Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “BUDJETGA TOʻLOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 5 DEKABRDAGI 431-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qaroriga ilovani oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-oktabr,
473-son