29.11.2021 yildagi 717-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-son qaroriga muvofiq, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish usullarini rivojlantirish uchun qulay va maqbul ekotizim yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-son qaroriga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish maqsadida Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejimni (keyingi o‘rinlarda — maxsus rejim) qo‘llash va uning ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishchi organining faoliyatini tashkil etish, uning asosiy vazifa va funksiyalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, ishchi organ tomonidan ariza shakli va talab etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ekspert kengashini tarkibini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga quyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilariga loyihalarni samarali tashkil qilish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalari muddatida istisno qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni maxsus rejim tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarining tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddati davomida tashkiliy-huquqiy va konsultativ jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilariga vakolatli davlat organi tomonidan tegishli faoliyatni amalga oshirishning kamaytirilgan talablari va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ tomonidan tashkilotni maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish va bu haqidagi ma’lumotlarni maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda maxsus rejim faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyati haqida tematik teleko‘rsatuvlar tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
717-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim (keyingi o‘rinlarda — maxsus rejim) tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartiblarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus rejim Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (keyingi o‘rinlarda — IT-park) alohida bo‘g‘ini bo‘lib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maxsus huquqiy rejim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilari — belgilangan tartibda maxsus rejim ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va maxsus rejimning ishchi organi tomonidan yuritiladigan maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs, shu jumladan ilmiy tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) — ushbu Nizomga muvofiq maxsus rejim ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejimning ekspert kengashi — tarkibi sohalar bo‘yicha vakolatli davlat organlari bilan birgalikda har yili tasdiqlanadigan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish maqsadida ustuvor yo‘nalishlar kesimidagi ekspert kengashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-sinov loyihalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori bilan tasdiqlangan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari hamda ustuvor tarmoqlar va sohalar doirasida amalga oshiriladigan va bajarish muddati bir yildan oshmaydigan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar — maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olishga ariza bergan yuridik shaxslar, shu jumladan, ilmiy tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus rejim ishchi organining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maxsus rejimning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishchi organ rahbari, IT-park direksiyasi direktori esa ishchi organ rahbarining o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan ariza shaklini va talab etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va arizalar qabul qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ekspert kengashining nizomi, shuningdek, uning ishtirokchilari bilan tuziladigan faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnoma shaklini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejimning ekspert kengashi tarkibini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida zarur bo‘ladigan ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarining loyihalari ishini samarali tashkil qilish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalari muddatida istisno qilish, tegishli vakolatli davlat organiga taqdim qilish uchun maxsus rejim jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, tajriba-sinov loyihalarini tatbiq etishda yuzaga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida ishtirokchilarga maxsus rejim doirasida yengillik yaratish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni maxsus rejim tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish bo‘yicha takliflarni Muvofiqlashtirish komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish komissiyasining xulosasiga asosan loyiha tashabbuskorlariga maxsus rejim ishtirokchisi maqomini berish, berishni rad etish yoki undan mahrum qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan muvaffaqiyatli tarzda olib borilayotgan loyihalar haqida tegishli vazirlik va idoralarga yillik rasmiy ma’lumotnoma kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarining ilmiy faoliyatini kuzatib borishga Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarini jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarining tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddati davomida tashkiliy-huquqiy va konsultativ jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus rejimning ekspert kengash a’zolari ishchi organ tomonidan bir yil muddatga tasdiqlanib, quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning loyihasi va uning arizasini o‘rganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojdan kelib chiqib, loyiha taqdimotini o‘tkazish uchun talabgorni taklif qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rib chiqilgan loyiha uchun maxsus rejim ekspert kengashining xulosasini ishchi organga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgorlar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ishchi organ tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni ilova qilgan holda, IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar IT-park rezidentlariga belgilangan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish uchun Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarorida belgilangan talablarga asosan ariza topshirish jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik talabgorga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning arizasini qabul qilish va ishtirokchilarni ro‘yxatga olish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgorlarning taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda, talabgorlarga ishchi organ tomonidan bu haqda ma’lum qilingandan so‘ng talabgorlar undagi kamchiliklarni bartaraf etib, arizani besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur muddatda talabgorlar tomonidan nomuvofiqliklarning bartaraf etilmaganligi, talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi organ talabgorlardan kelib tushgan arizani besh ish kuni mobaynida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkazadi. Texnik ekspertiza jarayonida talabgorlardan kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan ma’lumotlar talabgorlar arizasiga belgilangan talablarga mosligi jihatdan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi organ talabgorlar arizasi dastlabki texnik ekspertizadan o‘tgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni mobaynida tajriba-sinov loyihalarini tatbiq etishda yuzaga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida ishtirokchilarga maxsus rejim doirasida yengillik yaratish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va maxsus rejimning ekspert kengashiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus rejimning ekspert kengashi ishchi organdan talabgorlar loyihalari va ishchi organ tomonidan mazkur loyiha uchun yengillik yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni qabul qilgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida ishchi organga loyihalar bo‘yicha xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus