Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017 31.12.1998 yildagi PF-2165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan mahsulotlarga o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlash maqsadida:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma zimmasiga quyidagi vazifalarni hal qilish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan hamda yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini o‘z vaqtida moliyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni ta’minlaydigan barcha bo‘g‘inlar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar, tayyorlov tashkilotlari hamda qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini eksport qilish bo‘yicha forvard shartnomalaridan tushadigan bo‘nak to‘lovlari hamda ular yuzasidan uzil-kesil hisob-kitoblar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarni qayta baholashdan hosil bo‘ladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari boshqa mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir hafta muddatda Jamg‘armaning moliyaviy operatsiyalarini olib borish uchun paxta, g‘alla va sholini xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma hajmlarini moliyalash bo‘yicha budjetdan tashqari uchta asosiy hisobvaraq, shuningdek, kredit mablag‘larini to‘lash yuzasidan mablag‘larni jamlash uchun mazkur mahsulot turlari bo‘yicha uchta ilova hisobvarag‘i ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida Jamg‘armaning ishchi apparati tarzidagi maxsus bo‘linma tuzilib, vazirlik markaziy apparatining soni 5 kishiga ko‘paytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Agrobank” ATBni paxta va g‘alla yetishtirish, xarid qilish hamda qayta ishlashni moliyalash bo‘yicha Jamg‘armaning asosiy moliya agenti etib tayinlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning moliya agenti zimmasiga maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan ushbu mahsulotlarga ajratiladigan mablag‘lardan aniq maqsad yo‘lida foydalanilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek berilgan kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 22-son, 257-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari — paxtani;
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 537-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” DAK — g‘alla va sholini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash hamda sotish bo‘yicha Jamg‘armaning tijorat agentlari etib tayinlansin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma davlat ehtiyojlari uchun paxta xarid qilish umumiy hajmi bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan, g‘alla xarid qilish umumiy hajmi bo‘yicha esa “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi. Mazkur birlashmalar va kompaniya Jamg‘arma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari o‘z vaqtida tuzilishini, xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash chog‘ida belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.
(8-band uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 537-modda)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 120-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotiga hisob-kitob qilish uchun Jamg‘armadan mablag‘ ajratish 1999-yilgi hosildan boshlab amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar yili oxirida Jamg‘arma mablag‘larining qoldiqlari olib qo‘yilmaydi, budjetdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi va kelgusi yilda qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga hisob-kitob qilish uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj balansi hisob-kitoblarida foydalaniladi;
(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida olingan Jamg‘arma daromadlari soliqlarga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovlariga tortilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-martdagi PF-4786-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 13-son, 116-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini, to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tishi va hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yilning har choragida yoppasiga va tanlab tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslar ogohlantirib qo‘yilsinki, vakolatlari bo‘lmagan holda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishga aralashish yo‘lidagi urinishlari uchun ular amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda o‘n kun muddatda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda “O‘zdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1999-yilgi hosildan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta, g‘alla va sholining xarid narxlari to‘g‘risidagi takliflarni, shuningdek bajariladigan Qishloq xo‘jalik ishlarining mavsumiyligini hisobga olgan holda yil choraklari bo‘yicha Jamg‘armaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlari balansini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari B. Hamidov va B. Olimjonov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2165-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 120-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20-son, 139-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2016-y., 13-son, 116-modda, 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda)