Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1996 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUDJETGA TO‘LOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TO‘LOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga o‘z vaqtida tushishi mexanizmini takomillashtirish, muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa to‘lovlarni qisqartirish, soliq to‘lashdan bosh tortishlarning oldini olish hisobiga soliqlar yig‘ilishini oshirish, soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti va mahalliy budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni aniqlashtirishda o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan subvensiya yoki mablag‘larni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va boshqa to‘lovlarni qisqartirish bo‘yicha oylik topshiriqning bajarilmagan summasiga kamaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha pul o‘tkazilishining Vaqtinchalik tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi barcha hududiy soliq organlarida muddatida to‘lanmagan soliqlar va to‘lovlarni undirish hamda soliqlar va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirish bo‘yicha mustaqil bo‘linmalarni xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni doirasida tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq to‘lashdan bosh tortish uchun foydalaniladigan g‘ayriqonuniy naqd pul muomalasini qisqartirish maqsadida respublika soliq organlari yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida naqd pul mablag‘lari bilan hisob-kitob qilish hollari aniqlanganda (mahsulotni tashish bo‘yicha transport xizmati ko‘rsatish ham shu jumlaga kiradi), amaldagi qonun hujjatlari bilan ruxsat berilgan hollar bundan istisno, ham xaridor, ham sotuvchi to‘g‘risidagi ishni har ikkala tomonga jarima sanksiyalarini qo‘llagan holda huquqni muhofaza qilish organlariga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 945-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/945/2210-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda soliq organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1995-yil 17-iyuldagi 273-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431-son