29.12.2020 yildagi 812-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish, elektromobillardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, velosipedda harakatlanishni ommalashtirish va targ‘ib qilish, veloinfratuzilmani va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro amaliyotga muvofiq, jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati karshering deb e’tirof etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bunda avtomototransport vositalari ularni ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi, shuningdek, keyinchalik uchinchi shaxslarga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2021-yil 10-yanvardan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish bo‘yicha faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida karshering tashkilotlariga Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tezkorlik bilan kiritish bo‘yicha ishlarni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Transport vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzar mijozlarning xatti-harakatidan, shu jumladan ular tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun karshering tashkilotlarining huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalarini to‘xtash joylariga yetkazish, joylashtirish va saqlash sharoitlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zavtosanoat” AJ xalqaro konsalting tashkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-fevralga qadar loyihalarni amalga oshirish aniq muddatlari, ishlab chiqarish quvvati, moliyalashtirish miqdori, davlat tomonidan beriladgan ko‘maklar va boshqa ma’lumotlarni nazarda tutgan “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ishlab chiqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvchilar) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlarni bekor qilishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaryadlash terminallarini o‘rnatishni tashkil qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan mototransport vositasi va velosipedda harakatlanishi taqiqlovchi yo‘l belgilarini tanqidiy tahlil qilsin hamda tegishli harakat yo‘nalishlari bo‘ylab mazkur belgilarni olib tashlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi orasida mototransport vositalarining afzalliklari va arzonligi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mamlakatda velosiped transporti, veloinfratuzilma, veloshering (baykshering) faoliyatini (ijaraga berish) rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida har tomonlama ko‘mak ko‘rsatsin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida velosiped transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
velosipedda va boshqa shaxsiy vositalarda harakatlanish imkonini beruvchi to‘siqsiz va xavfsiz muhitni (tartibga solinadigan va solinmaydigan yo‘l kesishmalari, Yo‘l harakati qoidalariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, veloyo‘lkalar, veloyo‘llar, veloshosse, svetoforlar, yo‘l belgilari, velosipedlarni to‘xtatib qo‘yish joylari, velosipedlarni saqlash uchun ishonchli sharoitlar va boshqalar), shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik shaharlar, dam olish zonalari, qo‘riqxonalar va mamlakatimizning boshqa madaniy meros obyektlarini bog‘lovchi velosipedlar magistrallari milliy tarmog‘ini bosqichma-bosqich barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va hududlarni velosipedlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash va ularni har yili monitoring qilish uchun mezonlar (indikatorlar) joriy etish (bir yilda velosipedlar ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari soni, aholining muayyan soniga nisbatan velosipedchilar soni, toifalar bo‘yicha velosiped yo‘lkalari, velochorrahalar, velosiped qo‘yish joylari va ulardagi to‘xtab turish joylari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
velosipedda harakatlanish, velosiped transporti va shaxsiy harakatlanish vositalarining inson salomatligini mustahkamlovchi transport turi, shuningdek, ekologik toza harakatlanish vositasi sifatida ommalashtirish va targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
velosipedda harakatlanishni, shu jumladan velosipedlar va ularning butlovchi buyumlarini xarid qilishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida velosipedchilik madaniyatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon velosiped kuni va Yevropa harakat haftaligiga bag‘ishlangan yirik velomarafonlar, velosipedda yo‘l bosib o‘tish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasida velosiped transporti va veloinfratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishga hamda velosiped transportini ommalashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va doimiy monitoring qilishga mas’ul bo‘lgan organlar va tashkilotlar vakillari orasidan ishchi guruhi tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi S.M. Rustamboyev Dastur loyihasini tayyorlash doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchilarga velosiped transporti va veloinfratuzilmani, ayniqsa koronavirus pandemiyasi davrida rivojlantirish bo‘yicha fransuz tajribasi bilan tanishishda ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz hukumati bilan O‘zbekistonda velosiped transporti va veloinfratuzilmasini, shu jumladan velosiped ishlab chiqaruvchilarni va ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa kompaniyalarni jalb qilish orqali rivojlantirish borasida ikki tomonlama yaqin biznes va ishchi aloqalarini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi oilaviy poliklinikalar hamda profilaktika inspektorlarini velosipedlar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizom loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va transport vazirining vazifasini bajaruvchi I.R. Mahkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
812-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 09/20/812/1678-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)