyin sotilayotgan bo‘lsa, ishlov berish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasi, buyurtmachiga ijrochi tomonidan qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys), ushbu shartnomani to‘lash bo‘yicha bank hujjatlari, ishlov berish qiymati to‘g‘risida buxgalterlik hujjatlari (kalkulatsiya)

3.5

Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar

IV. Qiymatlarni qo‘shish asosida

4.1

Ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va o‘rash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi to‘laganligi umume’tirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofi? tuzilgan baholanayotgan tov?r ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari

4.2

Ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksportyorning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan, ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” kichik bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari;

4.3

Tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sug‘urta hujjatlari

4.4

Tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatl�ri kalkulatsiyasi), O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar

V. Zaxira usul

5.1

Agar olib kirilgan tovarning hujjatlarda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha hisoblanishi uchun:

5.1.1

olib kiriladigan tovarlarning qiymatini yoki qiymatini hisoblab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ijara, lizing, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari

5.1.2

yetkazib berish shartidan kelib chiqib, mazkur Ro‘yxatning 1.2-bandida (1.2.1 — 1.2.7-bandlar) ko‘rsatilgan hujjatlar

5.2

Agar aniq bir manbadagi narxga havola qilingan bo‘lsa, quyidagilardan biri

5.2.1

baholanayotgan tovar bilan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bir vaqtda yoki tegishli davrda jahon bozorida sotilishi yoki sotilishi taklif qilingan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mustaqil ommaviy axborot manbalarining birinchi (ma’lumot manbasining nomi va sanasi ko‘rsatilgan muqova) va tegishli varaqlarining nusxalari

5.2.2

Tovarlarning rasmiy narxlari e’lon qilinadigan yoki tarqatiladigan yoki aniq tovarlar yetkazib beruvchilarning narxlar to‘g‘risidagi tijorat takliflari, shuningdek jahon birja kotirovkalari

5.2.3

Muqaddam bojxona organida rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va tegishli tovar raqami

5.2.4

Narx ma’lumotlar byulletenida ko‘rsatilgan tovar to‘g‘risida batafsil ma’lumot (tovar nomi, yuk jo‘natuvchi va ishlab chiqarilgan mamlakati, o‘lchov birligi va qiymati)

5.3

Agar tovarning ichki bozorda sotilayotgan narxiga havola qilingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan baholovchi tashkilotlar tomonidan tayyorlangan olib kiriladigan tovarlarni baholash hisobotlari