Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport vositalarini ijaraga berish faoliyati kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat boʻylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-dekabrdagi 812-son qaroriga muvofiq transport vositalarini ijaraga berishni kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda belgilangan tartibda maxsus taniqlik belgisini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-noyabr,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrdagi 684-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning IFUT asosida takomillashtirilgan tasniflagichi rus tilidagi matnidagi 77-boʻlimi 77.1-guruhi quyidagi mazmundagi 77.13-klass bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Razdel |
Gruppa |
Klass |
Podklass |
Naimenovaniye |
Srednegodovaya chislennost rabotnikov |
||
|
mikrofirmi |
malie predpriyatiya |
|||||||
|
77.13 |
77.13.0 |
Kratkosrochnaya arenda legkovix avtomobiley i mototransportnix sredstv so srokom do 30 dney |
1 — 20 |
21 — 50 |
”. | |||
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1015-son qarori bilan tasdiqlangan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “jismoniy” soʻzidan keyin “yoki yuridik” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “pasport” soʻzidan keyin “yoki identifikatsiya ID-kartasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi tahrirdagi 41-kichik band bilan toʻldirilsin:
“41. Ijaraga beruvchi, zarurat boʻlganda, yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda oladi.”;
g) 5-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“garov depoziti miqdori (ijaraga beruvchi va ijarachining kelishuviga koʻra)”;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Ijaraga beruvchi unga shaxsiy mulk sifatida yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan, texnik soz, videoregistratorlar va GPS navigatorlar bilan jihozlangan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtgan hamda Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega boʻlgan transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beradi.”;
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy shaxsda alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsiridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik belgilari aniq koʻrinib turganda, u bilan shartnoma tuzishni rad etish;
shartnomada belgilangan shartlar asosida transport vositasiga yetkazilgan va ijarachi tomonidan qoplashni talab etadigan zararni, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun toʻlovlarni amalga oshirish kafolati sifatida xizmat qiladigan garov depozitini toʻlashni talab etish;
murojaat qilish orqali Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida shaxsiy kabinet ochish;
“Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ijaraga berilgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini aniqlash;
qoʻshimcha xizmatlar (bola uchun maxsus oʻrindiq, navigator, qoʻshimcha sugʻurta, yirik toʻxtash joylarida alohida joy ajratish va boshqalar) koʻrsatish.”;
j) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi “muvofiq butlangan” soʻzlaridan keyin “hamda maxsus taniqlik belgiga ega boʻlgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
z) 12-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ijaraga olingan transport vositasida mamlakatni tark etmasligi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/684/1052-son)