29.11.2021 yildagi 719-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda bank tizimiga strategik investorlar jalb etilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida arzon uy-joylarni qurish koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligining 100 foiz muassisligida tashkil etilgan “Poytaxt bank” AJning ustav kapitalini shakllantirishga mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 100 mlrd soʻm ajratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq banklardagi davlat aksiyalari paketini sotish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sotish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazuvchi davlat komissiyasi tomonidan “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini investorlarga sotish xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ommaviy savdolar orqali amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlar ushbu davlat aktivini sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda Toshkent shahar mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar mahalliy budjetiga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan budjet ssudalarini, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlarni mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
719-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 09/21/719/1108-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)