Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uylar qurish ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimchachora-tadbirlar to‘g‘risida
Toshkent shahrining uy-joy fondini tubdan yangilash va uy-joy qurilishi uchun ipoteka kreditlashni rivojlantirish asosida poytaxt aholisining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida:
1. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq Toshkent shahrida hamyonbop 500 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.
2. 2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uylarni qo‘shimcha qurish prognoz parametrlari (keyingi o‘rinlarda — prognoz parametrlari) 23 ming xonadon miqdorida ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* ilova rus tili matnda berilgan.
Yangi qurilayotgan arzon ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar birinchi navbatda yosh oilalarga, eskirgan turar — joy binolarida yashovchilarga va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolar toifalariga (bir kishi boshiga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan past), shu jumladan, Toshkent shahrida kamida 10 yil doimiy propiskaga ega bo‘lgan davlat xizmatchilari va budjet tashkilotlari xodimlari.
3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari doirasida qurilish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari belgilansin:
tashqi suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlari — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
tashqi elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlari — operatsion tashkilotlarning o‘z mablag‘lari;
ichki trotuarlar va unga tutash hududlarni obodonlashtirish — Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining yillik Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Toshkent shahar hokimligining tashqi suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini, shuningdek, qurilayotgan ko‘p qavatli uylar uchun ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar limitlarini nazarda tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” va “Uzmetkombinat” AJ bilan birgalikda har yili materiallar balansida mavjud bo‘lgan hajmlarda pudrat tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va e’lon qilingan narxlarda metall prokat, sement va qurilish shishasini ajratishni ko‘zda tutishi kerak. Bu esa arzon ko‘p qavatli uylar qurilishi, shuningdek, ularga tegishli tashqi muhandislik tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish uchun amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-son qarorning 17, 18-bandlari va 19-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar muddati uzaytirilsin va 2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylarni rekonstruksiya qilish qarori bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari doirasida 2017 — 2021-yillarda Toshkent shahridagi arzon ko‘p qavatli uylar qurilishi ishtirokchilariga ham taqdim etishni nazarda tutish.
7. Toshkent shahari hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining taklifiga qo‘shilib, “Poytaxt bank” aksiyadorlik tijorat uy-joy qurilish jamg‘arma bankini (keyingi o‘rinlarda — AKJSSB “Poytaxt bank”) tashkil etishga rozilik berish, uning joylashuvi esa: Toshkent shahari, Olmazor tuman, Beruniy ko‘chasi, 43-uy.
8. Quyidagilar “Poytaxt bank” ATJMSB faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan ipoteka krediti va bank xizmatlari ko‘rsatish;
arzon ko‘p qavatli uylar qurayotgan pudratchilarni kredit resurslari bilan ta’minlash;
arzon ko‘p qavatli uylarni loyihalash va qurish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini kreditlash va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
arzon ko‘p qavatli uylar qurilishini moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, kreditlarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb etish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, muhandislik infratuzilmasini sifat jihatidan yaxshilashni nazarda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
zamonaviy, tejamkor, energiya tejovchi va talabga javob beradigan qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;
universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish.
9. Toshkent shahari hokimligi belgilangan tartibda:
ikki oy muddatda Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan dastlabki hissa sifatida 3,0 mlrd so‘m yo‘naltirishni, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda “Poytaxt bank”ATJMSBning ustav kapitali kamida 10,0 mln yevroga teng miqdorda shakllantirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Poytaxt bank” aksiyadorlik-tijorat bankining to‘laqonli faoliyatini ta’minlashga va ushbu qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarining o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ustav kapitalini kamida 10,0 mln yevro ekvivalentida shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish natijalari bo‘yicha “Poytaxt bank” ATJMSBni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, keyinchalik xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berish tavsiya etilsin.
11. “Poytaxt bank” ATJMSB olib kiriladigan bank asbob-uskunalari va texnikasi uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 5 yil muddatga ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
PQ-2824-son