rejimning ekspert kengashi loyihalar taqdimotini o‘tkazish uchun talabgorlarni taklif qilish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ maxsus rejimning ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra taqdim etilgan loyihaning talablarga mosligidan kelib chiqib, uni Muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish komissiyasi ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan talabgorlarga maxsus rejimning ishtirokchisi maqomini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosasiga muvofiq ishchi organ talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, reyestrga tegishli yozuvlarni besh ish kunida kiritadi va tegishli vazirlik va idoralarga talabgorlar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatga olish rad etilganda, rad etishning sababini ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgorlarni ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etishi hamda arizaga boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni qaytadan kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorlar bilan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati bo‘yicha shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning shakli ishchi organ tomonidan ommaviy oferta tarzida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada talabgorlar loyihasining maqsadi, sohasi va faoliyatidan kelib chiqib, ommaviy ofertaga qo‘shimcha tarzda shartlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot to‘lovga qobiliyatsizlik va tugatish jarayonida bo‘lganda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarning berilgan muddat ichida bartaraf etilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejimning ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra talabgorlar loyihasining ma’naviy eskirgan, istiqboli yo‘q yoki ahamiyati katta bo‘lmagan deb topilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishi taklif etilgan loyiha doirasida ko‘rsatilgan faoliyat yo‘nalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yo‘nalishlaridan tashqariga chiqib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan taqdim etilgan loyiha amaldagi maxsus rejim ishtirokchisi tomonidan bajarilgan yoki bajarilayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilgan sabablardan tashqari rad etish uchun asos bo‘ladigan boshqa sabablar yuzaga kelgan taqdirda, Muvofiqlashtirish komissiyasining talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasiga asosan ishchi organ rad etishning sababini ko‘rsatgan holda qaror qabul qiladi va besh ish kuni mobaynida ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ular tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa hujjatlar ushbu Nizomning 7-8-bandlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin ishchi organ uch ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning nomi, faoliyat turi, pochta va elektron manzillari ko‘rsatilgan holda, reyestrga ularning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisining loyihada ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga tegishli bo‘lgan vazirlik va idoralarga talabgorlar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus rejim ishtirokchisi qayta tashkil etilgan yoki uning nomi o‘zgarganda, maxsus rejim ishtirokchisining xabarnomasi asosida ishchi organ reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maxsus rejim ishtirokchisi quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ bilan tuzilgan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgandan so‘ng ishchi organning xulosasiga asosan ularni to‘liq amaliyotga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda olingan ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarda belgilab berilgan talablar va majburiyatlarga to‘liq rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida amalga oshirilayotgan faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ishchi organ tomonidan tasdiqlanadigan muddatlarda va shaklga ko‘ra IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni realizatsiya qilishda va xizmatlarni ko‘rsatishda buyurtmachilarni tajriba-sinovdan o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida ogohlantirish va ularning tegishli ro‘yxatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha yakuni bo‘yicha ishchi organga amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidentlariga belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarorida belgilangan majburiyatlarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus rejim ishtirokchisi o‘z loyihasidan kelib chiqqan holda, ishchi organ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maxsus rejim ishtirokchilari ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etiladi va ishchi organ xabarnomasiga binoan tegishli davlat organlari ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarning ularga nisbatan qo‘llanishini bekor qilish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Maxsus rejim ishtirokchilariga belgilangan imtiyoz va preferensiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus rejim ishtirokchilariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus rejim ishtirokchisi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroridagi talablarga javob bergan taqdirda, unga nisbatan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarorida belgilangan tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot hamda hujjatlarni (davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilari mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno), shuningdek, shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan to‘lov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tegishli faoliyatni amalga oshirishning kamaytirilgan talablari va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilishning asoslari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar tashkilotni maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olish uchun taqdim qilingan ma’lumot va hujjatlarda keyinchalik ularning to‘liqligi, xolisligi va to‘g‘riligi bo‘yicha asosli kamchiliklar aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati loyiha doirasida ko‘rsatilgan faoliyat turlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ bilan tuzilgan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organga taqdim etilgan hisobotlar va faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan muddatlarda uzrli sabablarsiz taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidentlariga belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etilib, Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarorida belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisining bankrot deb e’tirof etilishi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchisi ushbu maqomdan o‘z xohishi bilan voz kechishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Muvofiqlashtirish komissiyasi ishchi organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, tashkilotni maxsus rejimning ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish to‘g‘risida xulosa berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosasiga asosan tashkilotni maxsus rejimning ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilib, maxsus rejimning ishtirokchisiga bu haqda xabar yuboradi hamda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishchi organ tashkilotning maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinganligi to‘g‘risidagi yozuvni reyestrga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tegishli vazirlik va idoralarga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maxsus rejim faoliyatining muddati besh yilni tashkil etadi hamda uning faoliyat muddati Muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maxsus rejim faoliyatidan norozi bo‘lgan shaxslar ishchi organga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ tomonidan belgilangan muddatlarda apellatsiyalar ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maxsus rejim faoliyatini qayta tashkil etish va to‘xtatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejimning ishtirokchilarini ro‘yxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (talabgor)

