21.12.2021 yildagi 765-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish hamda yoshlarning yangi gʻoyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi gʻoyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022 — 2024-yillarda yoshlarning yangi gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichda — 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar 2-ilovaga muvofiq taqsimot boʻyicha hududlar kesimida loyihalarni amalga oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqichda — 1-bosqichda ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (S.U. Umurzakov) tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yosh tadbirkorlik subyekti boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit miqdori — har bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 3 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit taʼminoti — qonunchilikda va bank kredit siyosatida taqiqlanmagan taʼminot turlari, jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kredit summasining 50 foizigacha miqdoridagi kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-vositachilikni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari xarajatlar, shu jumladan maʼmuriy xarajatlarni toʻlash va xizmat avtotransport vositasini sotib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoshlarning innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda yoshlarning yangi gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish tartibi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar ishlari agentligi Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv amaliy kurslarini (keyingi oʻrinlarda — kurslar), shu jumladan “onlayn” tarzda tashkil etsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslar Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari hamkorligida yoshlar uchun bepul tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi va ular tomonidan oʻz biznesini tashkil etish uchun mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari va ularga tegishli boʻlgan bino va xonalarida bepul oʻtkaziladi (shu jumladan, kommunal xizmatlar toʻlovisiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga hamda mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishiga “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Mirsoatov masʼul va shaxsiy javobgar ekanligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
765-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Chora-tadbirlar

Muddat

I. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi yoshlarni tanlab olish, yoshlarda biznes koʻnikmalarini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka oʻqitish jarayoni

1-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va tijorat banklari tomonidan respublikamizning barcha hududlariga chiqqan holda joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, seminar-treninglar oʻtkazish orqali tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlarning roʻyxati shakllantiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat yoshlarda biznes koʻnikmalarini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka oʻqitish uchun Savdo sanoat palatasiga taqdim etiladi.

Savdo sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish kurslarida bepul, shu jumladan “onlayn” tarzda oʻqitiladi.

Tadbirkorlikka oʻqitish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Doimiy ravishda

II. Yosh tadbirkorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish

2-bosqich

Tadbirkorlikka oʻqitish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining maxsus sertifikatini olgan yoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya loyihasiga doir takliflar ishlab chiqiladi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Hududlardagi “Loyihalar fabrikasi” tomonidan Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasi ishlab chiqilishida amaliy yordam koʻrsatiladi.

10 kalendar kuni

5-bosqich

“Oʻzmilliybank” AJ moliyaviy resurslar jalb qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan bosh kelishuv tuzadi va mablagʻ ajratish boʻyicha buyurtmanoma kiritadi.

3 ish kuni

6-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyekti investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun kredit olish maqsadida “Oʻzmilliybank” AJning eng qulay filialiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar toʻplamini (ariza, taʼsis hujjatlari, biznes-reja, tovar yoki xizmatlar xarid qilish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi, garov hujjatlari, tadbirkorlik kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat) taqdim etadi.

10 ish kuni

7-bosqich

Bank Kredit qoʻmitasi Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqib, loyihani moliyalashtirish yuzasidan qaror chiqaradi. Kredit ajratish rad etilgan hollarda bu toʻgʻrisida bank tomonidan arizachiga maʼlum qilinadi.

2 ish kuni

8-bosqich

Bank tomonidan loyihani moliyalashtirish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi, garov va sugʻurta hujjatlari rasmiylashtiriladi.

3 ish kuni

9-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyektining toʻlov topshiriqnomasiga asosan tovar yetkazib beruvchi / xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot hisobvaragʻiga kreditlarini oʻtkazib beradi. Kredit 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 (270 mln soʻm) barobaridan 2000 barobarigacha (540 mln soʻm) miqdorida ajratiladi.

10 ish kuni

10-bosqich

Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilgan hollarda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda loyihani yanada puxta ishlab chiqadi va tijorat bankiga takroran taqdim etadi.

10 ish kuni

11-bosqich

Tijorat banki Yosh tadbirkorlik subyektiga ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi.

Kredit soʻndirilgunga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning yangi gʻoyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning hududlar kesimidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Jami:

100 mln AQSH dollari ekvivalentida

Shundan, 1-bosqichda:

50 mln AQSH dollari ekvivalentida (mln dollarda)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2,4

2.

Andijon viloyati

5,0

3.

Buxoro viloyati

2,7

4.

Jizzax viloyati

2,2

5.

Navoiy viloyati

1,5

6.

Namangan viloyati

4,3

7.

Samarqand viloyati

5,7

8.

Sirdaryo viloyati

1,3

9.

Surxondaryo viloyati

3,9

10.

Toshkent viloyati

4,3

11.

Qashqadaryo viloyati

5,0

12.

Fargʻona viloyati

5,5

13.

Xorazm viloyati

2,7

14.

Toshkent shahri

3,5

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/765/1178-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)