Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlariga markazlashtirilgan tartibda avans berish oʻrniga qishloq xoʻjaligi korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri kredit berish mexanizmi joriy etilishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ilovada koʻrsatilgan oʻzgartishlar paxta yetishtirish uchun — 2005-yil hosilidan boshlab, davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan gʻalla yetishtirish uchun esa — 2006-yil hosilidan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
PF-3610-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻzgartishlar kiritiladigan farmonlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son Farmonida:
a) kirish qismidagi “boʻnak berilishi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan hamda yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini oʻz vaqtida moliyalash;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish”;
v) 8-bandda:
uchinchi xatboshidagi “DAK” soʻzi “AK” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma davlat ehtiyojlari uchun paxta xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan, gʻalla xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha esa “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi. Mazkur birlashmalar va kompaniya Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari oʻz vaqtida tuzilishini, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash chogʻida belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydilar”;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “boʻnak berish va uzil-kesil” soʻzlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “boʻnak berish hamda ular bilan uzil-kesil” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga va fermer xoʻjaliklariga avans berish” hamda “uzil-kesil” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning oltinchi xatboshidagi “fermer xoʻjaliklariga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish” soʻzlari “fermer xoʻjaliklari bilan hisob-kitob qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda:
8-bandning yettinchi xatboshidagi “fermer xoʻjaliklariga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish” soʻzlari “fermer xoʻjaliklari bilan hisob-kitob qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“paxta tozalash korxonalarining bankda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali, paxtani qayta ishlash va mahsulotni sotish tugallangandan keyin paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalari bilan oʻzaro hisob-kitob qilinishini taʼminlaydi”;
10-bandning beshinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandning uchinchi xatboshidagi “paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga va fermer xoʻjaliklariga avans beradi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)