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olish uchun tasdiqlangan shakl bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda, IT-park maxsus veb-platformasi orqali ariza beradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Ishchi organ)

1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Ekspertiza natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga arizada kamchiliklar borligini yoki kamchiliklar bo‘lmasa, arizasi qabul qilingani haqida xabar beradi.

Ariza taqdim qilingan kundan boshlab, 5 ish kuni ichida

3-bosqich

Ishchi organ

1. Ishchi organ tomonidan ariza beruvchi loyihasi o‘rganib chiqilib, ekspert kengashi uchun loyiha taklif ishlab chiqadi.

2. Ishlab chiqilgan loyihani tegishli ekspert kengashiga xulosa olish uchun taqdim etadi

Ariza qabul qilingan kundan boshlab, 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda

4-bosqich

Maxsus rejimning ekspert kengashi

1. Kelib tushgan loyihani o‘rganilib, ishchi organga o‘z xulosalarini taqdim etadi.

2. Ekspert kengashi loyiha taqdimotini o‘tkazish uchun talabgorni taklif qilishi mumkin.

Ishchi organ tomonidan ariza kiritilgan kundan keyin 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda

5-bosqich

Ishchi organ

Ekspert kengashidan olingan xulosaga tayanib, loyiha hujjatlarini Muvofiqlashtirish komissiyasiga ko‘rib chiqib, tegishli xulosa olish uchun taqdim etadi.

Ekspert kengashi xulosasi olingan kundan keyin 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda

6-bosqich

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi

(Muvofiqlashtirish komissiyasi)

Hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

Ishchi organ hujjatlarni kiritgan kunidan boshlab 20 ish kun ichida

7-bosqich

Ishchi organ

1. Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosasiga muvofiq ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.

3. Tegishli vazirlik va idoralarga talabgor maxsus rejim ishtirokchisi sifatida qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar beradi.

4. Ro‘yxatga olish rad etilganda, rad etishning sababini ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma taqdim etadi.

Qaror qabul qilingan kundan keyin 5 ish kuni ichida

8-bosqich

Talabgor

Ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etadi hamda arizaga boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘rib chiqish uchun IT-park maxsus veb-platformasi orqali hujjatlarni va qaytadan rasmiylashtirilgan arizani kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

9-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

Talabgor maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga qayd etilgandan so‘ng, maxsus rejim ishtirokchisi sifatida imtiyoz va periferensiyalardan foydalangan holda o‘z loyihasi doirasida belgilangan muddatlarda loyiha ustida ish olib borib, loyiha yakuni bo‘yicha ishchi organda hisobot taqdim etadi.

Maxsus rejim ishtirokchisi loyihasining shartnomasida belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 09/21/717/1107-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)