21.12.2021 yildagi 765-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 70 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022 — 2024-yillarda yoshlarning yangi g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichda — 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha hududlar kesimida loyihalarni amalga oshirish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqichda — 1-bosqichda ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (S.U. Umurzakov) tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar;
(2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yosh tadbirkorlik subyekti bo‘lishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit miqdori — har bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 3 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ta’minoti — qonunchilikda va bank kredit siyosatida taqiqlanmagan ta’minot turlari, jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit summasining 50 foizigacha miqdoridagi kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-vositachilikni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari xarajatlar, shu jumladan ma’muriy xarajatlarni to‘lash va xizmat avtotransport vositasini sotib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoshlarning innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda yoshlarning yangi g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish tartibi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar ishlari agentligi Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslarini (keyingi o‘rinlarda — kurslar), shu jumladan “onlayn” tarzda tashkil etsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslar Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari hamkorligida yoshlar uchun bepul tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi va ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslar Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari va ularga tegishli bo‘lgan bino va xonalarida bepul o‘tkaziladi (shu jumladan, kommunal xizmatlar to‘lovisiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga hamda mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishiga “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Mirsoatov mas’ul va shaxsiy javobgar ekanligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida har chorak yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
765-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Chora-tadbirlar

Muddat

I. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarni tanlab olish, yoshlarda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka o‘qitish jarayoni

1-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va tijorat banklari tomonidan respublikamizning barcha hududlariga chiqqan holda joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, seminar-treninglar o‘tkazish orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning ro‘yxati shakllantiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat yoshlarda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka o‘qitish uchun Savdo sanoat palatasiga taqdim etiladi.

Savdo sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish kurslarida bepul, shu jumladan “onlayn” tarzda o‘qitiladi.

Tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Doimiy ravishda

II. Yosh tadbirkorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish

2-bosqich

Tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining maxsus sertifikatini olgan yoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya loyihasiga doir takliflar ishlab chiqiladi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Hududlardagi “Loyihalar fabrikasi” tomonidan Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasi ishlab chiqilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.

10 kalendar kuni

5-bosqich

“O‘zmilliybank” AJ moliyaviy resurslar jalb qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan bosh kelishuv tuzadi va mablag‘ ajratish bo‘yicha buyurtmanoma kiritadi.

3 ish kuni

6-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyekti investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun kredit olish maqsadida “O‘zmilliybank” AJning eng qulay filialiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar to‘plamini (ariza, ta’sis hujjatlari, biznes-reja, tovar yoki xizmatlar xarid qilish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi, garov hujjatlari, tadbirkorlik kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat) taqdim etadi.

10 ish kuni

7-bosqich

Bank Kredit qo‘mitasi Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlarini o‘rganib chiqib, loyihani moliyalashtirish yuzasidan qaror chiqaradi. Kredit ajratish rad etilgan hollarda bu to‘g‘risida bank tomonidan arizachiga ma’lum qilinadi.

2 ish kuni

8-bosqich

Bank tomonidan loyihani moliyalashtirish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi, garov va sug‘urta hujjatlari rasmiylashtiriladi.

3 ish kuni

9-bosqich

Yosh tadbirkorlik subyektining to‘lov topshiriqnomasiga asosan tovar yetkazib beruvchi / xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot hisobvarag‘iga kreditlarini o‘tkazib beradi. Kredit 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 (270 mln so‘m) barobaridan 2000 barobarigacha (540 mln so‘m) miqdorida ajratiladi.

10 ish kuni

10-bosqich

Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilgan hollarda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda loyihani yanada puxta ishlab chiqadi va tijorat bankiga takroran taqdim etadi.

10 ish kuni

11-bosqich

Tijorat banki Yosh tadbirkorlik subyektiga ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi.

Kredit so‘ndirilgunga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘larning hududlar kesimidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Jami:

70 mln AQSH dollari ekvivalentida

Shundan, 1-bosqichda:

50 mln AQSH dollari ekvivalentida (mln dollarda)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2,4

2.

Andijon viloyati

5,0

3.

Buxoro viloyati

2,7

4.

Jizzax viloyati

2,2

5.

Navoiy viloyati

1,5

6.

Namangan viloyati

4,3

7.

Samarqand viloyati

5,7

8.

Sirdaryo viloyati

1,3

9.

Surxondaryo viloyati

3,9

10.

Toshkent viloyati

4,3

11.

Qashqadaryo viloyati

5,0

12.

Farg‘ona viloyati

5,5

13.

Xorazm viloyati

2,7

14.

Toshkent shahri

3,5

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/765/1178-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)